Xitoy filologiyasi kafedrasi “Xitoy tilini o‘qitish metodikasi” fanidan kurs ishi mavzu: xitoy tilini o’qitishda dialoglardan foydalanishning afzalliklari


Ishning amaliy ahamiyati va tavsiyalar



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə3/9
tarix22.03.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#124242
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Diolog

Ishning amaliy ahamiyati va tavsiyalar. tanlangan mavzu xitoy tilining ieroglif kabi murakkab jihatini tez va samarali o‘zlashtirish imkonini beruvchi zamonaviy texnikani o‘quv jarayoniga joriy etish zarurati bilan bog‘liq.
Ushbu kurs ishi bakalavr bitiruvchilarining ilk o’qituvchilik ish faoliyat jarayonlarida ierogliflarni oʼquvchilarga oʼrgatishda oson va samarali metodlarni izlab topishda yordam beradi.
Ishning tuzulishi: Ushbu kurs ishi 3 paragraf , umumiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Umumiy hajmi 37 bet.

ASOSIY QISM
1§ XITOY IYEROGLIFIK YOZUVINI O’RGATISH METODIKASI
Xitoy yozuvi — soʻz va morfemalarni yozishda maxsus belgilar — iyerogliflar qoʻllanadigan yozuv. Xitoy yozuvida iyerogliflar shakli turli kombinatsiyalarda takrorlanuvchi 1 dan 36 tagacha boʻlgan standart chiziqlardan tashkil topadi. Iyerogliflar maʼlum yozuv qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda muayyan tartibda (chapdan oʻngga, yuqoridan pastga) yoziladi. Eng qadimgi piktogrammaiyerogliflar miloddan avvalgi 2ming yillik oʻrtalariga mansub. Xitoy yozuvi tarixida iyerogliflarning 7 xil — gu ven qadimgi yozuvda juan (katta belgili yozuv), syao juan (kichik belgili yozuv), li shu (rasmiy yozuv), sing shu (yarim tez yozuv), sao shu (tez yozuv), kay shu (namunali yozuv) kabi yozilish uslublari boʻlib, ular 4—5 ming yil davomida biri birining oʻrnini egallagan holda shaklan oʻzgarib, takomillashib borgan. Xozirgi paytda mil. 1—2-asrlarda ishlab chiqilgan „kay shu“ husnixat turidan keng foydalanilmoqda.
Xitoy yozuvi da iyerogliflarning umumiy soni 60 mingdan koʻproq boʻlib, shulardan taxminan 96 foizi murakkab (ikki va undan ortiq qism — chiziqsan tuzilgan) va 4 foizi sodda (faqat bir qismdan iborat) iyerogliflar hisoblanadi. Hozirgi xitoy tilida taxminan 8—10 ming iyeroglif qoʻllanadi.
Xitoy anʼanalarida iyerogliflarning 6 turkumi farklanib, ular 3 guruhga ajratiladi:
1) piktogrammalar va ideogrammalar — 1500 atrofida boʻlib, ular eng qad. sodda belgilar, shuningdek, mavhumroq maʼnolarni ifodalovchi aralash belgilardan iborat;
2) fonogrammalar (iyerogliflarning koʻpchiligi) — soʻz yoki morfemaning maʼnosiga ishora qiluvchi ochqich (kalit)lardan iborat murakkab belgilar hamda belgining aniq yoki taxminan talaffuzini koʻrsatuvchi fonetik belgilardir. Ochqichlar har doim sodda belgilar koʻrinishida, fonetik belgilar esa sodda va murakkab holatda boʻladi. Xitoy lugʻatlarida iyerogliflar odatda ochqichlar boʻyicha joylashtiriladi;
3) „oʻzlashma“ iyerogliflar — dastlab muayyan soʻzlarni yozish uchun yaratilgan, keyinchalik boshqa, mavhum maʼnoli soʻzlarni yozish uchun qoʻllangan turli koʻrinishdagi belgilar. Ayni bir iyeroglif maʼnosi bir xil boʻlsada, turli laxjalarda fonetik jihatdan farqlanuvchi soʻzlarni, shuningdek, qad. va hozirgi tidda talaffuz jihatdan anchagina farq qiluvchi soʻzlarni yozish uchun qoʻllanadi.
Xitoy yozuvi dastlab Yaponiya, Koreya va Vyetnam xalklari tomonidan muayyan miqdordagi xitoycha soʻzlar bilan oʻzlashtiriladi. 20-asr oʻrtalarida iyerogliflardan faqat Yaponiya va Janubiy Koreyada (yapon boʻgʻinli yozuvi va koreys alifbosi bilan qoʻshilgan holda) foydalana boshlandi. Bugungi kunda Janubiy Koreyada Taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlanib, keng isteʼmol uchun qabul qilingan 2000 ta iyeroglifdan foydalanilmoqda.
1958-yil fevralda XXRning Xitoy iyerogliflarini isloh qilish qoʻmitasi tomonidan iyerogliflarning talaffuzi uchun lotin grafikasi asosida 26 harfdan iborat transkripsion alifbo qabul qilindi. Ushbu alifbo hozirgi kunda jamiyatning barcha sohalarida keng qoʻllanmoqda. Xitoy yozuvini isloh qilish va alifboli yozuvga oʻtish lahjalarning koʻpligi va tarqokligi, madaniy meros va til muammolari sababli katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda. 1956 yildan XXR da iyerogliflarni grafik jihatdan soddalashtirish ishlari olib borilmoqda.


Murakkab ierogliflarning paydo bo‘lishi va shakllanishi mavxum so‘z va tushunchalar miqdorining o‘sib borishi bilan izoxlanadi. Yangi so‘zlarni oddiy piktogramma va belgilar bilan yozuvda ifodalashning imkoni yo‘q edi. Yangi so‘zlarni hosil qilish piktogrammalar va belgilarni qo‘shish orqali hosil qilindi va bunda yangi so‘zning ma’nosi va yangi so‘z tarkibidagi piktogramma ma’nosi o‘rtasida bog‘liqlik bor edi. Masalan, 木 mu – daraxtni anglatadi, ikkitasi birgalikda murakkab ieroglifni tashkil etib, 林 lin (o‘rmon) morfemasini hosil qiladi, uchtasi bir ieroglifga birlashib, “changalzor” deb ataladi va soya ma’nosini beradiIdeogrammalar murakkab sintetik belgilar bo‘lib, odatda ikkita belgidan iborat bo‘ladi va bu belgilar ma’no jihatdan ideogramma ma’nosiga aloqador bo‘ladi. Ideogrammaning ikkala qismi ham ma’no anglatadi, faqat ideogrammaning talaffuzi uning qismlarining talaffuziga bog‘liq bo‘lmaydi. Talaffuzdagi bu nomuvofiqlik xitoy ieroglifining ideogrammalariga xos xususiyat hisoblanadi. Ideogrammalar hosil qila olish mavxum so‘zlarni ifodalashda juda qo‘l keladi. Ideogrammalar orqali so‘zlar yasash imkoniyati paydo bo‘lgan bo‘lsada, amalda yangi xosil qilingan so‘zlarni yodda saqlash mushkul edi. Bu odatda ma’nosi o‘xshash so‘zlarning barida asosiy so‘z ishtirokini talab qilar edi. Shu kabi ideogrammalar bilan bog‘liq murakkabliklar ieroglif yozuvida fonetik usul keng tarqalishiga olib keldi. Bunda so‘zlarning ohangidagi farqni yozuvda ifodalash uchun ko‘rsatkichlardan foydalanildi. Misol uchun, 马 ma ieroglifi, “ot” ma’nosini beradi, deyarli shunga oxangdosh so‘z 吗 ma ieroglifi esa (qo‘shimcha nü (ayol) belgisi bilan) ona ma’nosini beradi, quyidagi so‘zlarga e’tibor bering: 骂 ma-“so‘kmoq” (口 kou-“og‘iz” belgisi bilan); 蚂 ma“chumoli” ( 虫 chong-“hasharot” belgisi bilan).Shunday qilib, dastlabki ieroglif belgilaridan bo‘lgan tasvirli belgilar va ko‘rsatkichli belgilarning birikishidan murakkab ierogliflar hosil bo‘ldi. Bular ideogrammalar va fonogrammala edi. Bu to‘rtta ieroglif turlari birgalikda xitoy ieroglif yozuvini tashkil etadi va dastlabki belgilar mustaqil ravishda is’temolda qo‘llanmasdan, balki faqatgina murakkab ierogliflar tarkibida uchraydi. Fonetik yozuv rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan qoidalardan biri bu “o‘zlashtirma so‘z”lardir (xitoycha 假借 jıajıe). O‘zlashtirma so‘zlarning moxiyati shunda ediki, bunda yangi so‘zni ifodalash uchun oxangdosh bo‘lgan eski ierogliflardan xech qanday belgi-kalitlarni qo‘shmasdan foydalanildi. Masalan, piktogramma xisoblanadigan, bug‘doyning ma’lum bir turini anglatuvchi 来 lai ieroglifi “kelmoq” morfemasi uchun o‘zlashtirma bo‘lib xisoblanadi. Qaynatilgan go‘sht uchun idish ma’nosini beruvchi 豆 dou ieroglifi esa dukkakli donlarni ifodalash uchun foydalanilgan.
Bu qoida bo‘yicha yasaladigan so‘zlarga chetdan o‘zlashgan so‘zlar ham kiradi. Biroq, bunda faqatgina talaffuz oxangi saqlanib, ierogliflar o‘z ma’nosini yo‘qotadi.
Masalan, 蒙古 menggu “Mongoliya” 蒙 meng “qoramtir” va 古 gu “qadimgi” ierogliflaridan. Bu qoidada ieroglif sof holatda fonetik belgiga aylanadi.

Xitoy belgilarni o'rgatishning bir nechta yondashuvlari mavjud, ularning har biri o'ziga xos afzalliklarga ega, ammo, qoida tariqasida, xitoy yozuvining ma'lum bir jihatiga e'tibor beradi. Keyinchalik, xitoy tilini o'qitish amaliyotida eng ko'p qo'llaniladigan asosiy yondashuvlar ko'rib chiqiladi.


XXRsining ta’lim muassasalarida iyerogliflarni o’rgatish uchun qo’llaniladigan metodlar quyidagilardan iborat.


  1. Yüklə 0,68 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin