2-bosqich. Loyihaning texnik-iqtisodiy asosnomasini tasdiqlanish jarayoni
11.
|
Loyihaning texnik-iqtisodiy asosnomasini ishlab chiqish uchun Texnik topshiriqni ishlab chiqish va sohaviy ilmiy-texnik kengash bilan kelishish
|
Belgilangan muddatda
|
Loyiha tashabbuskori
|
12.
|
Ishlab chiqilgan texnik topshiriqni vakolatli organlar bilan kelishish
|
Belgilangan muddatda
|
Agentlik
|
13.
|
XMI/XHMT missiyasi bilan loyihani tayyorlashni boshlash
|
Belgilangan muddatda
|
Agentlik
|
14.
|
Tasdiqlangan texnik topshiriqqa va XMI/XHMT baholash hisobotga asosan loyihaning texnik-iqtisodiy asosnomasini ishlab chiqish
|
Belgilangan muddatda
|
Loyiha tashabbuskori
|
15.
|
Ishlab chiqilgan loyihaning texnik-iqtisodiy asosnomasini sohaviy ilmiy-texnik kengash bilan kelishish
|
14 kun
|
Loyiha tashabbuskori,
sohaviy ilmiy-texnik kengash
|
16.
|
Loyihaning texnik-iqtisodiy asosnomasini bir vaqtning o‘zida tegishli vakolatli organlarda ekspertizadan o‘tkazish
|
14 kun
|
Moliya vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
|
17.
|
Loyihani amalga oshirish bo‘yicha Hukumat qarorini ishlab chiqish, kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish
|
Belgilangan muddatda
|
Loyiha tashabbuskori
|
3-bosqich. Qarz kelishuvini imzolash jarayoni*
|
18.
|
XMI/XHMT bilan qarz kelishuvi loyihasi shartlarini ko‘rib chiqish, muzokaralar o‘tkazish va bayonnomani imzolash
|
Belgilangan muddatda
|
Loyiha tashabbuskori,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi,
Agentlik
|
19.
|
XMI/XHMTning direktorlar kengashi tomonidan loyihaning ma’qullanishi
|
Belgilangan muddatda
|
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Moliya vazirligi,
loyiha tashabbuskori
|
20.
|
Hukumatning tegishli qarori bilan loyihaning texnik-iqtisodiy asosnomasini tasdiqlash
|
Belgilangan muddatda
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyatlari
|
21.
|
Hukumat va XMI/XHMT o‘rtasida qarz kelishuvini imzolash
|
Belgilangan muddatda
|
Moliya vazirligi,
loyiha tashabbuskori
|
22.
|
Hukumat nomidan qarz kelishuviga yuridik xulosani XMI/XHMTga taqdim etish
|
Belgilangan muddatda
|
Adliya vazirligi,
loyiha tashabbuskori,
Moliya vazirligi
|
4-bosqich. Loyihalashtirish va konsalting xizmatlari ko‘rsatish uchun g‘olib kompaniyalarni, pudratchi tashkilotlarni va texnologik uskunalarni yetkazib beruvchilarni aniqlash jarayoni
|
23.
|
Xarid hujjatini ishlab chiqish
|
grafik asosida
|
Loyiha tashabbuskori,
Agentlik
|
24.
|
Xarid hujjatini kelishish va e’lon berish
|
30 kun
|
Loyiha tashabbuskori,
Agentlik,
Sohaviy xarid komissiyasi,
XMI/XHMT
|
25.
|
Tender oldidan uchrashuvlar o‘tkazish, e’lon qilingan tender shartlari va talablariga aniqlik kiritish
|
Sohaviy xarid komissiyasi qaroriga muvofiq
|
Loyiha tashabbuskori,
Agentlik
|
26.
|
Xarid ishtirokchilarining takliflarini qabul qilish
|
30 — 60 kun
|
Agentlik,
Sohaviy xarid komissiyasi
|
27.
|
Kelib tushgan takliflarni baholash
|
30 kun
|
Loyiha tashabbuskori,
Agentlik,
Sohaviy xarid komissiyasi
|
28.
|
Baholash hisoboti natijalarini kelishish
|
30 kun
|
Agentlik,
Sohaviy xarid komissiyasi,
XMI/XHMT
|
29.
|
Shartnoma oldi muzokaralarni o‘tkazish, XMI/XHMT bilan shartnoma loyihasini kelishish va uni imzolash
|
30 kun
|
Loyiha tashabbuskori,
XMI/XHMT
|
30.
|
Shartnomani vakolatli organlarda ro‘yxatdan o‘tkazish
|
14 kun
|
Loyiha tashabbuskori,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
|
5-bosqich. Loyihani foydalanishga topshirish
|
31.
|
Loyihani foydalanishga topshirish bo‘yicha Ishchi komissiya dalolatnomasini rasmiylashtirish
|
30 kun
|
Loyiha tashabbuskori
|
32.
|
Loyihani foydalanishga topshirish bo‘yicha Davlat qabul qilish komissiyasi dalolatnomasini rasmiylashtirish
|
90 kun
|
Loyiha tashabbuskori
|
Izoh:* Imzolash jarayoni XMI/XHMT talablari asosida amalga oshiriladi.
(12-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Loyihaning TIA tarkibi
I. Loyiha tavsifi
1.1. Loyihaning maqsad va vazifalari
1.2. Loyihaning benefitsiarlari
II. Loyihaning asosiy parametrlari
2.1. Loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari
2.2. Loyiha komponentlari va loyiha bo‘yicha xarajatlar toifalari
2.3. Loyihani moliyalashtirish sxemasi va loyihani amalga oshirish mexanizmi
2.4. Natijalar monitoringi va baholash
2.5. Xaridlar rejasi
2.6. Loyihani amalga oshirish jadvali
2.7. Loyiha konsultantlari uchun dastlabki texnik topshiriqlar
III. Loyihaning tahlil qilish va baholash
3.1. Texnik baholash
3.2. Loyihaning moliyaviy va iqtisodiy samaradorligi tahlili
3.3. Tashabbuskorning moliyaviy tahlili (agarda qarz (kreditni) qaytarish loyiha tashabbuskori hisobidan to‘liq yoki qisman amalga oshirilishi nazarda tutilganida kiritiladi).
3.4. XMI/XHMTning jalb etilgan qarzi (kreditiga) xizmat ko‘rsatish
3.5. Loyiha bo‘yicha xavf-xatarlar tahlili
IV. Ijtimoiy va ekologik jihatlar
V. Xulosalar
I-bo‘limda loyihani amalga oshirish zarurati, sektor tavsifi va sektordagi holat, loyihaning asosiy maqsad va vazifalari, mamlakatda amalga oshirilayotgan dasturlarga loyihaning muvofiqligi, loyihani tayyorlash uchun asos, loyiha ishtirokchilari va h.k.ning qisqacha tavsifi ko‘rsatiladi.
II-bo‘limda qisqacha tavsifi ko‘rsatiladi, loyihaning mazmuni, loyiha qiymatini komponentlari bo‘yicha, moliyalashtirish manbalari bo‘yicha, yillar bo‘yicha, shuningdek, loyihaning xarajatlar toifalari bo‘yicha taqsimlanishi taqdim etiladi.
III-bo‘limda loyihaning moliyaviy va iqtisodiy tahlili natijalari kiritiladi (FNPV, FIRR, ENPV va EIRR hisobi), umumiy investitsion xarajatlarning hisobi, loyiha bosqichlari va moliyalashtirish manbalari bo‘yicha moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyojlarni taqsimlash, ishlab chiqarish xarajatlari hisobi (ekspluatatsiya xarajatlari), loyihaning boshqa xarajatlari hisobi, shu jumladan xodimlarni o‘qitish, mahsulotning tannarxi, tariflar, mahsulot (xizmatning) chakana narxi va savdodan tushgan daromadlarni hisoblash, taqsimlanmagan foyda hamda sof foydani hisoblash, pul mablag‘lari oqimining jamlanma hisobi, moliyaviy baholashning oddiy usullari orqali loyihani tahlil qilish, shu jumladan o‘zini qoplash muddatini hisoblash, daromadning oddiy normasi, qarzdorlikni so‘ndirish koeffitsiyenti, asosiy parametrlar bo‘yicha sezuvchanlik tahlili (sotish hajmi va narxi, to‘g‘ridan to‘g‘ri xarajatlar), soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan, oxirgi ikki yil davomida kredit va budjet mablag‘lari oluvchilar, loyiha ishtirokchilarining buxgalterlik hisobotlari shakllari, kredit yoki budjet mablag‘lari oluvchilar hisoblanadigan loyiha ishtirokchilarining joriy moliyaviy ahvoli, shu jumladan:
korxonaning likvidligini baholash;
korxonaning avtonomligini baholash;
shaxsiy kapitalning daromadliligini baholash;
majburiyatlarni hisobga olgan holda kiritilgan mablag‘larning daromadliligini baholash;
o‘zgarishlarning taxminiy xarakteri va doirasi, xavf-xatarning asosiy faktorlarini belgilovchi moliyaviy xavf-xatarlarni baholash, xavf-xatarlarni kamaytirishga mo‘ljallangan chora-tadbirlar.
IV-bo‘lim loyihaning ijtimoiy va ekologik jihatlarini hamda benefitsiarlar bo‘yicha loyihani amalga oshirishdan foydani ko‘rsatib beradi.
Xulosalar loyihaning asosiy afzalliklari va kamchiliklarini, loyiha bo‘yicha asosiy xavf-xatarlar va boshqa xulosalarni ko‘rsatib beradi.
TIA mazmuni va tarkibining biron bir talablari uning xarakteriga ko‘ra loyihalarga to‘g‘ri kelmaganida, TIAga ushbu talablar yoki hisoblar asosli ravishda kiritilmaydi.
LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Dostları ilə paylaş: |