Tarbiyachi: Juda yaxshi siz vazifani tez va to‘g‘ri bajardingiz. Barakalla.( Vazifani birinchi bajargan bolalar maxsus sovrinlar bilan mukofotlanadi)
Tarbiyachi: Bolalar Siz sonlar qatnashgan maqollarni bilasizlarmi?
1-tarbiyalanuvchi: Yetti o‘lchab, bir kes.
Tarbiyachi: Maqolning ma’nosini tushuntirib bering.
1-tarbiyalanuvchi: Bir ishni qilishdan oldin yetti marta o‘ylab ko‘rishimiz kerak. Shunda xatolarimiz kam bo‘ladi.
2-tarbiyalanuvchi. Bir yigitga qirq hunar oz.
Tarbiyachi: Xo‘sh ma’nosini aytingchi?
2-tarbiyalanuvchi. Ko‘p kasblarni o‘rganishimiz kerak.
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar. Raqamlar haqidagi she’rlar esingizdami? Kim aytib beradi. She’rni aytishdan oldin doska yoniga kelib raqamni qo‘lingizga ushlab oling
3-tarbiyalanuvchi: Diqqat mening nomim nol,
O’quvchim sen ogoh bo’l.
Yolg’iz tursam yo’qman men,
Sherik bo’lsa to’qman men.
Yozilishim qiyinmas
Dum-dumaloq chizsang bas!
4-tarbiyalanuvchi: Bir degan sanoq sonman ,
Sanash uchun osonman
Bitta yurak bitta bosh,
Bitta oy, bir quyosh,
Yozishga ham o’ng’ayman,
Qoziqchaga o’xshayman
5-tarbiyalanuvchi: Ikki degan nomim bor,
Ikki birdan men tayyor.
Ikki qo’l, ikki oyoq,
Ikki ko’z, ikki quloq,
Nimaga o’xshayman xo’sh
Xuddi ko’ldagi oqqush !
6-tarbiyalanuvchi: Uchta birman nomim uch,
Birlashganda bo’lar kuch.
Uchgacha sanayman der,
Shart o’ynagan har bir sher.
Yozish uncha qiyinmas,
Tishlangan ikki kulcha.
7-tarbiyalanuvchi: Men to‘rt degan raqamman,
Ikki ikkidan jamman.
Bo’lsa ikki juft o’rtoq,
To’rtta ulfat o’sha choq.
Yozishni mashq qil picha,
Bir oyog’i narvoncha !