Xalqlarimizning tabiatiga mutlaqo yot bo’lgan siyosiy, diniy ekstremizm, aqidaparastlik va boshqa yovuz oqimlarning mintaqamizga kirib kelishi va tarqalishi tinchlik va osoyishtalikka
Davlat va huquq tizimida din omili
REJA:
Mustaqillik davrida diniy qadriyatlarning tiklanishi
Diniy bag’rikenglik va vijdon erkinligi
Diniy tashkilotlar faoliyatidagi muhim o’zgarishlar
Xalqlarimizning tabiatiga mutlaqo yot bo’lgan siyosiy, diniy ekstremizm, aqidaparastlik va boshqa yovuz oqimlarning mintaqamizga kirib kelishi va tarqalishi tinchlik va osoyishtalikka, farzandlarimizning kelajagiga katta xavf tug’dirishini odamlar ongiga chuqur singdirib borish kerak. Xalqlarimiz tafakkurida yuksak ahloqiy ma’naviy qadriyatlarni qaror toptirish va mustahkamlash orqali ularni yovuz kuchlarga qarshi kurashga safarbar etish zarur. Bugun O’zbekiston diniy bag’rikenglik va murosa borasida nafaqat MDH davlatlari, balki butun dunyoga namuna bo’lmoqda. Bu haqda Moskva va Butun rus patriarxi Aleksiy II, Xillari Klinton va Madlen Olbrayt, Iordaniya shahzodasi Hasan bin Tallol kabi dunyo miqyosida katta obro’ va nufuzga ega insonlar yurtimizga ziyoratlari vaqtida ta’kidlab o’tdilar. Albatta, xalqimizga xos bu xislat bir zumda paydo bo’lgan emas, balki uzoq tarixiy asoslariga ega.
IX asrdan boshlab hozirgi O’zbekiston hududida islom dini sunna yo’nalishining hanafiy (Imom A’zam) mazhabi qaror topdi. Hanafiylik o’zga dinlar va mahalliy urf-odatlarga nisbatan erkinlik berish bilan boshqa mazhablardan ajralib turadi. Bu ta’limotni takomilga etkazgan vatandoshlarimiz — Abu Mansur Moturidiy, Abulmo’min Nasafiy va Burxoniddin Marg’inoniy kabi allomalar musulmonlar orasidagi g’oyaviy tarafkashlikka barham berish, islom dinining «axli sunna val jamoa» yo’li barqaror bo’lib qolishiga katta hissa qo’shdilar. Buyuk islom ulamolari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo hukmdorlari ham bu yo’lda kurashdilar. X asr o’rtalarida islom dunyosida shia yo’nalishi (SHimoliy Afrika, Misr, Suriya, Hijozda — fotimiylar, Yamanda — zaydiylar va hatto abbosiylar poytaxti Bagdodda — buvayxiylar) ustunlikka erishgan bir paytda Markaziy Osiyoda tohiriy, somoniy, g’aznaviy va qoraxoniy hokimlari «axli sunna val-jamoa» aqidasini qat’iyat bilan himoya qildilar.
Xususan, o’z davrining ramzi bo’lgan Amir Temur e’tiqod va ma’daniyatning katta ahamiyatini to’g’ri idrok etgan. Sharafid-din Ali Yazdiy Sohibqironni haqli ravishda e’tiqodi komil inson sifatida ta’riflaydi. Eng muhimi, Amir Temur «axli sunna val-jamoa» e’tiqodiga sodiq, diniy aqidaparastlikka qarshi qat’iy bo’lgan, islom dinini mutaassiblikdan holi, erkin tushungan. Uning komil e’tiqodi boshqa dinlarni rad etish hisobiga bo’lmagan va shu jihatdan xam, u nafaqat o’z asri, balki hozirgi zamon kishisi uchun xam namunadir.
Mustaqillik tufayli o’zligimizni anglash, ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash jarayoni kechayotgan hozirgi paytda umuman dinga va ayniqsa, ota-bobolarimiz dini bo’lib kelgan islomga munosabat tubdan o’zgardi. Bu sohadagi yutuqlami sanab o’tirishga hojat yo’q. Ulami ko’rmaslik mumkin emas, ko’rolmaslik mumkindir, balki. Ammo masalaning boshqa tomoniga e’tiborni jalb qilish muhim. Siyosiy mustaqillikka erishgan barcha yosh davlatlarda yuz bergani kabi bizning mamlakatda ham ta’lim yo’nalishi mazmun-mohiyatining o’zgarishi, davlat tili, an’analar, milliy madaniyatga e’tiboming ortishi, bularning hammasi, diniy omil ahamiyatiga davlatning munosabatini ko’rsatadi.
Mustaqillik yillarida kutilmagan voqealarga ham duch kelindi. Xalqaro terrorizm bilan uyushib ketgan diniy ekstremizm endilikda umumbashariy muammoga aylandi. Uning yechimi — dindan buzg’unchilik maqsadlarida foydalanishga yo’l qo’yib bo’lmasligini e’tirof etishdir.
Davlatning dinga munosabatidagi asosiy xususiyati — bu dinning siyosatga aralashmasligi. Zero, har qanday din, birinchi o’rinda ma’naviy-axloqiy jihatni o’z ichiga oladi.
Hech qaysi din o’zida xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatlarining barchasini qamrab olishga da’vogarlik qilmaydi. Aks xolda u din bo’lmay qoladi. Xuddi shu asosda O’zbekiston Respublikasi Konstituiiiyasiping 57-moddasidadiniy-siyosiy partiyalar tuzish ta’qiqlangan.
O’zbekiston davlatining dunyoviylik, diniy bag’rikenglik, barcha dinlarga bir xilda munosabat, jamiyat taraqqiyotida din bilan hamkorlik qilish xususiyatlari ushbu tamoyil asosida amalga oshiriladi, Chunki konstitutsiyaviy dunyoviy-ma’rifiy davlatda vijdon erkinligi qonuni diniy e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’i nazar, siyosiy xohishlarini bildirishda barcha fuqarolaming teng ishtiroki tamoyiliga rioya qiladi.
«Vijdon» erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonun. Ushbu qonun 1991 yilda qabul qilingan bo’lib, 1993 yilda kiritilgan ba’zi qo’shimcha va o’zgartirishlar bilan 1998 yilgaqadar amalda bo’lib keldi.
1990 yillarning boshlarida xukumatimiz tomonidan berilgan imkoniyatlarning suiste’mol qilinishi, masjid qurish kompaniyaga aylanib ketishi oqibatida ulaming soni 89 tadan 5000 tagacha etdi. Ularning aksariyati hujjatlari to’liq rasmiylashtirilmagan, malakali imomlar bilan ta’minlanmagan (95,8% diniy ma’lumotsiz) va zarur sharoitlar bo’lmagan holda faoliyat yurgizib, turli "peshvo"lar masjidlarni o’z uyalariga aylantirishga xarakat qildilar.
Ba’zi diniy tashkilotlarning rahbarlari xorijiy fuqarolar bo’lib, aslida hech qanday diniy ma’lumotga ega bo’lmay, moliyaviy yordam ko’rsatish hisobiga respublika hududidagi diniy tashkilotlarga rahbarlik qilib olib, buzg’unchilik, missionerlik faoliyati bilan shug’ullanar edilar. Ularning asosiy maqsadi turli yo’l va usullar bilan o’z saflarini mahalliy millat vakillari hisobiga kengaytirishdan iborat edi.
Davlat talablari asosida «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’grisida»gi Qonunni tubdan o’zgartirish zarurati tug’ildi va 1998 yil 1 may kuni yangi tahrirda qabul qilindi.