Xiv-xvi asrlarda movaraunnaxrda ta‘lim-tarbiya va pedagogik fikr Reja: Kirish Amir Temur dvrida Movaraunnaxrda ilm-ma‘rifat rivoji, maktab, madrasa va pedagogik fikr. «Temur tuzuklari»



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə1/9
tarix16.06.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#116972
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Xiv-xvi asrlarda movaraunnaxrda ta‘lim-tarbiya va pedagogik fikr


XIV-XVI asrlarda movaraunnaxrda ta‘lim-tarbiya va pedagogik fikr
Reja:


Kirish
1. Amir Temur dvrida Movaraunnaxrda ilm-ma‘rifat rivoji, maktab, madrasa va pedagogik fikr. «Temur tuzuklari» ning tarbiyaviy ahamiyati.
2. Abu Lays as- Samarqandiyning «Bo’ston ul orifin» asarida ilm- ma‘rifat haqidagi
fikrlari.
3. Mirzo Ulug’bekning ilmiy-ma’rifatparvarlik faoliyati.
4. Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari.
5. Z.M. Boburning ma‘rifatparvarlik g’oyalari.
6. Jaloliddin Davoniyning pedagogik fikrlar taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Sharq xalqlari ko’p asrlarga borib taqaluvchi madaniyatga ega ekanligi hammaga ayon. Ana shu madaniy yodgorliklar inson qo’li, aqli, mahorat va malakasi o’tmishdan qabul qilib olgan hayotiy tajribasi natijasidagina milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga, san’at va adabiyot asarlariga aylangan demak, madaniyat o’z-o’zidan paydo bo’lib qolmay, ko’p darajada ta’lim va tarbiya mevasi sifatida shakllangan. XI asrda Xorazmda ilm-fan taraqqiy etadi. Xorazm shohi Ma’mun II o’z saroyiga zabardast olimlarni taklif etadi. U tashkil etgan ―Bayt-ul-hikma‖ - Donishmandlar uyi tarixda ―Ma’mun akademiyasi‖ deb nom qoldirgan. Bu akademiyaning rivoj topishida Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, tarixchi Miskavayx, riyoziyotchi Abu Nasr ibn Iroq, faylasuf Abu Sahl al-Masixiy, tabib Abulxayr Xammor kabi olimlar ilmiy ijod bilan shug’ullanganlar. Movarounnahr va Xurosonda IX asrlarga kelib ma’naviy ko’tarilish Sharq Renessansi – Uyg’onish davrining boshlanishga olib keldi. Movarounnahrda ilm-fan va ma’rifat sohasida o’z xizmatlari bilan dunyoga mashhur bo’lgan faylasuf va munajjim, matematika, fizika, tibbiyot, tarix, til va adabiyot, pedagogika sohasida ilmiy merosi bilan nom qoldirgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar faoliyat olib bordilar. Qomusiy olimlar o’z ilmiy merosida ta’limiy-axloqiy asarlar yaratishga ham katta e’tibor berib, bu asarlarda ilgari surilgan g’oyalar insonning ham aqliy, ham axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan kamol topishida, pedagogik fikr taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Shuningdek, Sharq uyg’onish davrida sof pedagogik asarlar ham yaratilib, ta’lim-tarbiyada inson takomilining xususiy va umumiy metodlari haqida o’lmas ta’limoti bilan nom qoldirgan tarbiyashunos olimlar ham maydonga chiqdi. Yuqorida tilga olingan mutafakkirlar va ularning o’lmas ma’naviy-madaniy merosi yosh avlodni yuksak axloqli, mehnatsevarlik, ilmga chanqoqlik, sof vijdonlilik, ota-onaga va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash jarayonida muhim ahamiyatga egadir.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin