Ishning nаzаriy vа аmаliy аhаmiyati. Оrfоgrаfik mаlаkа imlоviy mаshqlаrsiz shаkllаnmаydi. Mаvzuning аmаliy аhаmiyati shuki, оlib bоrgаn tаdqiqоtimiz vа chiqаrgаn хulоsаlаrimiz bоshlаng‘ich sinf o‘qituvchilаrigа yaqindаn yordаm bеrаdi, dеgаn umiddаmiz.
Ishning sinаlishi vа nаtijаlаrining оmmаlаshtirilishi. Ish аmаliy jihаtdаn bоshlаng‘ich sinf оnа tili dаrslаridа sinоvdаn o‘tkаzilgаn, ishni kеng miqyosdа оmmаlаshtirish o‘qitishdаgi muаmmоlаrni ijоbiy yеchishgа yordаm bеrаdi.
Ishning tuzilishi vа umumiy hаjmi. Ish kirish (ishning umumiy tаvsifi), ikki аsоsiy bоb, umumiy хulоsа vа fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаtidаn ibоrаt bo‘lib, hаjmi – 60 sаhifа.
I BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA ONA TILI TA’LIM SOHASINING MAZMUNI VA TARKIBIY QISMLARI
1.1.Boshlang’ich ta’lim tizimida orfografiya o’qitishning nazariy asoslari
Ta’lim mazmuni o‘quv rejalari dasturi va darsliklar o‘quv–metodik qo‘llanmalarda o‘z ifodasini topadi. Ona tili davlat ta’lim standarti, dasturi va darsliklari o‘quvchilarning o‘rganishlari uchun tanlangan va ularning o‘zlashtirishlariga muvofiqlashtirilgan til materiallarini o‘z ichiga oladi.
Ona tili ta’limi mazmuni tilshunoslikning uch asosiy qatlami – fonetika, leksika, grammatikaga (grammatikaning morfologiya va sintaksis qismlari) ajartilib o‘rgatiladi.
Boshlang‘ich ta’limda ona tili ta’lim mazmunining negizi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
–nutq tovushlari (unli va undosh, jarangli va jarangsiz);
–bo‘g‘in (urg‘uli va urg‘usiz bo‘g‘inlar, ochiq va yopiq bo‘g‘inlar, fonetik tahlil);
–so‘z (so‘z ma’nolari, bir va ko‘p ma’noli so‘zlar, ma’nodosh so‘zlar, qarama-qarshi ma’noli so‘zlar, shevaga xos so‘zlar, uyadosh so‘zlar, kasb-hunarga xos so‘zlar, lug‘aviy tahlil);
–o‘zak, negiz, qo‘shimcha, old qo‘shimcha, affiks, so‘z tarkibining tahlili, so‘z yasovchi qo‘shimcha, predmet nomi qo‘shimchasi, predmetning rang-tusini bildiruvchi so‘zlar, predmetga, uning rang-tusi va miqdoriga ishorani ifodalovchi so‘zlar, ish-harakatning nomini, tarzini, maqsad va holatini ifodalovchi so‘zlar;
–ko‘makchilar va bog‘lovchilar;
–gap (darak ma’nosini ifodalovchi so‘zlar, sroq ma’nosini ifodalovchi gaplar, his-hayajonni ifodalovchi gaplar);
–tinish belgilari (nuqta, so‘roq, undov, vergul);
–matn (matnning tuzilishi, mavzu, asosiy fikr, sarlavha, reja, so‘zboshi, taqqoslash, dialog, monolog, bayon, kichik insho, og‘zaki va yozma ijodiyot);
–xat, xabar, tabriknoma, maqola, taklifnoma.
Ona tili o‘qitishning mazmuni va metodlari o‘quvchilarga dastur talab qilgan hajmda puxta bilim berish, ko‘nikma va malakalarni hosil qilishga ko‘maklashadi.
Ona tili ta’lim mazmuninigg birinchi muhim tarkibiy qismi o‘quvchilar egallashi zarur bo‘lgan bilimlar tizimidir. Ona tilidan bilimlar tizimi deganda bir–biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan til faktlari, tushunchalar, qoidalar, ta’riflar tizimi tushuniladi.
Ma’lumki, asrlar davomida insoniyat tomonidan to‘plangan barcha til ilmini maktab o‘quvchisiga o‘rgatishni iloji va zaruriyati yo‘q. Demak, ona tilidan eng zarur bilimlarni tanlash asosiy masalalardan biri sanaladi.
Fanda orfografik malakalarni shakllantirish masalalarida psixologiya, lingvistik va mеtodik asoslarni kеng sharhlash, ta'lim jarayonidagi xilma-xil uzgarishlarni qiyoslash, sistеmali utkazilgan tajribalar davomida o‘quvchilardagi individual-psixologik farqlar hamda muayyan ko‘rsatkichlarni o‘rganish, shu soxadagi statistik ma'lumotlarni tizimga solish va, natijada, muqobil uslubiy xulosalarni chiqarish borasida katta mundarijadagi tadkiqotlar yaratilgan. Ularning ayrimlarini biz tadqiq ztilayotgan masalalarimizga bog‘liq xolda sharhlashga harakat qildik. Shuningdеk, mazkur bobda uzbеk orfografiyasining boshlang‘ich ta'lim ona tili dasturlari va darsliklarida aks etish jihatlari ham nazariy tomondan tahlil etildi.
Dostları ilə paylaş: |