10-bob. Loyihani yakunlash Oldingitahrirga qarang. 91. Loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) loyiha yakunlangan sanadan boshlab uch oy muddat ichida loyiha yakunlangani to‘g‘risida hisobot tayyorlaydi. Agarda XMI/XHMT bilan tuzilgan moliyaviy bitimning shartlari bo‘yicha mazkur hisobotni ishlab chiqish va taqdim qilish talab etilganida, loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) XMI/XHMTga ma’qul bo‘lgan shakl va muddatlarda hisobot tayyorlaydi. Loyiha tashabbuskori loyiha yakunlangani to‘g‘risidagi hisobotini XMI/XHMTga va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yuboradi.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son) Oldingitahrirga qarang. 92. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi loyiha bo‘yicha bajarilgan chora-tadbirlarni o‘rganish uchun, shu jumladan boshqa vazirlik, idora va loyiha institutlaridan jalb etilgan mutaxassislarni yuboradi va o‘rganish natijalari bo‘yicha loyiha tashabbuskori (ijro agentligiga) loyiha yakunlangani to‘g‘risidagi hisobotga xulosa beradi hamda natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etadi.
(92-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son) Oldingitahrirga qarang. 93. Agentlik loyiha foydalanishga topshirilgandan so‘ng, zarurat bo‘lganda, malakali mutaxassislarni jalb etgan holda 5 yil davomida yilda kamida bir marotaba loyiha hududiga chiqib, tasdiqlangan texnik-iqtisodiy parametrlar bajarilishi yuzasidan monitoring va baholash ishlarini amalga oshiradi.
(93-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son) Oldingitahrirga qarang. 94. XMI/XHMT tomonidan amalga oshirilgan loyiha natijalarini mustaqil baholashda, Agentlik va loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) xodimlari mustaqil baholashda missiyani kuzatishni ta’minlaydi hamda uning ish faoliyatida bevosita ishtirok etadi.
(94-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)