VII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha O`rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar
Alisher Navoiy (1441 - 1501) fan va san’atning turli sohalari: adabiyot, tarix, til bilimlari, musiqa, hattotlik,tasviriy san’at, me’morchilik rivojlantirish bilan birga ta’lim - tarbiya takomillashishiga katta e’tibor beradi. U o`zining "Xamsa", "Maxbubul qulub" kabi ta’limiy - axloqiy asarlarida, shuningdek "Munojat", "Vaqfiya", "Majolisun nafois", "Muxokamat ul-lug`atayn" asarlarida, Jomiydan tarjima "Qirq hadis" kabilarda tarbiyaga oida qarashlarini ifoda etadi.
Uning pedagogik qarashlari insonparvarlik g`oyasi bilan sug`orilgandir. U xalq baxtini orzu qiladi, xalq manfaatini uz manfaatidan ustun qo`yadi:
Yuz jafo qilsa menga bir qatla faryod aylamam,
Elga qilsa bir jafo yuz qatla faryod aylaram.
yoki
Odami ersang demagil odami
Onikim yo`q xalq g`amidin g`ami.
Bu davr tarixi temuriylar hukmronligi davri tarixi bilan uzviy qo`shilib ketadi. Bu davrda ta’lim - tarbiya,madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo`shildi va ular hozirda ham o`z ahamiyatini saqlab kelmoqda.