XIX asr oxirida Lotin Amerikasiga AQSH kapitali ham kirib kela
XIX asr oxirida Lotin Amerikasiga AQSH kapitali ham kirib kela
bosliladi. 1897-yili AQSH Lotin Amerikasiga 250—300 mln. dollar ka
pital qo‘ygan bo‘lsa, 1913-yili bu ko‘rsatkich 1,5 mlrd. dollarga yetdi.
1868—1878-yillarda Kuba xalqi ispan mus- Kubaning mustaqulik , tamlakaclnlanga qarslii ozodlik kurasm olib bordi (Ispaniya Kubani 1510-yilda bosib olgan edi). Biroq, Ispaniya qaramligidan ozod bo‘lishga erishilmadi. Shunday bo‘lsa-da, 1880-yilda qulcliilikning bekor qilinisliiga erishdi.Tez orada Kubaga AQSH da’vo qila bosliladi. U Kubani sotib olish niyatida Ispaniyaga murojaat qildi. Biroq, Ispaniya rozibo‘lmadi. 1895-yilda Kuba xalqi o‘z milliy qahramoni Xose Marti hamda Maksimo Gomeslar boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tardi.1898-yil Parijda imzolangan Ispaniya-AQSH sulh shartnomasiga ko‘ra Kuba ,,mustaqil“ deb e’lon qilingan bo‘lsa-da, amalda AQSHga qaram bo‘lib qoldi. XIX asming 70-yillarida AQSH—Meksika(Meksika 1821-yilda davlat mustaqilliginiqo‘lga kiritgan edi) munosabatlari keskinlasha bordi. Bunga AQSHning Meksikani o‘ziga siyosiy va iqtisodiy qaram qilishga intilishi sabab bo‘ldi. Chunonchi, 1876-yilda AQSH o‘ziga chegaradosh Meksikaning sliimoliy tumanlarida Amerika korxonalari va temiryo‘llar qurish uchun Meksika hukuma-
tidan ,,ruxsat“ so‘radi. Biroq, hukumat bu murojaatni rad etgach,davlat to‘ntarishi uyushtirdi. AQSH va mahalliy pomeshiklar reaksiyasiga tayangan
Porfirio Dias 1876-yilda prezident deb e’lon qilindi va bu lavozimda ozgina tanaffus bilan 1911 -yilgacha turdi.Dias diktaturasi davri Meksikani chet el monopoliyalarining yarim mustamlaka- siga aylantirish davri bo‘ldi.Dias idora qilgan davming oxiriga borib,AQSHning Meksikaga qo‘ygan kapitali 1 mlrd. dollardan oshdi. Holbuki, bu vaqtda Buyuk Britaniya kapitali 350 mln. dollardan
oshmas edi. AQSH Meksikaning neft kon- larini o‘z qo‘liga oldi. Tashqi savdoning 90 foizini o‘z nazoratiga bo‘ysundirdi.1909-yilda esa Meksikada hosil bo‘lmadi. Oqibatda, dehqonlar g‘alayoniboshlandi. Dehqonlar harakatiga Emiliano Sapata rahbarlik qildi. Sapata „Dehqonlarni himoya qilish xuntasi“ni tuzdi. Uning shiori „Yer va ozodlik“ degan chaqiriqdan iborat edi.Diktaturadan norozilik burjuaziya orasida ham o‘sib bordi. Cho‘yan quyuvchi zavod va paxta plantatsiyalarining egasi bo‘lgan Fransisko Madero muxolifatga bosh bo‘ldi. 1908-yilda u siyosiy broshyura nashr qilib, unda konstitutsiyaga muvofiq qonuniy saylovlar yo‘li bilan hokimiyatni almashtirish zarurligi haqidagi fikr-
lami ilgari surdi.1910-yil iyulda Meksikada prezidentlik saylovDiktator Diasni prezident - saylovi likka qayta saylashga qarshi turgan ko‘p-chilik Madero atrofida birlashdi.Prezidentlikka saylovda Madero o‘z nomzodini qo‘ydi. Saylov
oqibatlaridan qo‘rqqan Dias Maderoni turmaga tashlatdi.Saylovlar ,,tinch“ o‘tib, odatdagidek, Dias yana ,,g‘alaba qo- zondi“. Oradan ancha vaqt o‘tgach, turmadan bo‘shatilgan Madero AQSH ga ketishga majbur bo‘ldi va 1910-yili u yerda „San-Luis- Potosi rejasi“ deb atalgan o‘z dasturini e’lon qildi. U saylovlaming
soxtaligini oshkor qilib, o‘zini esa qonuniy prezident deb atadi. Diktatura davrida hindulardan g‘ayriqonuniy tortib olingan yerlarini qaytarib berishga, pomeshiklarga qarashli yerlarning bir qismini haq to‘lash evaziga dehqonlarga berishga va’da berdi. Xalqni qo‘zg‘olonga chaqirdi. 1911-yilda ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonidan qo‘rqib ketgan Dias Meksikadan qocliishga majbur bo‘ldi.Emiliano Sapata. 1911-yil 7-iyunda Madero poytaxtga kirib keldi va prezidentlik lavozimini egalladi. Biroq, Meksikadagi og‘ir icliki siyosiy vaziyat
tufayli u biror jiddiy o‘zgarishlar qila olmadi. Shunday bo‘lsa-da, ish kunini 10 soatgacha cheklab qo‘ydi va islilab cliiqarishda jarima tizimini bekor qildi. Chet el kapitalini cheklashga va milliy iqtiso- dini himoya qilishga intildi. AQSH Maderoning milliy siyosatiga dush- manlik ko‘zi bilan qaradi va diktator Dias-
ning maslakdoshi, general Uertani Maderoga qarslii gijgijlay boshladi. AQSHning qo‘llashidan ruhlangan Uerta 1913-yilda davlat to‘ntarislii o‘tkazdi. Madero otib taslilandi.Uerta diktaturasi Meksikadagi ahvolni yanada og‘irlashtirdi. Faqat oddiy xalq emas, balki milliy buijuaziya va buijualashgan pomesliiklaming bir qismi ham Uertaga qarshi cliiqdilar. Mamlakatda fuqarolar urushi boshlandi. Milliy vatanparvar kuchlar general Uerta diktaturasini ag‘darib tashladilar. XXasr boshlarida Meksikada qudratli dehqonlar harakati boslilandi. Buning sababi—
dehqonlaming yersizligi edi. Dehqonlar harakati inqilobga aylandi. Bu inqilob (1910—1917) Meksika tarixiga „burjua inqilobi“ nomi
bilan kirgan. Mamlakat janubidagi dehqonlar harakatining rahbari Emiliano Sapata 1911-yilda o‘z agrar dasturini e’lon qildi. Bu dastur hindulardan tortib olingan yerlarni ularga qaytarib berish, qolgan barcha yerlarni musodara qilish va ulami yersiz dehqonlarga bo‘lib berish kabi talablardan iborat edi.Mamlakat shimolidagi dehqonlar harakati rahbari Fransisko Vilya bayrog‘iga „Yer va ozodlik“ shiori yozilgan edi. E. Sapata va F. Vilya qurolli kuchlari 1914-yilda mamlakat poytaxti Mexiko shahrini egalladi. Lekin, ko‘p o‘tmay, hukumat qo‘shini ulami chekinishga majbur etdi. 1917-yilga kelibgina dehqonlar qo‘zg‘o-
loni bostirildi. E. Sapata va F. Vilyalar turli yillarda yollangan qotil- lar tomonidan o‘ldirildi.Dehqonlar qo‘zg‘oloni yengilgan bo‘lsa-da, izsiz ketmadi. Hukumat agrar masalani qisman bo‘lsa-da, hal etdi. Chunonclii, la- tifundistlar tomonidan noqonuniy bosib olingan yerlar dehqonlarga qaytarildi. Bundan tashqari, 1917-yilda demokratik ruhdagi konstitutsiya qabul qilindi