Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə2/22
tarix03.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#123752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
PQ-3857 16.07.2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 16-iyul,
PQ-3857-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-iyuldagi PQ-3857-son qaroriga
ILOVA
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi nomidan (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi kafilligi ostida jalb etilayotgan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda ― XMI/XHMT deb yuritiladi) tomonidan to‘liq yoki qisman qarz (kreditlar) hisobidan loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishning tartibga soladi.
2. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarorlari bilan tayyorlash va amalga oshirishning o‘zgacha tartibi belgilangan XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarga tatbiq etilmaydi.
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatiladi:
avans qarz mablag‘lari ― loyihani amalga oshirish uchun jalb etiladigan keyinchalik ma’qullangan qarz (kredit) summasiga qo‘shiladigan loyiha bo‘yicha moliyaviy kelishuvni imzolashdan oldin amalga oshiriladigan loyihani yoki loyihadagi chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun XMI/XHMT tomonidan taqdim etilayotgan qarz (kredit) mablag‘lari;
loyihani amalga oshirish (muvofiqlashtirish) guruhi (LAOG) ― qonunda belgilangan tartibda loyihani amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida loyiha tashabbuskori tomonidan tuziladigan bo‘linma (tashkilot);
dastlabki baholash hujjati ― XMI/XHMT uslubiyotiga muvofiq tayyorlangan va XMI/XHMT baholash hujjatini tayyorlashda tayanch bo‘lib xizmat qiladigan, amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihaning asosiy parametrlarini belgilaydigan loyiha oldi hujjati;
qarz muzokaralari ― O‘zbekiston Respublikasining vakolatli vakillari va XMI/XHMT o‘rtasida muhokama etilayotgan va kelishilayotgan moliyaviy bitim loyihasi hamda XMI/XHMT tomonidan qarz (kredit) ajratish shartlari va loyiha mazmuniga doir muzokaralar;

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin