6-rasm. O’zbekiston Respublikasi umumiy tashqi qarzining dinamik qatorlari16 O’zbekiston Respublikasi tashqi qarzining umumiy hajmi 2019 yil boshidan 4,2 mlrd. dollarga yoki 24%ga oshgan holda, 2019 yil 1 oktyabr holatiga 21,5 mlrd. dollarni tashkil qildi (5-jadval).
2019 yilning yanvar-sentyabr oylarida qarzdorlikning o’sishi asosan davlat sektoriga to’g’ri keldi (3,7 mlrd. dollar), shundan 1 mlrd. dollari xalqaro obligatsiyalar hisobiga shakllangan.
Banklar va iqtisodiyotning boshqa sektor korxonalari tomonidan qarz olish hajmining oshishi natijasida xususiy sektor qarzdorligi 494,4 mln. dollarga oshdi.
Qayd etish lozimki, 2019 yilning 9 oyi davomida xususiy sektor tomonidan umumiy miqdorda 1,6 mlrd. dollar qarzdorlik jalb qilindi. Qarzlarni jalb qilish asosan banklar – 1,0 mlrd. dollar, neft-gaz va energetika tashkilotlari – 207,4 mln. dollar, to’qimachilik sektori korxonalari – 81,6 mln. dollar va iqtisodiyotning boshqa sektorlari – 291,8 mln. dollar tomonidan amalga oshirildi.
5-jadval
Umumiy tashqi qarz tarkibi va undagi o’zgarishlar (mln. dollar)17