OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
XITOYSHUNOSLIK FAKULTETI
XITOY FILOLOGIYASI KAFEDRASI
“Xitoy tilini o‘qitish metodikasi” fanidan
KURS ISHI
MAVZU: XITOY TILINI O’QITISHDA DIALOGLARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI
Bajaruvchi:_____________________________
Ilmiy rahbar: ____________________________
XITOY TILINI O’QITISHDA DIALOGLARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI
REJA:
KIRISH.............................................................................................3
ASOSIY QISM
1 § Xitoy tilini samarali o’qitish usullari………..................................................7
2 § Xitoy tilini o’qitishda dialoglardan foydalanish..................................………13
3 § Xitoy tili darslarida dialoglar bilanishlash uchun qo’llaniladigan mashqlar................................................................................................................. 17
XULOSA...................................................................................................34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI............................. 35
KIRISH
Mamlakatimizda xitoy tilini o’rganishga bo’lgan talab kun sayin jadal sur’atlar bilan o’sib bormoqda. Buning asosioy sabablaridan biri sifatida O’zbekiston va Xitoy o’rtasidagi munosabatlarning kun sayin rivojlanib borayotganini e’tirof etish o’rinlidir. Oʻzbekiston va Xitoy xalqlarini koʻp asrlar davomida doʻstlik va oʻzaro hurmatga asoslangan koʻp tomonlama aloqalar bir-biriga yaqinlashtirib kelgan. Xususan, bundan ikki ming yillar muqaddam Buyuk Ipak yoʻli davrida boshlangan oʻzaro madaniyatlar almashinuvi tarixining yorqin sahifalari hamon yodda saqlanib kelmoqda. Madaniyatlarimiz oʻrtasidagi qadimiy yaqin aloqalar ildizi ikkala xalqning yanada yaqinlashishiga sabab boʻlayotir va bugungi kunda Oʻzbekiston - Xitoy oʻrtasidagi uzoq muddatli, muhim va ishonchli hamkorlik uchun qulay sharoit yaratmoqda.
Ikki tomonlama hamkorlik koʻlami barcha jabhalarni qamrab olgan. Bu munosabatlar zaminida mamlakat rahbarlari oʻrtasida oʻzaro ishonchli va doʻstona rishtalar yotadi. Tomonlar shuningdek SHHT doirasida ham doimiy ravishda oʻzaro oliy darajadagi uchrashuvlar va tashriflar amalga oshirib turishadi. 1
2017-yil 11-15 may kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev XXR ga rasmiy tashrif buyurdi, hamda ―Bitta belbog‘ - bitta yo‘l‖ forumida ham ishtirok etdi. “Bitta belbog‘ – bitta yo‘l” forumi ham hozirgi zamonda dunyo mamlakatlari orasida iqtisodiy hamkorlikni yanada kuchaytirish, savdo va investitsiyalar uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, turizm, ta‘lim va madaniyat sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi, dedi Sh. Mirziyoyev.
Shuningdek, ta’lim sohasidagi hamkorlik ham jadal sur’atda rivojlanib boryapti. Oʻzbekistonda yoshlar orasida xitoy tilini oʻrganishga va Xitoyda turli sohalar boʻyicha ta’lim olishga boʻlgan qiziqish yil sayin ortib bormoqda.
Zamonaviy Xitoy tili darslik va o’quv qo’llanmalarini o’rganish va o’rgatish jarayonida biz dialoglarni uchratamiz. Ya’ni nutq ikki xil ko’rinishda bo’ladi: monologik va dialogik. Ushbu shakllar nafaqat til xususiyatlari, balki psixologik nuqtai nazardan ham farqlarga ega. Biz bu kurs ishimizda Xitoy tilini o’qitishda dialoglardan foydalanishning afzalliklarini ko’rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: |