Xalqaro savdo bu turli davlat-milliy xoʻjaliklari oʻrtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud boʻlsada, faqat XIX asrga kelib, yaʼni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.
Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadi.
Hozirgi zamon iqtisodiyotining ochiqlik darajasi, ya’ni mamlakatlarning ixtisoslashuvi va ular o’rtasida kooperatsiya chuqurlashib bormoqda. Mamlakatlar o’z iqtisodiyotini rivojlantirish, iqtisodiy muammolarni hal qilish borasida tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda bu holatlarni etiborga olishi shart.
Jahon savdosi tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shaklidir. Uning kengayishi va chuqurlashuvi natijasida kaiitalni chetga chiqarish imkoniyatlari yuzaga keldi va unga bog’liq ravishda xalqaro moliya-valyuta, kredit munosabatlari rivojlandi.Tashqi savdoning vujudga kelishi ikki muhim ob’ektiv sabab bilan izohlanadi.
Birinchidan, bu tabiiy va xom ashyo resurslarining mamlakatlar o’rtasida notekis taqsimlanganligi. Eng katta hududga ega bo’lgan yoki rivojlangan davlatlar ham barcha resurslar bilan o’zini to’liq ta’minlay olmaydi. Ular o’zlarida ortiqcha bo’lgan resurslarni eksport qilishga va mamlakatda taqchil bo’lgan resurslarni import qilishga majburlar.
Xalqaro savdo rivojlanishining zarurligini belgilovchi ikkinchi muhim sabab shundaki hamma mamlakatlar ham barcha turdagi mahsulotni bir xil samaradorlik bilan ishlab chiqara olmaydi. Ya’ni bir tovar Yaponiyada arzon ishlab chiqarilsa, ikkinchi tovar O’zbekistonda arzon ishlab chiqarilishi mumkin. Shu sababli resurslardan samarali foydalanish maqsadida mamlakatlar ixtisoslashadilar va o’zaro savdo-sotiqni yo’lga qo’yadilar.
Bu ikki ob’ektiv sabab har qanday milliy iqtisodiyotning takror ishlab chiqarishi jarayonida xalqaro savdoning ahamiyatini aniqlaydi. 2012 yilda xalqaro savdo hajmi jahon miqyosida yalpi ichki mahsulotning real hajmiga nisbatan olinganda 50 foizga yaqinni tashkil etdi. Shu davrda O’zbekiston real yalpi ichki mahsulotida tashqi savdo, ya’ni tashqi savdo aylanmasining ulushi 62,4 foiz atrofida bo’ldi.
Tashqi savdo xalqaro ayirboshlashning an’anaviy shakli sifatida quyidagi ko’rinishlarni o’z ichiga oladi:
mahsulotlarni ayirboshlash: yoqilg’i-xom ashyo mahsulotlari, qishloq xo’jaligi mahsulotlari, sanoat mahsulotlari;
transport xizmatlari, sayyohlik va boshqa xizmatlar.
yangi ilmiy-texnik ma’lumotlarni ayirboshlash: litsenziyalar va «nou-xou»lar.
Xalqaro savdo mahsulotlari, xizmatlar va fan-texnika ma’lumotlarini ayirboshlashning barcha ko’rinishlari tashqi savdo operatsiyalari yordamida amalga oshiriladi. Ular o’z navbatida eksport, import, reeksport va reimport operatsiyalariga bo’linadi.
Eksport operatsiyasi - mahsulotlarni chet mamlakatlarga chiqarish.
Import operatsiyasi - mahsulotni xorijiy sherikdan sotib olish va uni mamlakatga olib kelish.
Reeksport operatsiyasi - avval import qilingan va qayta ishlov berilmagan mahsulotni chet elga olib chiqib sotish.
Reimport operatsiyasi - avval eksport qilingan va u erda qayta ishlov berilmagan mahsulotni chet elda sotib olish va mamlakatga olib kelish.
Kirish Mavzuning dolzarbligi;Mamlakatlar o'rtasidagi savdo-sotiqning asosini nima tashkil etadi. Umuman olganda, xalqaro savdo - bu mamlakatlar ixtisoslashishni rivojlantirish, o'z resurslari samaradorligini oshirish va shu bilan umumiy ishlab chiqarishni ko'paytirish vositasi. Suveren davlatlar, mamlakatning ayrim shaxslari va mintaqalari singari, o'zlari ishlab chiqaradigan mahsulotlarga nisbatan ixtisoslashishdan va eng yuqori nisbiy samaradorlikka ega bo'lishlari va keyinchalik ularni o'zlari ishlab chiqarolmaydigan tovarlarga almashtirishdan foyda ko'rishlari mumkin. Ingliz mumtoz siyosiy iqtisodidan kelib chiqqan xalqaro savdo nazariyasi jahon iqtisodiy tafakkurining rivojlanishi bilan bir qatorda o'z rivojlanishida bir qator bosqichlarni bosib o'tdi. Biroq, ularning asosiy savollari quyidagicha bo'lgan va shunday bo'lib qolmoqda: xalqaro mehnat taqsimoti asosida nima yotadi qaysi xalqaro ixtisoslashuv alohida mamlakatlar va mintaqalar uchun eng samarali hisoblanadi va ularga eng katta foyda keltiradi mamlakatning jahon savdosida raqobatbardoshligini qaysi omillar belgilaydi Ushbu mavzuning dolzarbligi shundakizamonaviy sharoitlarmamlakatning jahon savdo-sotiqidagi faol ishtiroki muhim ustunliklar bilan bog'liq: bu mamlakatda mavjud bo'lgan resurslardan yanada samarali foydalanish, ilm-fan va texnikaning jahon yutuqlariga qo'shilish, qisqa vaqt ichida o'z iqtisodiyotini qayta qurish jarayonini amalga oshirish, shuningdek, aholining ehtiyojlarini to'liq va xilma-xil qondirish imkonini beradi. Ushbu ishning maqsadi xalqaro savdo va savdo siyosatini eng to'liq ko'rib chiqish, muammo va xalqaro savdo rivojlanish istiqbollarini aniqlashdir. Tadqiqot vazifalari: xalqaro savdo nazariyalarining nazariy asoslari, tamoyillari va xususiyatlarini tushunishga, ularning eng muhim mexanizmlari va usullarini o'zlashtirishga, aniq shakllarini tushunishga yordam berish. Tadqiqotning nazariy va uslubiy asosini mahalliy va xorijiy fanlarning yutuqlari tashkil etadi. Ushbu kurs muallifi ustida ishlash paytida O. Xekcher, B. Olin D. Rikardo, R. Dornbush, D. Keyns, P. Krugman, V. Leontiev, K. Makkonnell, A. Marshal, M. kabi iqtisodchilarning asarlari. Obstfeld, S. Fischer, J. Shumpeter. Eng foydali L. Abalkin, A. Aganbegyan, N. Petrakov, J. Tobin, P. Fisher va boshqalarning asarlari edi. Xalqaro savdo - bu turli mamlakatlar ishlab chiqaruvchilari o'rtasidagi xalqaro mehnat taqsimoti asosida vujudga keladigan aloqa shaklidir va ularning o'zaro iqtisodiy bog'liqligini ifodalaydi. Adabiyotda quyidagi ta'rif ko'pincha berilgan: "Xalqaro savdo - bu turli mamlakatlardagi xaridorlar, sotuvchilar va vositachilar o'rtasida olib boriladigan sotish jarayoni" KIRISH Xalqaro savdo — bu turli davlat-milliy xo jaliklari o rtasidagi tovar vaʻʻ xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo lsada,ʻ faqat XIX asrga kelib, ya ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdoʼ aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi. Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi ko rsatkichlar bilanʻ tavsiflanadi. Xalqaro savdo va hamkorlik ko‘pchilik mamlakatlarga yuqori foyda ko‘rishiga asos bo‘lib kelmoqda, masalan bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar rivojlangan mamlakatlarga va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlariga har xil turdagi Tovar va xizmatlar eksport qilmoqda. Bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar ichidan Xitoy va Hindiston asosan xalqaro savdoda uushi keskin oshib borayotgan mamlakatlardan hisoblanadi. Xalqaro savdoning yana bir afzallik tomoni shundaki, ko‘plab mamlakatlardagi kambag‘allik muammosini qisqartirishga yuqori axamiyat kasb etayotganidir. Hindistonda 60-70-yillarda kambag‘allik atigi 1%ga ham qisqarmagan, ma‘lum vaqtlardan so‘ng globalizatsiya va integratsiya yordamida ishlab chiqarish xizmat ko‘rsatish talim va boshqa barcha soxalarda o‘sish kuzatiladi. Xalqaro hamkorlikning kuchayishi natijasida yaxshiroq ta‘lim va sog‘lik tizimini yo‘lga qo‘yish imkoni paydo bo‘ladi. Bugungi kunda xalqalaro savdo aloqalar tobora chuqurlashib bormoqda ayniqsa bu borada rivojanayotgan mamlakatlarning ulushi oshib bormoqda. Bizga malumki tashqi savdo o‘sishi bilan jahon iqtisodi ham rivojlanadi. Export jihatdan qaraganda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar ikkalasi ham faqat kichikroq hajmda ijobiy o‘sishga erishadi (rivojlangan mamlakatlar 1.5% va rivojlanayotgan mamlakatlar3.3 % mos ravishda). 2013-yilda, dollar qiymatidagi tovarlar eksporti 2.8% ga o‘sdi va 18.8 trln dollarni tashkil qildi; Bu davrda savdo xizmatlari eksporti 5.5%ga o‘sdi va bu 4.6 trln dollarni tashkil qildi. 2 Xalqaro savdo trendlari. Bugungi kunda transport va axborot komunikatsiya almashinuvi narxida sezilarli pasayish kuzatildi, xalqaro savdo sistemasida geosiyosat hal qiluvchi axamiyat kasb etadi. So‘nggi 30-yil mobaynida tovarlar va savdo xizmatlari yiliga o‘rtacha 7% ga o‘sdi va mos ravishda o‘zinig eng yuqori nuqtalari 18 trln dollar va 4 trln dollarga yetdi.