3-MMT-22 guruh talabasi __F.I.O. ______________________________ning Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi fanidan ______________________________________mavzusida bajarilgan 1-topshirig‘i
TOSHKENT- 2023 Maktabgacha ta’lim muassasalari katta guruh uchun mashg‘ulot ishlanmasi.
Faoliyat:Elementar matematik malakalar.
Mavzu: Arifmetik masala tuzilishi bilan tanishtirish
Ta'limiy faoliyat maqsadlari: Ta'limiy: arifmetik masala haqida tasavvur hosil qilish; masalaning tuzilishini va uning qismlarini aniqlashga o‘rgatish; masalalar yechishda raqamlar va +, -, = belgilaridan to‘g‘ri foydalanish; masalaning javobni to'liq shakllantirishga o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi: tarbiyalanuvchilarda natural sonlar ustida amallar bajarishni mustahkamlash; muloqot vaqtida matematik atamalardan to‘g‘ri foydalanishni, predmetlar guruhlarining tengligi va tengsizligini aniqlashni va ularni o‘zaro taqqoslashni rivojlantirish; sonlar haqidagi maqollar orqali tarbiyalanuvchilar nutqini o‘stirish.
Tarbiyaviy: bolalarda kitob o’qishga qiziqish uyg‘otish.
Ta'limiy faoliyatda foydalaniladigan metodlar: savol-javob, hikoya, ko’rgazmalilik, amaliy ish. Kerakli jihozlar:Rasm va raqamli kartochkalar, magnit doskasi, sonlar va -, +, = belgilari yozilgan tarqatma kartochkalar, rangli doirachalar.
Ta'limiy faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar bugun juda qiziq narsalarni o‘rganamiz.
Tarbiyalanuvchilarni faollashtirish:
1-topshiriq.Tarbiyachi: Stolingiz ustida raqamlar rasmi bor. Qani bolajonlar qo’lingizga oddiy qalamni oling-chi. Siz ularni to‘g‘ri belgilay olasizmi?
(1-topshiriqni bajarish uchun 3 minut vaqt ajratiladi)
Tarbiyachi bolalar tayyorlagan vazifalarini ko’rib chiqadi.