Xii bob. Sxemalar



Yüklə 2,52 Mb.
səhifə3/7
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#140207
1   2   3   4   5   6   7
Извлеченные страницы из Chizmachilik 2016-yil

Funksional sxema. Buyum funksional qismlarining ayrimlari yoki barchasida ro‘y beradigan jarayonlar tasvirlanadi. Buyumning ish jarayonini o‘rganishda va buyumni sozlashda, nazorat qilishda va ta’mirlashda foydalaniladi.

  • Prinsipial sxema. Buyumning tarkibiy elementlari hamda ular orasidagi bog‘lanishlaming barchasi ko‘rsatiladi. Shunga ko‘ra, sxema- ning bu turi buyumning ishlash jarayoni to‘g‘risida to‘liq ma’lumot beradi.

  • Biriktirish (montaj) sxemasi. Buyum qismlari orasidagi o'zaro birikishlar ko‘rsatilishi sababli, unda ana shu birikmalami amalga oshirish vositasi bo‘lgan o‘tkazgich, kabel, quvuro‘tkazgich kabilar aks ettiriladi.

  • Ulash sxemasi. Buyumning tashqi tomoni bilan boshqa buyumga birikish (ulash) joyi ko‘rsatiladi.

  • Umumiy sxema. Kompleksning tarkibiy qismlari tasvirlanib, foydalanish joyida ulami qanday montaj qilish haqida ma’lumot beriladi. Buyum elementlarining o‘zaro joylashishi sxemada taxminan to‘g‘ri tasvirlanadi.

  • Joylashtirish sxemasi. Buyum tarkibiy qismlarining bir-biriga nisbatan qanday joylashtirilganligi ko‘rsatiladi.

  • Birlashtirilgan sxema. Biror maqsadni ko‘zlab ikki, uch xil sxemalar turi birlashtirilib tasvirlanishi mumkin. 'Masalan, prinsipial va montaj (birlashtirish), birlashtirish va ulash sxemasi. Bunday birlashtirishlar sxema turi va ko‘rinishi hujjat bilan aniqlanishi lozim. Masalan, elektr prinsipial sxemasi va ulash sxemasi.

  • Kombinatsiyalashtirilgan sxema. Buyum tarkibiga turli elementlar ko‘rinishlari kiritilishi munosaboti bilan, buyum uchun bir turdagi sxemalaming bir nechtasini tuzish talab qilinadi. Bunday sxemalami bitta kombinatsiyalashtirilgan sxema bilan almashtirish lozim boiadi, masalan, elektrogidravlik prinsipial sxema.

  • Turli ko'rinish va turlar sxemalari. Bunday sxemalar tarmoq standartlari tomonidan joriy etilgan kod, tur va ko‘rinishlarda bajariladi.

    Sxemalaming shifri standartga muvofiq uning turini ko‘rsatuvchi harf va turini belgilovchi raqamdan tashkil topadi. Masalan, pnevmatik strukturali sxema - PI, kinematik funksional sxema - K2 va hokazo.
    Sxemalarda tasvirlanayotgan buyum elementlari ustma-ust tushmasligi va o‘qish oson bo‘lishi uchun mazkur elementlar qulay vaziyatda joylashtiriladi. Bundan tashqari, grafik belgilami bog‘lovchi chiziqlar imkoni boricha kam sinadigan va kam kesishadigan bo‘lishi hamda parallel bog‘lovchi chiziqlar oraisdagi masofa 3 mm dan kam bo‘lmasligi lozim.
    Elektr sxemalarda qo‘llaniladigan shartli grafik belgilaming o‘lcham- lari standartda berilgani holda, boshqa turdagi sxemalar elementlarining o‘lchamlari nisbati ulaming haqiqiy oichamlari nisbatiga taxminan mos kelishi lozim.
    Sxemalarda buyumning tarkibiy elementlari raqamlar bilan belgi- lanadi, ya’ni ulaming vaziyat belgilari qo‘yiladi. Har bir elementning tartib nomeri harakat boshlanadigan joydan boshlab chiqarish chizig‘i tokchasiga qo‘yiladi. Tokcha ostiga esa, kerak bo‘lganda, element to‘g‘- risida tushintirish yoziladi. Sxemalami harakatga keltiradigan joydan boshlab o‘qiladi. 0 ‘qish paytida har bir elementning shartli tasvirlanishi, o‘qish qiyin bo‘Isa, ulami shartli belgilar bilan taqqoslab o‘qiladi.
    Sxema elementlarining shartli grafik belgilari bog‘lanish chiziqla- rining yo‘g‘onligi 0,2... 1,0 mm atrofida olinadi. Bitta sxemada barcha chiziqlar (buyum elementlari va bog‘lanish chiziqlari) bir xil tanlangan yo‘gonlikda chiziladi. Sxemada barcha shartli grafik belgilar standart tomonidan qanday qabul qilingan bo‘Isa, o‘shanday vaziyatda chizilishi kerak, lekin ba’zi maqsadlami ko‘zlab, ulami 90° ga burilib yoki 180° ga ag‘darib tasvirlash mumkin. Raqamli yoki harfli-raqamli belgilari bor sxema elementining shartli grafik belgisini 90° yoki 45° ga burib tasvirlashga yo‘l qo‘yiladi.
    Sanoat va qurilmaning barcha tarmoqlaridagi buyumlar uchun qo‘lda yoki avtomatlashtirilgan usulda bajariladigan sxemalaming shartli grafik belgilari standart tomonidan umumiy tatbiq qilinishiga moijallangan (12.1,12.2-jadvallar).
    12.1-jadval


    № Shartli grafik belgilarning nomi Belgisi

    Yüklə 2,52 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin