Sinfdan tashqari o‘qish va nutq o‘stirish
Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari uchun sinf kutubxonasini tashkil qilish. Sinfdan tashqari o‘qish uchun hajm va mazmun jihatidan 1-sinf alifbe davri uchun mos ertak, hikoya, masal kabilarni to‘g‘ri tanlash.
O‘quvchilarni sinfdan tashqari o‘quv materiali bilan tanishtirishda ifodali, jonli nutq sharoiti, pedagogik mahorat va artistlik ko‘maklarini uyg‘un qo‘llash.
Sinfdan tashqari o‘quv mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning ota- ona yoki tarbiyachi ko‘magida o‘rgangan ertak, hikoya, hadis va she’rlaridan namuna aytib berishlari, uyda bolani kitobxonlikka havas uyg‘otuvchi muhit yaratishga erishish.
O‘zbek tilining tovush tizimi va yozuvi. Savod o‘rgatish analitik-sintetik tovush metodiga asosan olib boriladi. So‘z bo‘g‘inga bo‘linadi, bo‘g‘indn kerakli - o‘rganilayotgan tovush ajratib olinadi, tahlil qilinadi, o‘rganilayotgan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun o‘qish jarayoni o‘zlashtiriladi.Bunda o‘zbek tili grafik tizimi, tovushlarni yozuvda belgilash xususiyatlari hisobga olinadi.
Savod o‘rgatishda o‘zbek tili grafik tizimining quyidagi xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega:
№
|
XUSUSIYATLAR
|
O‘ZIGA XOSLIKLARI
|
MISOLLAR
|
1.
|
Tovush-harf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi.
|
6 ta unli fonema bor.
|
E,o,a,u,i,o‘
|
2.
|
Undoshlarni o‘rgatishda ham muayyan tartibga, talabga asoslaniladi.
|
24 ta undosh tovush bor. Yozuvda 23 ta harf bilan ifodalanadi: 3 tasi harf birikmasi, 21tasi yakka harf.
|
B,d,f,g,j,k,l,m,
n,p,q,r,s,t,v,x,y,z,
g‘,sh, ch, ng.
|
Davlat ta’lim standarti asosida o‘quvchilar orfografiyadan egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar.
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti o‘quvchilar umumta’lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo‘yilgan majburiy minimal darajani belgilab berdi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar ona tili bo‘yicha quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:
O‘quv yili davomida 1–sinf o‘quvchilari quyidagilarni bilishlari lozim: o‘zbek alifbosidagi harflar nomini, unli va undosh tovushlarning belgilarini, jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni, bo‘g‘in ko‘chirish qoidalarini.
O‘quvchilar quyidagilarni uddalay olishi kerak: matnni sinf taxtasi va darslikdan orfografik hushyorlik qoidalariga rioya qilgan holda chiroyli, to‘g‘ri ko‘chira olishni, talaffuzga mos bo‘lgan 25-30 so‘zli matnni harf va bo‘g‘inlarni tushirib qoldirmay, oshiqchasini qo‘shmay, o‘rin-tushuncha beriladi va bu haqdagi badiiy boshqa matnlarni o‘qish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: |