VII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha O`rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar
Soxibqiron Amir Temurning ta’lim tarbiyaga oid fikrlari. Amir Temur Kuragon ibn Amir Tarag`ay (1336-1405). Temur shaxsi masalasi uzoq yillar davomida man qilinganligi natijasida nafaqat Temur tarixi, balki Markaziy Osiyoning XIV-XV asrlardagi tarixi, madaniyati deyarli o`rganilmay qolgan edi. Bu haqda birinchi prezidentimiz I.A.Karimov shunday yozgan edi:
"Amir Temur nomi tariximiz sahifalarida qora buyoq bilan o`chirildi, unutishga mahkum etildi. Maqsad xalkimizning(ongidan) yuragidan milliy ong, milliy g`urur tuyg`usini yo`qotish, uni qaramlikka, tobelikka kundirish edi. Lekin o`zbek xalki o`z ajdodlarini, uz bahodirlarini unutmadi, hamisha yuragida, qalb to`rida saqladi". Mustaqilligimizdan so`ng esa o`z milliy qadriyatlarmizni, tariximizni haqqoniy o`rganish imkoniyatiga ega bo`ldik.
I.A.Karimov Amir Temur hayoti, faoliyati, koldirgan buyuk merosiga katta e’tibor berdi, "Istiqlol va ma’naviyat" asarida Temurning yoshlikdan mard, dovyurak,mag`rur, o`tkir zehn va aql egasi bo`lganligi, Qur’onga amal qilib yashaganligini ta’kidlab o`tgan edi.
Islom Karimov "Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q" asarida ham Amir Temur qoldirgan katta meros haqida yozgan edi:
"Amir Temur kim edi? U birinchi navbatda ulug` bunyodkor shaxs edi. Samarqanddagi obidalar, Shaxrisabzdagi yodgorliklarni kim qurdi? Turkistondagi Yassaviy maqbarasini kim tikladi? Kim "Kuch - adolatdadir" degan olamshumul, teran hikmatni o`z faoliyatiga asosiy tamoyil qilib oldi?". Temurning qanchalik buyuk zot bo`lganligini uning nomiga qo`shilgan unvonlardan ham kurish mumkin. Uning ismiga "Kuragon" (xon kuyovi yoki kurkam, toza urug`dan), "Sohibqiron" (yulduz burjlarining baxtli kelishi
(qiron)da tug`ilgan farzand) Iskandar, Muhammad payg`ambar, Temur), "Qutbiddin" (zamona peshvosi), "Abulmansur" (zafarmand, g`alaba qozonuvchi) kabi unvonlar qo`shilib ulug`langan.
Turkiston zaminini hunarmandchilik, ilm-fan va madaniyat rivojlangan ilg’or mamlakattaga aylantirildi. Amir Temurning sa’y harakati tufayli obod etilgan shaharlar, qishloqlarni SHaxrisabz, Buxoro, YAssi (Turkiston)shaharlarida qad ko’targan imoratlar «Temur va Temuriylar davlati «Temuriy madaniyati», «Ulug’bek va Samarqand», «Observatoriya maktabi» kabi ulug tushunchalarni dunyoga kelishi va dunyo halqlari tarixiga oltin harflar bilan yozilishi ham Amir Temur nomi bilan bog’liqdir.
I.A.Karimov Ulug`bek zimmasiga tushgan vazifa haqida yozgan edi: "Taqdir bu zotning zimmasiga behad ulkan va mashaqqatli vazifalarni yukladi. Buyuk sarkarda Amir Temur bunyod etgan saltanatning vorisi bo`lishdek mislsiz sinov aynan unga nasib etdi".("Istiqlol va ma’naviyat" T.1994).
1411 yili 17 yoshli Ulug`bek Movorounnahr va Turkistonning hokimi etib belgilanadi. Uning tashabbusi bilan o`lkada ilm - fan, ayniqsa falakkiyot ilmi yuksala bordi. U riyoziyot fanini mukammal egallagan va ungacha hech kim unchalik tez va aniq hisoblay olmagan.
U davlatning madaniy markazlaridan Buxoro (1417), Samarqand (1420) keyinchalik Fijduvonda (1433) madrasalar qurdirdi. Bu madrasalarda mashhur olimlar, ilohiyot ilmlaridan tashqari riyoziyot, xandasa, astronomiya, tibbiyot, tarix, geografi, ilmi aruzdan dars berishgan.