Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə7/22
tarix03.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#123752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
PQ-3857 16.07.2018

(15-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Loyihani dastlabki baholash hujjati asosida loyiha tashabbuskori XMI/XHMTning qoida va tartib-taomillariga muvofiq hamda XMI/XHMT bilan birgalikda XMI/XHMT tomonidan qabul qilingan uslubiyotga hamda Agentlik bilan kelishilgan texnik topshiriqlarga muvofiq loyihaning TIAsini ishlab chiqadi.
Agentlik investitsiya loyihalarining TIAsini ishlab chiqishda variantlarni ko‘rib chiqish asosida loyihani oqilona joylashtirish va amalga oshirishning eng samarali texnik, tashkiliy va iqtisodiy yechimini tanlashni belgilashda loyiha tashabbuskoriga o‘zining xulosasi va takliflarini taqdim etadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
17. XMI/XHMT talabiga binoan qarz (kredit) mablag‘larini jalb qilish maqsadida loyihaning dastlabki hisob-kitobini yuborish talab etilganida, loyihaning TIAsi mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq yoki XMI/XHMT bilan kelishilgan loyiha pasporti asosida ishlab chiqiladi.
Loyihaning TIAsi tarmoq ilmiy-texnik kengashi tomonidan ko‘rib chiqilishi va ma’qullanishi talab etiladi.
Loyihaning TIAsi bilan birgalikda, loyiha tashabbuskori grant mablag‘lari, avans qarz mablag‘lari, loyiha tashabbuskorining shaxsiy mablag‘lari, ushbu maqsadlarda loyiha tashabbuskori uchun ko‘zda tutilgan Davlat budjeti mablag‘lari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Loyihaning TIA ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan o‘z vakolati doirasida bir vaqtning o‘zida taqdim etilgan paytdan boshlab ikki hafta muddat ichida amalga oshiriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
19. Loyihaning TIA ekspertizasi va xulosalarni tayyorlash ikki hafta muddat ichida amalga oshiriladi (kanselyariya tomonidan kirish hujjatini ro‘yxatga olish sanasidan e’tiboran):
Oldingi tahrirga qarang.
a) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ― loyihani amalga oshirishning umumiy iqtisodiy maqsadga muvofiqligi bo‘yicha, uning XMI/XHMT baholash hujjatiga, XMI/XHMT bilan hamkorlik strategiyasi (dasturiga) va investitsion dasturning ustuvorliklariga muvofiqligi bo‘yicha;
(19-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
b) Moliya vazirligi tomonidan ― qarz (kredit)larning to‘lovi bo‘yicha mablag‘larning manbalarini aniqlash hamda rejalashtirilayotgan budjet o‘tkazmalarining miqdori va ularning muvofiqligi, qo‘shimcha soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim qilish;
Loyihaning TIA XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalar doirasida tovarlar (ishlar va xizmatlar) narxlarining parametrlarini belgilash, ushbu maqsadlarda XMI/XHMT tomonidan joriy etilgan uslubiyot va dastlabki hisob-kitoblar asosida amalga oshiriladi.
Loyiha tashabbuskori XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalar doirasida tovarlar (ishlar va xizmatlar)ga narxlar parametrlarini inobatga olib, loyihaning TIA va dastlabki hisob-kitoblari hamda dastlabki baholash hujjatini ekspertizadan o‘tkazish maqsadida mustaqil ravishda yoki loyiha ofisi talabi bo‘yicha XMI/XHMTga ma’qul bo‘lgan konsalting kompaniyalarini jalb qilishga haqli.
20. Loyiha tashabbuskori, ekspertiza sohasida vakolatli organlarning ijobiy xulosasini olganidan keyin va XMI/XHMT tomonidan loyihani moliyalashtirish ma’qullanganida, ikki kun muddatda quyidagilarni tasdiqlashni nazarda tutgan loyihani amalga oshirish to‘g‘risida hukumat qarori loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari;
XMI/XHMT qarz (kredit)larini so‘ndirish prognoz jadvallari;
loyiha natijalari monitoringi matritsalari;
moliyaviy bitimni imzolash vakolatlari.
Hukumat qarori loyihasi mazkur Nizomning 19-bandida ko‘rsatilgan ekspertiza sohasida vakolatli organlarning xulosasi hamda loyiha TIAsi ilova qilib, uch nusxada kiritiladi.
21. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larini jalb qilish, budjet mablag‘larini ajratish, qo‘shimcha soliq va bojxona imtiyozlari hamda boshqa preferensiyalar taqdim etishni ko‘zda tutgan loyihalar bo‘yicha loyiha tashabbuskori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini tayyorlaydi va uni belgilangan tartibda kiritadi.
22. Agarda loyihaning TIAsi budjet ajratmalari hisobidan jalb etilayotgan qarz (kredit)ni so‘ndirish uchun mablag‘lar yetishmovchiligini qoplash ko‘zda tutilgan bo‘lsa, loyihaning tasdiqlangan TIA bir nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga beriladi.
Loyihaning tasdiqlangan TIAsi har bir betida TIA tasdiqlangan aktning rekvizitlari va shtempel bilan majburiy belgi quyiladi.
23. Loyiha doirasida 80 foizdan ko‘proq qarz (kredit) mablag‘lari tijorat banklari va boshqa moliya tashkilotlari orqali qayta moliyalashtiriladigan kredit liniyalarini taqdim qilish hamda institutsional rivojlanish loyihalari (budjet yordami va boshqalar) uchun loyihaning TIA ishlab chiqilishi talab etilmaydi.
Subloyihalar bo‘yicha loyiha oldi hujjatlarini (shu jumladan biznes-rejalar va boshqalar)ishlab chiqish, tijorat banklari va boshqa moliya tashkilotlari talablari bo‘yicha benefitsiar tanlash tegishli tijorat banki yoki moliya tashkiloti talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
24. Loyihalarning tasdiqlangan TIAsiga quyidagi zarur holatlarda tuzatish va qo‘shimchalar kiritiladi:
qo‘shimcha moliyalashtirishni (qarz yoki kreditlar) va boshqa moliyaviy mablag‘larni (tijorat banklari orqali qarz (kredit)larni jalb qilish uchun kredit liniyalarini taqdim qilishdan tashqari) jalb qilish;
loyihani amalga oshirish uchun jalb etilgan qarz (kreditlar) va boshqa moliyaviy mablag‘larga xizmat ko‘rsatishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining ko‘maklashish parametrlari o‘zgartirilishi;
loyihani moliyalashtirish manbalarining o‘zgartirilishi;
loyihaning asosiy parametrlari yoki boshqa muhim texnik-texnologik yechimlarining o‘zgartirilishi;
loyiha qiymatining tasdiqlangan loyiha parametrlariga nisbatan 20 foizdan ko‘proq oshirilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim qarorlari bilan nazarda tutilgan loyihaning tuzatish qilingan TIAsiga va boshqa o‘zgartirishlar kiritish.
Loyihalarning TIAsiga quyidagi hollarda o‘zgartirishlar (tuzatishlar) kiritish yo‘l quyilmaydi:
loyihalarni amalga oshirish natijalari bo‘yicha;
loyiha nomlanishini o‘zgartirish maqsadida;
loyiha qiymati kamayganida;
agar loyihaning qiymati 20 foizdan ko‘proq oshgani, qarz (kredit) mablag‘larini berish shartlari o‘zgartirilgani yoki loyihani amalga oshirish muddati uzaytirilgani sababli moliyaviy sarf-xarajatlar summasi oshganida;
loyihaning umumiy qiymati o‘zgarmasdan, loyiha komponentining qiymati, xarajatlar toifasi va moliyaviy komponentlarning ulushi hamda manbalari o‘zgarganida, loyiha bo‘yicha tejalgan mablag‘lar sarflanganida hamda loyiha komponentlari yoki xarajatlar toifalari mablag‘lari qayta taqsimlanganda.
25. Loyihaning tasdiqlangan TIAsiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar (tuzatishlar) kiritish loyihaning tuzatish qilingan TIAsini ishlab chiqish orqali amalga oshiriladi.
26. Tuzatish qilingan loyiha TIAsining ekspertizasi mazkur Nizomda ko‘zda tutilgan loyihaning TIA ekspertizasi tartibi asosida amalga oshiriladi.
27. Vakolatli ekspertiza organlari tomonidan xulosalar olinganidan keyin, tuzatish qilingan loyiha TIAsini tasdiqlash mazkur Nizomning 20-bandida ko‘rsatilgan tartib asosida amalga oshiriladi.
28. Loyihaning TIAsi, loyihani dastlabki baholash hujjatida qayd qilingan texnik-texnologik yechimlar va qiymat parametrlari bo‘yicha loyiha tashabbuskori va loyihani ishlab chiqishda qatnashayotgan loyiha instituti javobgar hisoblanadi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin