XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda
Movaraunnahrda tarbiya va maktab.
XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya va maktab.
XIV-asr oxiri va XV-
asr O’rta Osiyo xalqlari ijtimoiy iqtisodiy
-siyosiy,
madaniyma’naviy va ma’rifiy hayotidagi tub burilish, gullab
-yashnagan ikkinchi
Uyg’onish davri bo’lib tarixda
abadiy qoldi. Ana shu paytlarda tarixda
“Turon”,
“Turkiston” va
“Movarounnahr”
nomi bilan mashxur bo’lgan vatanimiz jahon tsivilizatsiyasining
beshiklaridan biri sifatida olam uzra dovruq taratdi.
Movarounnahr, Samarqand, Toshkent, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termizning noyob
tarixiy yodgorliklari, Buyuk Ipak yo’li, Sharq mutafakkirlari yaratgan bebaho
ta’limotlar, Amir Temur va temuriylar davrida gullab
-yashnagan ilm-fan,
me’morchilik, tasviriy san’at, naqqoshlik, musiqa, rivojlangan savdo
-iqtisodiy
munosabatlar, barpo etilgan mustahkam qudratli davlat va uning ichki va tashqi
siyosati Evropadagi Uyg’onish jarayoniga hayotbaxsh ta’sir etgani tarixiy
haqiqatdir. O’sha kezlarda ilm
-
fan, madaniyat, me’morchilik va boshqa sohalarda
erishilgan ulkan muvaffaqiyatl
ar o’zining ulug’vorligi, nafisligi, umumbashariy
g’oyalarga boyligi, badiiy shakllarining xilmaxilligi, ma’naviy sofligi va etukligi bilan
insoniyat aql-
idroki va tafakkurini yuksaklikka ko’tardi, G’arbni Sharq bilan
yaqinlashtirdi. Shu jihatlarni ko’zda
tutib tadqiqotchilar bu davrlarni madaniy
ko’tarinkilikning “
oltin asri
” ikkinchi
Renesans
–
Sharq Uyg’onish davri
deb
nomlaydilar. Prezidentimiz ta’birlari bilan aytganda “Temuriylar davri haqiqatan
xam ilm-fan, madaniyat va maorifning behad ravnaq topish
ini ta’minlagan Sharq
Uyg’onish davri edi”.
Ikkinchi Sharq Uyg’onish davri madaniyati va ma’naviyati o’z
-
o’zidan, tasodifiy
ravishda paydo bo’lgan emas. Uning o’ziga xos sabablari, qonuniyatlari, o’zaro
uzviy bog’lanishda bo’lgan siyosiy
-ijtimoiy, iqtisodi
y, ma’naviy, g’oyaviy asoslari,
omillari mavjud.
XIV-asrning ikkinchi yarmidan XVI-
asr boshlarigacha bo’lgan madaniy yuksalish
–
Uyg’onish davri haqida fikr yuritganda avvalambor o’sha davrlardagi tarixiy
vaziyatni e’tiborga olishga to’g’ri keladi.
XIV-as
rning oxirlarida, Amir Temur siyosiy sahnaga endigina qadam qo’ygan
kezlarda mamlakatda boshboshdoqlik, mahalliy siyosiy kuchlarning o’zaro
qaramaqarshiligi, ayniqsa, avjiga chiqqandi. Uzoq davom etgan mo’g’ullar
mustamlakachilik zulmi, Movarounnahr va Xur
osonda uzoq davom etgan o’zaro
nizo va urushlar natijasida shahar va qishloqlar vayronaga aylangan, suv
inshootlari buzib tashlangan, mamlakatning xo’jalik hayoti va madaniyatiga mislsiz
talafot etkazilgan, olimu ulamolar, kosibu hunarmandlarning aksariyati qirib
tashlangan, ma’naviyat va ma’rifatga kuchli zarba berilgan edi.
Chingizxon o’zining vahshiyona harbga havas izlarini qilich va o’t vositasida butun
Osiyoda mangu qoldirdi. Xususan, Movarounnahr uchun sira ham unutilmas bo’ldi.
Uning aksariyat aholi
sini qirib tamomladi, ko’p asrlar mobaynida o’zining
madaniyati va turmush tarzi bilan shuhrat qozongan o’lkani shundayin bir
vahshiylik holatiga tushirdiki, bu vahshiylik uning shonli o’tmishini hamda
istiqbolini yo’qqa chiqardi.
Darvoqe, Osiyoning hech b
ir eri mo’g’ul bosqinchilarining buzg’unchiliklarini Jayxun
va Sayxunning oralig’idagi ellar kabi dahshatli darajada his qilmadi. Binkent,
Xo’jand, Jand, Buxoro va Samarqand kabi shaharlarga G’o’bi cho’li vahshiylarning
Movarounnahrda san’at, tijorat va zi
roat bilan kasb etilgan asosli idora usulini
birinchi marta ko’rdilar, talon
-
taroj, zo’rlashga bo’lgan chanqoqliklarini ilk bor shu
erda qondirdilar. Shaharlar xarobazorga aylantirildi. Dehqonlar o’ldirilgan, mo’g’ul
qo’shiniga majburiy jalb etilgan hunarmandlar g’olib mo’g’ullarning bo’m
-
bo’sh
vatanini bezashga majburlab uzoq Sharqqa yuborilganlar. O’rta Osiyoning zabt
etilishi bilan ilmfanga etkazilgan ziyon oz emas. “Ilm daraxtining asosi
Makkada-
yu, ammo hosili Xurosonda pishadi”, degan arab maqoli bor.
O’rta asr
dunyosidagi bu maqol hozirgi kun uchun g’ayritabiiy tuyulishi mumkin… Mo’g’ul
bosqinidan so’ng O’rta Osiyoda ma’naviy hayot, afsuski so’ndi.
Mislsiz azob-
uqubatlar, tobelik va qaramlikdan, mo’g’ullar istilosi va istibdodidan,
behad-
behisob zo’ravonlik va o’zbilarmonliklardan xalqning sabr
-
kosasi to’lgan edi.
Ozodlik, mustaqillik ishiga rahnamolik qiladigan, o’lkamiz xalqlarini mo’g’ullar
istibdodiga qarshi kurashda boshini boshiga qovushtiradigan siyosiy yo’lboshchiga
hayotiy zaruriyat, ehtiyoj t
ug’ilib qolgan edi. O’sha kezlarda millatning dardlariga
darmon bo’ladigan buyuk insonni tarix yaratgan edi. O’zbekiston Prezidenti Islom
Karimov shunday deydi: “Bir yarim asrga yaqin davom etgan bu muddat qaramlik
jafosini har
tomonlama chekib kelgan oddi
y fuqarolardan tortib, ko’pchilik yirik siyosiy
arboblaru din peshvolarigacha barcha-
barcha uchun nihoyatda og’ir davr bo’lgan.
Jamiyat ozodlik va taraqqiyotga bo’lgan manfaatlarini o’zida mujassam etgan
xaloskorga, etakchiga mushtoq edi.
Taqdir taqozosi bilan Amir Temur ana shunday xaloskor va etakchi sifatida
maydonga chiqdi”.
Birinchidan, bu ulug’ zot ona yurtini mo’g’ul bosqinchilaridan ozod qilib, er yuzida
buyuk saltanat sohibi sifatida el va elatlarning boshini qovushtirib qudratli davlat
barpo etmag
anda, davlat qudratli bo’lmaganda Sharq Uyg’onishi ham, betakror
madaniy, ma’naviy yuksalishlar ham, boshqa tarixiy o’zgarish va rivojlanishlar,
olamshumul yutuqlar ham bo’lmas edi.
Ikkinchidan, XIV
–
asrning ikkinchi yarmidan boshlab Movarounnahr va Xurosonda
yuzaga kelgan ijtimoiy-
siyosiy vaziyat, mo’g’ullar mustamlakachiligi zulmidan ozod
bo’lib, davlat mustaqilligiga erishish madaniyat, ilmu fan rivojida yangi yuksak
bosqichiga ko’tarilish –
Renesansga iqtisodiy zamin, moddiy shart-sharoit yaratdi.
Yuzaga kelgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar tufayli ishlab chiqaruvchi kuchlar
rivojlanib, ichki va tashqi savdo ravnaq topa boshladi, Xitoy va Hindiston, Frantsiya
va Angliya, Rum va Ispaniya, Italiya, Misr va boshqa davlatlar bilan aloqalar
o’rnatildi, mu
nosbatlar mustahakamlandi. Tashqi siyosatda xalqaro iqtisodiy-savdo
aloqalari keng miqyosda yo’lga qo’yildi.
•
–
asrning birinchi yarmida bosqinchilar zulmi tufayli xarobalikka yuz
tutgan, qal’alari, masjidlari, madrasalari qarovsiz holda qolgan, me’moriy
obidalari vayronaga aylangan, ariqlari ko’milib ketib, bog’lari qurib bitgan
Samarqand sohibqiron bobomiz dag’osi sharofati bilan er yuzining
sayqaliga aylandi. Temuriylar saltanatining markazi va qudratining timsoli
bo’lmish bu tabarruk maskan olamning etti iqlimida ma’lumu mashhur
bo’ldi. Jahonning barcha hududlaridan ilm talab, ma’rifat talab insonlar,
ahli donishlar Samarqand sari intilganlar. Dunyoning turli
mamlakatlaridagi ne-
ne savdogarlar Samarqandda bo’lishini o’z
lari uchun
sharaf deb bilganlar.
Mojor olimi Xerman Vamberi Samarqand o’rta asr dunyosining asl
madaniyma’anaviy va savdo markazlaridan biriga aylanib qolganligini quyidagicha
ifodalagan edi: “Samarqandning butun Osiyo savdosida mol ombori o’rnini olganini
fahmlash juda oson deb o’ylayman… Bu erga Hindistondan juda ko’p attorlik va
bo’yoq tijorat karvonlari kelib turardi. Xitoy bu erga ipak gazlamalar, chinni
kosalar, qadahlar, mushk, qimmatbaho aqiq toshlar yuborardi. Mamlakatning
shimol tarafidan noyob po
’stinlar kelar edi. Ushbu turli iqlimlarning mollari
Samarqand bozorlarida toy-toy boylanib,
Osiyoning eng katta shaharlariga va Buyuk Ipak yo’li orqali G’arbiy Evropaga
jo’natilar edi. Savdogarlar bir yo’l bilan Xorazm, Astrobod, Nijniy
-Novgorod,
Moskva y
o’li bilan Genza ko’liga borar edi. Ikkinchi –
Hirot
–
Qazvin
–
Tabriz
–
Trabzun yo’li bilan
genuyaliklarning, venetsiyaliklarning, pizaliklarning savdo
kemalariga tushib, Evropaga etardi. Nihoyatda qo’rqinchli, serurush zamonlar
bo’lishiga qaramay, Temur
hokimyatining soyasi tushgan erlarning barchasida
savdo juda jonli va sira xavfsiz edi. Biz qayta-qayta zikr etgan Ispaniya elchilari
bunga eng ishonchli shohiddirlar.”
•
asr oxirlariga kelib Samarqand dunyoning eng go’zal va obod
shaharlaridan biriga aylandi. Amir Temur va uning avlodlari Samarqandda
ulkan binolar, madrasalar, masjidlar, xonaqohlar, saroylar, bozorlar,
ko’priklar, xiyobonlar, shifoxonalar, hammomlar, kanallar, qal’alar
qurishga alohida e’tibor berdilar. “Amir Temurning bevosita rahnamolig
ida
bunyod etilgan Bibixonim jome masjidi, Go’ri Amir va Ahmad
Yassaviy, Zangiota maqbaralari, Oqsaroy va Shohi Zindadagi me’moriy mo’’jizalar,
Bog’i Chinor, Bog’i Dilkusho, Bog’i Behisht, Bog’i Baland singari o’nlab go’zal
saroybog’lar va boshqa inshootla
r shular jumlasiga kiradi. Bu obidalar, hech
shubhasiz, inson tafakkuri va aql zakovatining buyuk timsollaridir”.
Bunyodkorlik ishlarining jadal sur’atlar bilan olib bori
-lishi, ichki va tashqi
savdosotiqning avj oldirib yuborilganligi, soliqlarning tartibga solinishi, raiyat
xavfsizligining ta’minlanganligi –
bularning barchasi mamlakatda ishlab
chiqarishning rivojlanishiga hamda moddiy boyliklarning ko’pa
-yib, aholi turmush
farovonligining yaxshilanib borishiga, mo’l
-
ko’lchilikka sabab bo’ldi.
Amir Temur farmoyishiga ko’ra, kasbu hunar va ma’rifat ahllari, dehqonlar
qobiliyat va iste’ododlariga qarab davlat tomonidan ish va zarur miqdorda
mablag’lar bilan ta’minlan
-
ganlar: “Yana shunday amr qildim, sarmoyasi qo’lidan
ketib qolgan savdogarga o’z
sarmoyasini qaytadan tiklab olish uchun xazinadan
etarli miqdorda oltin berilsin. Dehqonlar va raiyatdan qaysi birining uy-imorati
buzilib, tuzatishga qurbi etmay qolgan bo’lsa, unga ekin
-
tekin uchun zarur urug’ va
asbob tayyorlab berilsin. Agar fuqarodan birining uy-imorati buzilib, tuzatishga
qurbi etmasa, kerakli uskunalarni etkazib berib, unga yordam berilsin. Har toifa va
har sinfda kimki o’z ixtiyori bilan sipohgarchilik xizmatiga kirishni istasa, uni
askariy (xizmatga) olsinlar. Asl va shijoatli sipo
hiyzoda qaysi toifadan bo’lmasin,
unga o’rin berib, qilgan xizmatiga va ishiga yarasha tarbiya qilinsinlar”.
Davlat tomonidan iqtisodiyotdni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan tadbirlar
madaniy-
ma’naviy yuksalish uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb
etdi.
Uchinchidan XVI
–
asrning ikkinchi yarmi va XV asrdagi Uyg’onishning manbai,
boshlanishi ilk Uyg’onishga, IX
-XII asrlarga borib taqaladi. Chunki XVI
–
asrning
ikkinchi yarmi va XV asrdagi O’rta Osiyoning madaniy ko’tarinkiligi o’z printsiplari,
xarak
teri, yo’nalishi, iqtisodiy bazasi jihatidan IX
-XII asrlar madaniyatining
davomidir. XIV-
XV asrlar madaniyatida Xorazmiy, Farg’oniy, Forobiy, Ibn Sino,
Beruniy asarlarini va ular orqali qadimgi grek ilmini o’rgandilar, ularga sharhlar
yozadilar, ulardagi t
urli g’oyalarni rivojlantiradilar.
•
asr oxiri va XV asrdagi O’rta Osiyodagi Uyg’onish davri madaniy
ko’tarinkiligini bu erdagi IX
-XII asrlardagi madaniy rivojlanishdan alohida
olib, birdan vujudga kelgan hodisa deb talqin etish noto’g’ridir. IX
-XII
asrlar va XIV-
XV asrlardagi madaniy ko’tarinkilikni bir protsessning ikki
bosqichi, davri ko’rinishini tashkil etadi deb qaramoq zarur…
Dostları ilə paylaş: |