Xalqaro savdo nazariyalari



Yüklə 94,24 Kb.
səhifə1/9
tarix18.11.2023
ölçüsü94,24 Kb.
#133038
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Xalqaro savdo nazariyalari


Mavzu: “Xalqaro savdo nazariyalari”
Reja:

  1. Xalqaro savdoning zaruriyati, uning asosiy ko`rinishlari va xususiyatlari

  2. A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasi.

  3. Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasi.

  4. Xeksher – Olinning neoklassik kontseptsiyasi

  5. Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari. M. Porter nazariyasi. “Texnologik uzilish” nazariyasi



Tayanch iboralar: xalqaro savdo, import, eksport, reimport, reeksport, protektsionizm, fritrederlik, ishlab chiqarish omillari, mahsulotning xayotiylik davri.
1. Xalqaro savdoning zaruriyati va uning asosiy ko`rinishlari

Xalqaro savdoning rivojlanishi uzoq tarixga ega bo`lib, turli davrlarning rivojlanish xususiyatiga monand ravishda o`ziga xos rivojlanish tendentsiyasiga ega bo`lgan.


“Dastlab tashqi savdo ko`rinishlari mamlakatlar o`rtasida emas, balki kishilar, qabilalar o`rtasida amalga oshirilgan bo`lib, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar o`zaro ayirboshlangan va bu asosan kishilar, oilalar, qabilalar uchun zaruriyatga ega bo`lgan”.
Ilk davlatlarning paydo bo`lishi tom ma`nodagi xalqaro savdoning shakllanish va rivojlanish davrini boshlab bergan. Xalqaro savdoning rivoji asosan mamlakatlar o`rtasida resurslarning notekis joylashuviga bog’liq bo`lib, unga ko`ra xalqaro savdo tegishli resurslar oldi-sotdisi jarayoni asosida amalga oshirilgan.
Milliy ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanib borishi, ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayishi, fan-texnika taraqqiyotining ishlab chiqarish sohalariga jadal kirib borishi va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashishi jarayoni xalqaro savdoning rivojiga sifat jihatdan katta ta`sir ko`rsatdi.
XX asrning 90-yillaridan, ayniqsa, XXI asrdan boshlab xalqaro savdoning yuqori texnologiyalarga asoslangan davri boshlandi. Bugungi kunda xalqaro savdo kon`yunkturasi quyidagilar bilan tavsiflanadi:

  • xalqaro savdoda tayyor mahsulotlar ulushining ortib borishi (70 foiz) va xom ashyo resurslari hissasining kamayib borishi;

  • savdo hajmlari aksariyat qismining (70-75 foiz) sanoat jihatdan yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar hissasiga to`g’ri kelishi;

  • eksport tarkibining kuchli diversifikatsiyasi va tayyor mahsulot eksport qiluvchi mamlakatlar tarkibining kengayib borishi hamda Osiyo mamlakatlari bilan bo`ladidigan xalqaro savdo hajmlarining yuqori o`sish sur`atlari;

  • taklif va talab tizimiga fan-texnika taraqqiyotining kuchli ta`siri natijasida eksport tovar tarkibida yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushining tezkor sur`atlar bilan ortib borishi;

  • xizmatlar savdosi hajmi va turlarining tezkor o`sishi;

  • xalqaro savdoda mintaqaviy tashkilotlar, uyushmalarga a`zo davlatlar o`rtasida amalga oshiriladigan tashqi savdo hajmlarining ortib borishi.

Uslubiy jihatdan xalqaro savdoni baholash asosan quyidagi yo`nalishlarda amalga oshiriladi:

  • tovar ayirboshlash hajmi,

  • o`sish sur`atlari (foiz),

  • tovar tarkibi

  • geografik yo`nalishi va boshqa yo`nalishlar.

Hozirgi zamon iqtisodiyotining ochiqlik darajasi ya`ni mamlakatlarning ixtisoslashuvi va ular o`rtasida kooperatsiya chuqurlashib bormoqda. Mamlakatlar o`z iqtisodiyotini rivojlantirish,iqtisodiy muammolarni hal qilish borasida tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda bu holatlarni etiborga olishi shart.
Jahon savdosi tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shaklidir. Uning kengayishi va chuqurlashuvi natijasida kapitalni chetga chiqarish imkoniyatlari yuzaga keldi va unga bog’liq ravishda xalqaro moliya-valyuta, kredit munosabatlari rivojlandi.
Tashqi savdoning vujudga kelishi ikki muhim ob`ektiv sabab bilan izohlanadi.
Birinchidan, bu tabiiy va xom ashyo resurslarining mamlakatlar o`rtasida notekis taqsimlanganligi. Eng katta hududga ega bo`lgan yoki rivojlangan davlatlar ham barcha resurslar bilan o`zini to`liq ta`minlay olmaydi. Ular o`zlarida ortiqcha bo`lgan resurslarni eksport qilishga va mamlakatda taqchil bo`lgan resurslarni import qilishga majburlar.
Xalqaro savdo rivojlanishining zarurligini belgilovchi ikkinchi muhim sabab shundaki hamma mamlakatlar ham barcha turdagi mahsulotni bir xil samaradorlik bilan ishlab chiqara olmaydi. YA`ni bir tovar YAponiyada arzon ishlab chiqarilsa, ikkinchi tovar O`zbekistonda arzon ishlab chiqarilishi mumkin. SHu sababli resurslardan samarali foydalanish maqsadida mamlakatlar ixtisoslashadilar va o`zaro savdo-sotiqni yo`lga qo`yadilar.
Bu ikki ob`ektiv sabab har qanday milliy iqtisodiyotning takror ishlab chiqarishi jarayonida xalqaro savdoning ahamiyatini aniqlaydi.
Tashqi savdo xalqaro ayirboshlashning an`anaviy shakli sifatida quyidagi ko`rinishlarni o`z ichiga oladi:

  • mahsulotlarni ayirboshlash: yoqilg’i-xom ashyo mahsulotlari, qishloq xo`jaligi mahsulotlari, sanoat mahsulotlari;

  • xizmatlarni ayirboshlash: muhandislik-maslahat xizmatlari;

  • transport xizmatlari, sayyohlik va boshqa xizmatlar. Hozirgi vaqtda xizmatlarning jahon eksportidagi hissasi 30 foizdan oshib ketdi;

  • yangi ilmiy-texnik ma`lumotlarni ayirboshlash: litsenziyalar va «nou-xou»lar. Ular hissasiga xalqaro savdo aylanmasining 10 foiziga yaqini to`g’ri keladi.

Xalqaro savdo mahsulotlari, xizmatlar va fan-texnika ma`lumotlarini ayirboshlashning barcha ko`rinishlari tashqi savdo operatsiyalari yordamida amalga oshiriladi. Ular o`z navbatida eksport, import, reeksport va reimport operatsiyalariga bo`linadi.
Eksport operatsiyasi - mahsulotlarni chet mamlakatlarga chiqarish.
Import operatsiyasi - mahsulotni xorijiy sherikdan sotib olish va uni mamlakatga olib kelish.
Reeksport operatsiyasi - avval import qilingan va qayta ishlov berilmagan mahsulotni chet elga olib chiqib sotish.
Reimport operatsiyasi - avval eksport qilingan va u yerda qayta ishlov berilmagan mahsulotni chet elda sotib olish va mamlakatga olib kelish.
Eksport – bu tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo`lib, bunda mazkur mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovar mamlakatdan tashqariga chiqariladi. eksportning iqtisodiy samaradorligi shu bilan aniqlanadiki, mazkur mamlakat ishlab chiqarishning milliy xarajatlari jahon xarajatlaridan past bo`lgan mahsulotlarni chetga chiqaradi. Bunda eksportda olinadigan yutuq hajmi mazkur tovar milliy va jahon narxlarining nisbatiga, mazkur tovarning xalqaro aylanmasida ishtirok etuvchi mamlakatlarning mehnat unumdorligiga bog’liq.
Xalqaro savdoda tovarlarning eksport tarkibi fan-texnika revolyutsiyasi va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ta`siri ostida o`zgaradi. Hozirgi davrda xalqaro savdoning eksport tarkibida qayta ishlovchi sanoat mahsulotlari etakchi o`ringa ega bo`lib, uning hissasiga jahon tovar ayriboshlashining 3/4 qismi to`g’ri keladi. Oziq-ovqat, xomashyo va yoqilg’i ulushi faqat 1/4 qismini tashkil qiladi.
Xizmatlar eksporti tovarlar eksportidan farq qiladi. CHet ellik iste`molchilarga xizmat ko`rsatish, chet el valyutalarini olish bilan bog’liq bo`lib, u milliy chegarada amalga oshiriladi (masalan, chet el kompaniyasi vakillariga pochta, telegraf xizmati ko`rsatish, chet el fuqarolariga sayyohlik xizmati ko`rsatish va h.k.).
Kapital eksport qilish ham o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`ladi. Kapital eksporti kredit berish yoki chet el korxonalari aktsiyalariga maqsadli qo`yilmalar kabi shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan mablag’lar oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo`lgan resurslar hajmini qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksporti chet davlatlarning mazkur mamlakatdan bo`lgan qarzlarini ko`paytiradi. U jahon bozoriga tovarlarning keyingi eksporti uchun qulay sharoit yaratadi va chet el valyutasida foiz yoki dividend shaklida barqaror daromad olish omili hisoblanadi.
Ko`plab mamlakatlar, cheklangan resurs bazasiga va tor ichki bozorga ega bo`lib, o`zlarining ichki iste`moli uchun zarur bo`lgan barcha tovarlarni etarli samaradorlik bilan ishlab chiqarish holatida bo`lmaydi. Bunday mamlakatlar uchun import kerakli tovarlarni olishning asosiy yo`li hisoblanadi.
Import eksportdan farq qilib chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga keltirishni bildiradi. Bunda mamlakat ichida ishlab chiqarish xarajatlari tashqaridan sotib olingan chog’dagi xarajatlaridan yuqori bo`lgan mahsulotlar import qilinadi. Tashqi savdo samaradorligini hisoblashda mazkur mamlakat tomonidan import qilish hisobiga muayyan tovarlarga bo`lgan o`z ehtiyojining tezlik bilan qondirilishi hamda bunday tovarlarni mamlakat ichida ishlab chiqarilgan chog’da sarflanishi lozim bo`lgan resurslarning tejalishi natijasida olinuvchi iqtisodiy naf e`tiborga olinadi.



Yüklə 94,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin