Tarbiyachi: Bolalar,Karimda 3 ta Nigorada 1 ta kitoblar bor. Bu masalaning shartini deyiladi. Masalaning bu qismida bizga ma’lumot beriladi. Masalaning savolini kim aytadi?
Tarbiyalanuvchilar:Bolalarda nechta kitob bor?
Tarbiyachi:To‘g‘ri bu masalaning savoli, chunki biz so‘rayapmiz. Demak masalaning sharti bo’larkan va yana masalaning savoli bo‘larkan. Masalaning shartini kim qayta aytadi? Masalaning savolinichi? (Bolalar bir necha marotaba masalaning shartini va savolini qayta-qayta aytadilar)
Tarbiyachi: Qani kim aytadi, bolalarda nechta kitob bor?
Tarbiyalanuvchilar: Bolalarda4 ta kitob.
Tarbiyachi: Siz qanday bildingiz?
Tarbiyalanuvchilar: 3ga 1ni qo‘shdik.
Tarbiyachi: Kim doskada yozib ko’rsatib beradi?
Tarbiyachi: Bolalar 3 soni nimani anglatadi?
Tarbiyalanuvchilar: Karimning kitoblarning sonini. Tarbiyachi: Bolalar 1 soni nimani anglatadi?
Tarbiyalanuvchilar: Nigoraning kitoblarning sonini. Tarbiyachi: Qaysi amalni bajardik?
Tarbiyalanuvchilar: Biz qo‘shish amalini bajardik.
Tarbiyachi: Bolalar 4 soni nimani anglatadi?
Tarbiyalanuvchilar: Bolalardagi hamma kitoblar sonini. Tarbiyachi: To‘liq aytingchi. Tarbiyalanuvchilar: Bolalardagi hamma kitoblar sonini 4 ta.
Tarbiyachi: 3+1=4bu masalaning yechimi deyiladi. Masalaning yechimini aytingchi?
3+1=4 nima deyilar ekan?
Tarbiyalanuvchilar bilan masalaning sharti, savoli va yechimi bir necha marta takrorlanadi.
Tarbiyachi: Bolalardagi hamma kitoblar sonini 4 ta – bu masalaning javobi deyiladi.