Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə18/22
tarix03.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#123752
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
PQ-3857 16.07.2018

LOYIHA KONSEPSIYASI

1-BOB. LOYIHA HAQIDA MA’LUMOT

Loyiha nomi

Loyiha sohani rivojlantirish strategiyasiga bog‘liqligi1
(konsepsiya nomi va loyiha strategiyasi doirasida hal qilinadigan vazifa(lar)

Loyiha sohasi

Loyihani amalga oshirish joyi

Loyihaning tashabbuskori (buyurtmachisi)
(nomi, STIR, manzili, telefoni)

Loyiha (loyiha ofisi) rahbari

2-BOB. LOYIHA TAVSIFI

Taklif etilayotgan moliyalashtirish rejasi:
(loyiha summasi va ko‘zda tutilayotgan moliyalashtirish manbai)

Loyihani amalga oshirish:

Loyihani amalga oshirish asoslari
(shu jumladan, loyihani boshlash uchun asos bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar)

Loyiha tavsifi (loyihaga kirgan ishlar tavsifi)

Loyiha samaradorligi
a) xarajat-foyda tahlili ko‘rsatkichlari2 (NPV, IRR)
b) xarajat-foyda tahlili ko‘rsatkichlari3
O‘zini oqlash muddati davri:

Kutilayotgan loyiha xatarlari

Xarajat turlari:
Uskunalar;
Qurilish-montaj ishlari;
Boshqa xarajatlar

3-BOB. LOYIHANI AMALGA OShIRISh NATIJASIDA ERIShILIShI REJALAShTIRILGAN O‘LChANADIGAN NATIJALARNING DASTLABKI MATRITSASI

Loyiha maqsadlari

Loyihaning maqsadli ko‘rsatkichlari va ularning yillar bo‘yicha taqsimoti

Ko‘rsatkichlar

O‘lchov birligi

Davr (yillar bo‘yicha)

20__

20__

20__

20__

20__



Loyiha natijalari

1 Loyiha nima uchun milliy va sohaviy rejalashtirish, strategik va makroiqtisodiy ehtiyojlar nuqtai nazaridan zarurligini tushuntirish talab etiladi.
2 Xarajatlar-foyda tahlili diskontlangan pul oqimlarini tahlil qilish orqali vaqt o‘tishi bilan investitsiyalarning qaytarilishini baholash imkonini beradi (Hisoblash uchun ishlatiladigan o‘lchov birliklari: loyiha qiymati - pul hisobida; loyiha natijasi - pul hisobida).
3 Xarajatlar-foyda tahlili nisbiy xarajatlar va natijalar asosida bir xil natijalarga olib keladigan turli variantlar xarajatlarini taqqoslaydi.
(11-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
12-ILOVA
Davlat tashqi qarzi hisobiga loyihalarni amalga oshirish tartibi
SXEMASI

T/r

Tadbir nomi

Muddat

Mas’ul ijrochilar

1-bosqich. Loyihani shakllantirish

1.

Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish (pasport)

Zarur holatda

Loyiha tashabbuskori

2.

Loyiha konsepsiyasini Sohaviy ilmiy texnik kengash bilan kelishish

Belgilangan muddatda

Loyiha tashabbuskori

3.

Loyiha konsepsiyasini xalq deputatlar Kengashi bilan kelishish

Har yili 1-yanvargacha

Loyiha tashabbuskori, mahalliy hokimiyatlar

4.

Loyiha konsepsiyasini kelishish uchun Agentlikka kiritish

Har yili 1-fevralgacha

Loyiha tashabbuskori

5.

Agentlik davlat tashqi qarzi tomonidan moliyalashtiriladigan har bir loyihani oldindan baholashni o‘tkazgach, ularning ustuvorligini hisobga olgan holda loyihani amalga oshirish ketma-ketligini shakllantirish va loyihalarning yakuniy ro‘yxatini Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga kelishish uchun kiritish

Har yili 1-martgacha

Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi (Agentlik)

6.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashqi qarz hisobiga amalga oshirish uchun istiqbolli va taklif etilayotgan loyihalarning jamlama ro‘yxatini so‘nggi kelishish uchun loyiha tashabbuskorlariga, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga va Moliya vazirligiga taqdim etish

Har yili 1-aprelgacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

7.

Yig‘ma ro‘yxatni ko‘rib chiqish va tegishli takliflarni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga taqdim qilish

7 kun

Loyihalar tashabbuskorlari,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Moliya vazirligi

8.

Tashqi savdo, investitsiyal�r, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan loyihalar konsepsiyasini ko‘rib chiqish, tasdiqlash uchun kiritish

Tegishli takliflar yig‘ilgandan so‘ng 7 kun ichida

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Tashqi savdo, investitsiyalar,
mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi

9.

XMI/XHMT bilan hamkorlik qilish bo‘yicha shakllantirilgan strategiyalar (dasturlarni) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishish

Belgilangan tartibda

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Tashqi savdo, investitsiyalar,
mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi

10.

XMI/XHMT bilan hamkorlik qilish strategiyalariga (dasturlariga) kiritilmagan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qarorlar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
XMI/XHMT loyihaning tayyorlanishini boshlash uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan XMI/XHMTga so‘rovnoma yuboriladi

Belgilangan tartibda

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin