Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə14/22
tarix03.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#123752
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
PQ-3857 16.07.2018

(76-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
77. Xarid komissiyasi tomonidan barcha kelib tushgan takliflar rad etilganida, ishchi organ rad etish sabablarini tahlil qiladi va takroriy xarid takroriy tartib-taomillari oldidan xarid hujjatlariga tegishli tuzatishlar kiritadi.
78. Xaridlarda ishtirok etish to‘g‘risida taklif belgilangan tartibda e’lon qilinganida hamda malakaviy mezonlar sababsiz cheklanmagan holda, xaridlar tartib-taomillarining natijalari bo‘yicha bitta taklif kelib tushganida, ular XMI/XHMT tartib-taomillariga muvofiq haqiqiy deb topilishi mumkin.
79. Xaridlarning natijasi va baholanishi hisobotlari XMI/XHMT uchun maqbul shaklda tuziladi va xarid komissiyasi qarori bilan tasdiqlanadi.
80. Baholash natijalari rasman e’lon qilinmagunga qadar, buyurtmalar (takliflarni) ko‘rib chiqish va baholash to‘g‘risidagi ma’lumotlar baholash tartib-taomillariga rasman aloqasi bo‘lmagan shaxslar hamda xaridlar ishtirokchilariga ma’lum qilinmaydi.
Xarid komissiyasi a’zolari va jalb etilgan ekspertlar, loyiha tashabbuskori (ijro agentligi), LAOG ma’lumotlar oshkor etilmasligi uchun javobgar hisoblanadilar.
81. Xarid komissiyasi yig‘ilishlari va qabul qilgan qarorlari bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi, bayonnomalar xarid komissiyasining hozir bo‘lgan a’zolari tomonidan imzolanadi hamda xarid komissiyasi raisi tomonidan yig‘ilish o‘tkazilgan sanadan boshlab o‘n kundan kechiktirmasdan tasdiqlanadi.
Bayonnomani imzolashdan oldin baholash natijalari bo‘yicha hisobot XMI/XHMT tomonidan ma’qullangan bo‘lishi kerak.
Ishchi organ bayonnoma tasdiqlangan sanadan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillariga muvofiq, bayonnoma nusxasini ma’qullash yoki ma’lumot uchun XMI/XHMTga yuboradi.
82. XMI/XHMT va xarid komissiyasi bilan kelishilganida, buyurtmalar (takliflarni) baholash natijalari kontrakt tuzilganidan keyin uch kun ichida ishchi organ tomonidan maxsus portallarda hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
83. O‘tkazilgan xaridlar tartib-taomillari natijalari bo‘yicha tuzilgan kontraktlar, shuningdek, ularga tuzatishlar va qo‘shimchalar imzolangan kundan boshlab yoki kontraktlarda ko‘rsatilgan boshqa shartlar bajarilganida, jumladan ekspertizani o‘tkazmasdan, keyinchalik monitoring qilish maqsadida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida hisobga olinadigan XMI/XHMT talablariga zid bo‘lmaganida kuchga kiradi.
(83-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
84. Tuzilgan kontraktlarni hisobga olish maqsadida loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) kontrakt tuzilgan sanadan boshlab ikki hafta muddat ichida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
(84-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
mazkur Nizomning 5-ilovasida ko‘rsatilgan shaklda ariza;
tuzilgan kontraktning asl nusxasi;
tuzilgan kontraktning nusxasi (belgilangan tartibda raqamlangan va tikilgan);
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi nuqtai nazaridan loyiha tashabbuskori yuridik xizmatining kontrakt bo‘yicha huquqiy xulosasi;
agar bu XMI/XHMT tartib-taomillarida nazarda tutilgan bo‘lsa, XMI/XHMT tomonidan baholash natijalari bo‘yicha hisobotning ma’qullanganligi;
tomonlarning kontrakt tuzishga vakolatini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (ustav, ishonchnoma va boshqalar);
xarid komissiyasi a’zolari tomonidan imzolangan va xarid komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan baholash natijalari bo‘yicha bayonnomaning nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
amalga oshirilayotgan loyihaning xususiyatlarini inobatga olib, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi so‘rovnomasiga muvofiq boshqa har qanday hujjat yoki ma’lumotlar.
(84-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tuzilgan kontrakt bir necha tilda rasmiylashtirilganida, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga barcha tillarda rasmiylashtirilgan kontraktlarning asl nusxalari va boshqa nusxalari taqdim etiladi.
(84-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
85. Kontraktlarga qo‘shimcha bitimlar qo‘shimcha xarid tartib-taomillarini amalga oshirmasdan, Agentlik bilan kelishilgan holda hamda XMI/XHMT roziligi bilan quyidagi hollarda tuziladi:
(85-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
kontrakt shartlarida nazarda tutilgan o‘zgartirishlar kiritish;
ishlar hajmi va/yoki kontrakt qiymati tuzilgan kontrakt umumiy hajmi va/yoki umumiy qiymatining 15 foizidan oshmagan miqdorda o‘zgarganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Shuningdek, qo‘shimcha bitim ham kelgusida ekspertizadan o‘tkazmasdan monitoring o‘tkazish maqsadlarida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida hisobga olinadi.
(85-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
86. Tuzilgan qo‘shimcha bitimni hisobga olish uchun loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) qo‘shimcha bitim imzolangan sanadan boshlab ikki hafta muddat ichida, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(86-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
mazkur Nizomning 6-ilovasida ko‘rsatilgan shaklda ariza;
tuzilgan qo‘shimcha bitimning asl nusxasi;
tuzilgan qo‘shimcha bitimning nusxasi (belgilangan tartibda raqamlangan va tikilgan);
qo‘shimcha bitim bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi nuqtai nazaridan loyiha tashabbuskori yuridik xizmatining huquqiy xulosasi;
agar bu XMI/XHMT tartib-taomillarida nazarda tutilgan bo‘lsa, XMI/XHMT tomonidan qo‘shimcha bitim tuzilishining ma’qullanganligi;
tomonlarning qo‘shimcha bitim tuzishga vakolatini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (ustav, ishonchnoma va boshqalar);
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik bilan qo‘shimcha bitim imzolashni kelishilganligi;
amalga oshirilayotgan loyihaning xususiyatlarini inobatga olib, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi so‘rovnomasiga muvofiq boshqa har qanday hujjat yoki ma’lumotlarni.
Tuzilgan qo‘shimcha bitim bir necha tilda rasmiylashtirilganida, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga barcha tillarda rasmiylashtirilgan qo‘shimcha bitimning asl va boshqa nusxalari taqdim etiladi.
(86-bandning sakkizinchi — o‘ninchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
87. Mazkur Nizom bilan nazarda tutilgan xarid tartib-taomillari XMI/XHMT grant mablag‘lari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasidagi xaridlarga nisbatan joriy etiladi.
Mazkur Nizom bilan nazarda tutilgan xaridlar tartib-taomillari XMI/XHMT mablag‘larini qayta moliyalashtirayotgan tijorat banklari va boshqa moliyaviy tashkilotlar tomonidan benefitsiar tanlaydigan loyihalar doirasidagi xaridlarga qo‘llanilmaydi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin