Xiv bob qon yaratuvchi va immun-himoya a’zolari


TIMUS (AYRISIMON YOKI BUQOQ BEZI)



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə4/11
tarix31.12.2021
ölçüsü1,74 Mb.
#112318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Qon yaratuvchi va immun-himoya a’zolari

TIMUS (AYRISIMON YOKI BUQOQ BEZI)

Timus (Thymus) – immun sistemaning markaziy organi bo’lib, unda immunologik jarayonda qatnashuvchi asosiy hujayralardan biri bo’lgan T-limfotsitlar taraqqiy etadi. T-limfotsitlarning boshlang’ich hujayralari suyak ko’migidan qon orqali timusga keladi va bu yerda ular antigenga bog’liq bo’lmagan holda T-limfotsitlarga differensiallashadi. Timus T-limfotsitopoezning asosiy markazi bo’lishi bilan birga o’zidan turli xil biologik aktiv moddalar ajratib chiqarish qobiliyatiga ham ega. Bu moddalar timik gormonlar deb atalib, ulardan eng muhimlari T-limfotsitlarning differensiallanishida aktiv ishtirok etuvchi timozin, timopoetin, timulin va timusning gumoral faktorlaridir. Bulardan tashqari, timusda immunologik jarayon-larni boshqarishda ishtirok etuvchi, organizmning o’sishiga ta’sir ko’rsatuvchi moddalar ham ishlanadi. Timus qizil suyak ko’migi va immun sistemaning barcha periferik organlari bilan chambarchas bog’liq. Timusda yetilgan T-limfotsitlar periferik organlarning maxsus timusga tobe (T) zonalarida joylashadi va shu yerda ko’payib, himoya reaksiyalarida ishtirok etadi. Timus faoliyatining tug’ma yoki biror kasallik ta’sirida buzilishi organizm himoya reaksiyalarining keskin susayishiga olib keladi. Bunday hollar immunitet yetishmovchiligi yoki immunodefitsit holatlar deb ataladi. Bunga yorqin misol qilib odam immunodefitsitini keltirib chiqaradigan virusli immunodefitsit sindromni (SPID ni) ko’rsatish mumkin. Yangi tug’ilgan hayvonlarda timus olib tashlansa, ularning periferik immun organlarida limfotsitlarning ko’payishi va takomillanishi keskin buziladi va qonda T-limfotsitlarning miqdori pasayib ketadi. Bunday organizm kasallik chaqiruvchi mikroblar va viruslar ta’siriga chidamsiz bo’lib qoladi, lekin ko’chirib o’tkazilgan yot organlarni, to’qimalarni o’zida saqlay oladi. Normal holatda esa bunday organlar ajralib tushishi kerak. Shunday qilib, timus immunologik jarayonlarning normal kechishini ta’minlovchi va endokrin faoliyatga ega bo’lgan muhim a’zodir.




Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin