SHu paytga qadar yuzaga kelgan barcha xalqaro savdo nazariyalari xalqaro savdoni erkinlashtirish barcha mamlakatlar uchun foyda keltiradi degan fikrni ilgari suradi.
Erkin tashqi savdoning zarurligi va foydaliligi to`g’risida dastlabki nazariyalardan biri A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasidir. Bu nazariyaga ko`ra har bir mamlakat undagi mavjud sharoitlar va resurslar o`ziga xosligiga tayangan holda ma`lum bir tovarni eng kam xarajatlar hisobiga (yoki vaqt birligida bu tovarni eng ko`p) ishlab chiqirish imkoniyatiga ega.
SHunday ekan mamlakat mutlaq ustunlikka ega bo`lgan tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va ushbu tovarning o`z iste`molidan ortiqcha qismini sotadi hamda boshqa tovarlarni sotib oladi. CHunki bu tovarlar ularni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega bo`lgan davlatlarda ancha arzon ishlab chiqarilgan bo`ladi. Natijada har ikki davlat ham kam resurs sarflab ko`proq mahsulotga ega bo`ladi.
A.Smit modelini ko`rib chiqayotganda tahlil uchun foydalaniladigan ba`zi shartlarni keltirish talab etiladi:
1) Dunyoda faqat ikkita mamlakat mavjud.
2) Mamlakatlarda faqat ikkita mahsulot ishlab chiqariladi.
3)Mamlakatlar orasida tovarlar savdosi cheklashlarsiz amalga oshiriladi.
4)Xalqaro savdo muvozanatlashtirilgan (import eksport bilan to`lanadi).
5) Faqatgina mehnat tovar bahosiga va unumdorlikka ta`sir ko`rsatadi.
6) Ishlab chiqarish omillari mamlakat orasida ko`chib yurmaydi.
7) Mehnat va mahsulotni chiqishi orasidagi nisbat doimiy.
8) Ishlab chiqarish omillari tarmoqlar orasida mutlaq ko`chib yurishi mumkin.
9) Har ikki mamlakatda va ikki tarmoqda sof raqobat muhiti mavjud bo`ladi.
Endi mutloq ustunlik modelini ko`rib chiqamiz.
1-jadval
1-jadvalda aniq bir davlatda aniq bir tovar birligi ishlab chiqarish uchun kerak bo`ladigan vaqt haqidagi ma`lumotlar keltiriladi.
A mamlakatda bir birlik S tovar ishlab chiqarishda V mamlakatga nisbatan kam vaqt sarflanadi, bu degani A mamlakat bir birlik S tovarni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega. V mamlakat esa, o`z navbatida T tovarni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega. Agar A mamlakat T tovarni ishlab chiqarishni qisqartirsa va S tovarni ishlab chiqarishni oshirsa va V mamlakat aksincha S tovarni ishlab chiqarishni qisqartirsa va T tovarni ishlab chiqarishni oshirsa, mutlaq ustunlik tamoyiliga asosan xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro savdo yuzaga keladi.
Agar A mamlakatda T tovarni ishlab chiqarish 1 donaga qisqarsa, bu S tovarni qo`shimcha 2 dona ishlab chiqarish uchun foydalansa bo`ladigan 6 soatni iqtisod qilishga imkon beradi. Bunday holat V mamlakatda ham sodir bo`ladi. Bu holatda S tovarni ishlab chiqarishning 1 donaga qisqartirilishi, T tovarni qo`shimcha 3 dona ishlab chiqarish uchun ishlatsa bo`ladigan 12 soatni iqtisod qilishga imkon beradi. Umuman, jahonda S tovarni ishlab chiqarish 1 donaga, T tovarni ishlab chiqarish esa 2 donaga oshadi. SHunisi ahamiyatliki, bu qo`shimcha resurslardan foydalanmasdan turib, faqat xalqaro mehnat taqsimoti yordamida amalga oshadi.
Aytaylik, O`zbekistonda eng arzon ishlab chiQariladigan tovar paxtadan tayyorlangan ko`ylaklardir. Ukrainada esa shakar. Ukrainada xarakatlar birligi yordamida 50 kg shakar yoki 25 ta ko`ylak yoxud mazkur mikdor doirasida shakar va kuylaklarning xar qanday kombinatsiyasini ishlab chiqarish mumkin. O`zbekistonda xarajatlar birligi yordamida 40 kg shakar iki 100 dona ko`ylak yoxud mazkur miqdor doirasida har qanday kombinatsiyadagi maxsulotni ishlab chiqarsa bo`ladi.
SHuningdek, boshqa mamlakatlar ham o`zi ixtisoslashgan sohaga ko`proq e`tiborni qaratishsagina dunyo bo`yicha ko`proq mahsulot ishlab chiqariladi va xalqaro savdoda ham katta muvaffaqqiyatlarga erishish mumkin. Demak, shu yo`l bilan dunyo aholisining talablarini maksimum qondirish imkoniyatiga erishiladi.
Ammo, qaysidir mamlakat hech qaysi mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha dunyoda mutlaq ustunlikka ega bo`lmasligi mumkin. Bu esa shu mamlakat hamma tovarlarni chetdan keltiradi-mi degan savolni tug’diradi. Agar shunday bo`lsa importni bu mamlakat qaysi mablag’lar hisobiga moliyalashtiradi. Bu savolga javob berish borasida mutlaq ustunlik nazariyasi boshi berk ko`chaga kirib qoladi.
SHunday qilib, mutlaq ustunlik - bu xalqaro savdoning afzalligini tushuntiruvchi, har bir mamlakatda shunday tovar borki, bunda bir birlik xarajat bilan boshqa davlatlarga nisbatan ko`proq tovar ishlab chiqarishi mumkin bo`lgan tamoyildir.