Xarasimonlar sinfiga kiruvchi nitella turkumining umumiy tavsifi. Kirish mavzuning dolzarbligi: C



Yüklə 446,16 Kb.
səhifə1/8
tarix07.06.2023
ölçüsü446,16 Kb.
#127891
  1   2   3   4   5   6   7   8
Ahmadjonova Mushtariy zoologiya kurs ishi


ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI ANIQ VA TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA YO'NALISHI 2-BOSQICH 201-GURUH TALABASI AXMADJONOVA MUSHTARIYBONU AVAZBEK QIZINING BOTANIKA FANIDAN TAYYORLAGAN KURS ISHI.
MAVZU: XARASIMONLAR-CHAROPHYCEAE SINFI. TALLOMINING TUZILISHI VA KO’PAYISHIDAGI O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
MAVZU REJASI:
I BOB. Xarasimon suvoʻtlarning evolutsiyasi, tallomining tuzilishi va ko’payishidagi o’ziga xos xususiyatlari.
1.1 Tuban o’simliklar evolyutsiya tarixi.
1.2 Suvo'tlari tallomining tuzilishi.
1.3 Suvo'tlari ko'payishi va ko'payishidagi o'ziga xos xususiyatlari.
II BOB. Charophyceae sinfining umumiy tavsifi va sistematikasi .
2.1 Xara turkumiga mansub asosiy turlarning tuzilishi.
2.2 Xarasimonlar sinfiga kiruvchi nitella turkumining umumiy tavsifi.
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Chin yashil suvo‘tlar bo‘limi hamma qit’alaming suv havzalarida keng tarqalgan bo‘lib, tarqalishi, yashash sharoiti va tuzilishi jihatidan juda xilma-xil bo‘lgan turlarni o‘z ichiga oladi. Bu suvo‘tlarning nomi ularning yashil rangidan olingan bo‘lib, ularning hammasi umumiy belgilarga ega. Ular chuchuk suvlarda, hovuzlarda, ariqlarda, ko‘llarda, to‘xtab qolgan suvlarda, botqoqliklarda, organik moddalar bilan ifloslangan suvlarda, havoli sharoitda, daraxtlaming po‘stlog‘ida, qoyalarda, devorlarda va boshqa ko‘p namli tuproqlarda tarqalgan. Ayrim turlari zamburug‘lar bilan birga simbioz yashaydi. Ular bir hujayrali, ko‘p hujayrali va koloniya bo‘lib yashaydilar.
Hozirgi vaqtda ko‘pchilik olimlar yashil suvo‘tlar bo‘limini teng xivchinlilar, matashuvchilar va xaralar degan sinflarga bo‘lib o‘rganadilar. Albatta, bu klassifikatsiyadan tashqari, boshqa klassifikatsiyalar ham mavjud bo‘lib, ular yashil suvo‘tlar bo‘limining 5 ta sinfiga bo'lingan.Teng xivchinlilar qabilasi (Isocontae). Bu qabila chin yashil suvo‘tlar sinfi deb ham yuritiladi. Sinfga kiruvchi turlari bir hujayrali monad strukturali bir xil uzunlikdagi, bir xil tuzilishdagi xivchinga ega bolib, uni yordamida harakatlanadilar.

Yüklə 446,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin