Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


-bob. Loyiha bo‘yicha qarz muzokaralarini olib borish va moliyaviy bitimni imzolash tartibi



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə8/22
tarix03.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#123752
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
PQ-3857 16.07.2018

4-bob. Loyiha bo‘yicha qarz muzokaralarini olib borish va moliyaviy bitimni imzolash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
29. Loyiha bo‘yicha qarz muzokaralari yoki loyihaning mazmuni va xaridlar rejasini o‘z ichiga olgan moliyaviy shartlar bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun XMI/XHMT takliflari olganidan keyin, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasini shakllantiradi hamda qarz bo‘yicha muzokaralar olib borish muddati, delegatsiya tarkibi va vakolatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan XMI/XHMT nomiga tegishli xat yuboradi.
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Loyiha tashabbuskori rahbari yoki uning o‘rinbosari qarz muzokaralarini olib borish uchun delegatsiya rahbari sifatida tayinlanadi.
Delegatsiya rahbari muzokaralar bayonini imzolash, moliyaviy bitimlar, loyiha bitimlari (zarurat tug‘ilganida), xaridlar rejasi va XMI/XHMT tartib-taomillariga muvofiq (keyingi o‘rinlarda ― loyiha bo‘yicha hujjatlar) tasdiqlanishi kerak bo‘lgan boshqa hujjatlarni dastlabki tarzda imzolash vakolatiga ega.
O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibi mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq vazirlik va idoralar vakillaridan shakllantiriladi.
Agar XMI/XHMT tartib-taomillariga muvofiq bayonnomani O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi vakili imzolashi kerak bo‘lganida, vazirlik vakili delegatsiya rahbarining o‘rinbosari etib tayinlanadi hamda unga delegatsiya rahbari bilan birgalikda bayonnomani imzolash va loyiha bo‘yicha hujjatlarni tasdiqlashga vakolat beriladi.
Loyiha tashabbuskori qarz muzokaralari bayonnomasini imzolashidan oldin vakolatli ekspertiza organlari bilan loyihaning TIAsi kelishib olinishini ta’minlaydi.
Agar XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillariga muvofiq qarz muzokaralarini olib borish uchun XMI/XHMT tomonidan qarz (kredit) ajratish uchun moliyaviy shartlar va boshqa hujjatlarning maqbullik shaklini yuborish kerak bo‘lganida, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uch kun muddatda XMI/XHMT tomonidan tegishli shakllarini olganidan so‘ng, shartlar maqbulligi to‘g‘risida xulosa yuboradi yoki qarzdor nomidan tegishli shaklni imzolaydi.
30. XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillarida ko‘rsatilgan hollarda, loyiha tashabbuskori xaridlar rejasini tayyorlaydi hamda qarz muzokaralaridan oldin yoki qarz muzokaralari vaqtida xaridlar rejasini muhokama qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillarida qarz muzokaralarini o‘tkazish nazarda tutilmagan bo‘lsa, loyiha tashabbuskori Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va XMI/XHMT bilan kelishiladigan xaridlar rejasini tayyorlaydi.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Xaridlar rejasi XMI/XHMT moliyalashtirish manbalari va hajmlari mavjudligi tasdiqlanganidan keyin (muhokamalarning imzolangan memorandumi yoki bayonnomalari, xorijiy sarmoyadorlar (tashkilotlar) bilan moliyaviy bitimlar, xorijiy qarz (kreditlar) ajratilgani to‘g‘risida xabarnomalar, XMI/XHMT bilan ishlab chiqilgan dastlabki loyihalar mavjudligi yoki moliyalashtirish manbalari va hajmlari to‘g‘risida guvohlik beruvchi boshqa ma’lumotlar va hujjatlarning mavjudligi) xaridning tartib-taomillarini boshlashdan oldin loyiha tashabbuskori va XMI/XHMT tomonidan (agarda XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillarida xaridlar rejasini tasdiqlash nazarda tutilgan bo‘lsa) xaridlar rejasi kelishiladi va tasdiqlanadi.
31. Xaridlar rejasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
XMI/XHMT tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha komponentlarining nomi;
bajarilgan va rejalashtirilgan harakatlar (kontraktlar)ning qisqacha tavsifi;
joriy etilayotgan xarid tartib-taomillarining turlari va uslublari;
komponentlar kesimida loyihaning hisoblangan qiymati;
jalb qilish va o‘zlashtirish uchun rejalashtirilgan mablag‘lar miqdori;
xarid hujjatlarini tayyorlashdan boshlab, kontraktlarni amalga oshirish, ishlar va xizmatlarni bajarish hamda tovarlar yetkazishga qadar xaridlar muddatlari va ularning asosiy bosqichlari;
amalga oshirilayotgan loyihaning xususiyatlarini inobatga olib, xaridlar to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar.
32. Moliyaviy bitimni imzolash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori yoki imzo qo‘yuvchi shaxsga berilgan vakolatlar to‘g‘risidagi guvohnoma asosida amalga oshiriladi.
33. Moliyaviy bitim XMI/XHMT tartib-taomillariga muvofiq imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Agar XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillarida qarz muzokaralari va moliyaviy bitimni imzolashdan oldin uni tasdiqlash nazarda tutilmagan bo‘lsa, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik hamda idoralarga moliyaviy bitim loyihasini ko‘rib chiqish uchun kiritadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar besh ish kuni davomida moliyaviy bitim loyihasini ko‘rib chiqadi va xulosalarini Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga taqdim qiladi.
(34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Agar Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan XMI/XHMTga ma’qul keladigan ijobiy xulosa va fikrlar bildirilgan bo‘lsa, moliyaviy bitimning oxirgi versiyasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning fikrlari o‘rtasida farq bo‘lgan taqdirda, moliyaviy bitim loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kelishish uchun kiritiladi.
(34-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
35. Loyiha tashabbuskori o‘zining nomidan loyiha bitimi hamda boshqa bitimlar va hujjatlarning o‘z vaqtida imzolanishi uchun javobgardir. Bitimlarni imzolash masalasi yoki bitimlar matnini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish talab etilmaydi.
Loyiha tashabbuskori imzolangan bitimlar doirasida barcha majburiyatlarni zimmasiga qabul qiladi hamda ularni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun javobgardir.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin