Xix asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida turkistonda ijtimoiy pedogogik fikrlar



Yüklə 44,75 Kb.
səhifə6/6
tarix18.05.2023
ölçüsü44,75 Kb.
#127033
1   2   3   4   5   6
Ma`ruza matn

(1886—1938). Fitratning ijodiy va ijtimoiy faoliyatini nisbi ravishda ikki davrga ajratish mumkin. Faoliyatining birinchi davrini 1908—1918 yillarda yozgan “Rahbari najot”, “Munozara”, “Sayyohi hindi bayonoti”, “Oila” singari asarlari tashkil etib, bular yosh buxoroliklar harakatining g’oyaviy dasturi bo’lib xizmat qilgan edi.
Bu davrda Fitratning “Sayha” she’rlar to’plami, “Begijon”, “Mavludu sharif”, “Abomuslim”, “Temur sag’anasi”, “CHin sevish” kabi dramatik asarlari hamda “Siyosiy hollar”, “Turkiston muxtoriyati” kabi publitsistik maqolalari ham yaratiladi.
Fitratning “Rahbari najot” asari to’la ravishda ta’lim-tarbiya masalalariga bag’ishlanadi. Ayniqsa, asarning uchinchi bobi oila, bola tarbiyasi, axloq-odob mavzulariga bag’ishlangan bo’lib, bu masalalar hozirgi davrda ham katta ma’rifiy ahamiyatga egadir.
Fitrat ota-onaning vazifasi o’z bolalarini yetuk kishilar qilib tarbiyalashlari zarurligi, bunda ayniqsa, uch tarbiyaga: 1. Jismoniy tarbiya — salomatlik, 2. Aqliy tarbiya — sog’lom fikrlilik, 3. Axloqiy tarbiya — axloqiy sano, ya’ni axloqiy poklikka e’tibor berish kerakligi ta’kidlanadi.
Asarning “Bola tarbiyasi” masalalari bobida quyidagilar ko’rsatib o’tiladi.
“Oila vazifalaridan biri avlodni tarbiyalashdan iboratdir. Yosh avlodni tarbiyalash hayotiy vazifalardan bo’lib hisoblanadi. Ma’lumki, dunyo kurashning umumiy maydoniga o’xshaydi va bu maydonning pahlavonlari insonlardir. Har bir kishi barkamollik yoshiga yetgach, u o’z saodati ta’mini uchun shu maydonga kirmasdan iloji yo’qdir. Bu kurashda g’olib chiqish uchun uch xil o’lchov quroli (salohi masseh)ga ega bo’lish kerak. 1. Salomatlik; 2. Sog’lom fikr (nuqsonsiz fikr, ya’ni yuqori iste’dod); 3. Axloqi sano (oliy darajali axloq, ya’ni axloqi poklik).
“Bolalarni barkamol qilib yetkazish uchun uning tarbiyasiga faqat oilagina javobgar bo’lmasdan, butun qavm a’zolari javobgardirlar, chunki yoshlar har tomonlama yetuk inson bo’lib tarbiyalansa, qavmning kelgusi taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo’ladi”.
Fitrat bolalarning toza havoda bo’lishlari, atrof, tabiat go’zalliklaridan estetik zavq ola bilishlariga ahamiyat beradi va deydi: “Havo inson uchun ovqatdan ham muhimdir. Besh-olti soat ovqatsiz turish mumkin, bir daqiqa havosiz turish mumkin emas. SHuning uchun go’daklarni hamma vaqt sof havoga, bog’-chorbolarga olib chiqish lozimdir. Farangdagi shaharlarning har taraflarida bolalar uchun chorbog’lar, havo maydonchalar yaaratilgan. Bulardan tashqari, ularning maktablarida bolalar tanaffus vaqtlarida maxsus maydonchalarda turli o’yinlar o’ynaydilar.
Fitrat bolalarning jismoniy tarbiyasida turli harakatli o’yinlar katta o’rin tutishini ham aytib o’tadi. Ota-onalariga o’z bolalarining shunday o’yinlar bilan mashg’ul bo’lishlarini ta’min etishlarini maslahat beradi: Harakat har bir kishi uchun, ayniqsa bolalar uchun ham zarurdir. SHuning uchun bolalarni jismoniy chiniqtirishda ularni ayrim o’yinlar bilan mashg’ul qilish foydalidir. Bolalarni o’yindan man etishning foydasi yo’qdir. Ularning doimo bir joyda o’tirishlari, harakat qilmasliklari ularni badanlarini zaif bo’lishlariga olib keladi. Ota-onalar doim o’z bolalarini o’yinga tashviq va targ’ib qilishlari lozimdir.
Fitrat inson kamolotiga erishish uchun doimo intilishi, harakat qilishi lozimligi, doimo oldiga maqsadlar qo’yishi va unga yetishish uchun kurashishi kerakligini, hech bir baxt yoki boylik ham inson intilmasa o’z-o’zidan kelmasligini uqtirib o’tadi va bu o’rinda Qur’oni Karimdan quyidagi parchani keltiradi: “Inson har nima topmasin, o’zining intilishidan topadi, intilmas ekansiz, hech narsaga erisha olmaysiz”.
Fitrat “Rahbari najot” asarida maktablarda beriladigan axloqiy tarbiya darajasi qandayligini o’z hayotidagi voqea misolida ko’rsatib beradi: “Men maktabda o’qib yurgan vaqtlarimda, kunlardan bir kuni maktab ta’tilidan so’ng uyga kelayotgan edim, bir erkak kishini ko’rdim, u telbalarcha so’kinib, kalovlanib zo’rg’a yurar, hamma joyi loyga belangan. Rais mulozimlaridan ikki kishi kelib olib ketdilar. Men bu kim deb so’rasam, ichib mast bo’libdi, dedilar. Men bu voqeani dadamga aytsam: “Sen nega mastning orqasidan bording”—deb dashnom berdilar...”
Fitrat o’z asarlarida vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, ozodlik, maqsad sari intilish, insonlarga mehr-shafqatli bo’lish, o’z manfaatidan xalq manfaatini yuqori qo’yish g’oyalarini ulug’laydi. Vijdonsizlik, poraxo’rlik, ikkiyuzlamachilik, boshqalarni ezish evaziga boylik to’plash, xalqqa zulm o’tkazish kabi sifatlar esa qoralanadi. U “Xalq baxti uchun kurashmagan yoshlarni bo’shang, jasoratsiz”, deb tushunadi.
Atoqli shoir CHo’lpon “Hazon” sarlavhali she’rida qahr ila yozgandi:
Ay, savuq ellardan muz kiyib kelganlar,
U qo’pol tovushingiz qirlarda yo’q bo’lsun!
Ey, manim bog’imdan mevamni terganlar,
Qop-qora boshingiz yerlarga ko’mulsun!
Bugungi ma’ruzamizni istiqlolimiz asoschisi I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asaridagi quyidagi fikrlar bilan yakunlashini lozim topdim: “Xalqimizning asl tabiatida mavjud bo’lgan ilmiy-ma’naviy salohiyat va fazilatlar haqida gapirar ekanmiz, «Oqqan daryo oqaveradi», degan naql beixtiyor yodimizga tushadi. CHindan ham, tariximizning qaysi davrini olmaylik, yurtimizda ilmu ma’rifat va yuksak ma’naviyatga intilish hech qachon to’xtamaganini, xalqimiz dahosining o’lmas timsoli sifatida eng og’ir va murakkab davrlarda ham yaqqol namoyon bo’lib kelganini ko’rishimiz mumkin. ... chorizm mustamlakasi davrida ma’rifat g’oyasini baland ko’tarib chiqqan jadid bobolarimizning faoliyati bunga yana bir yorqin misol bo’la oladi. Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Ishoqxon Ibrat, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid CHo’lpon, Usmon Nosir kabi yuzlab ma’rifatparvar, fidoyi insonlarning o’z shaxsiy manfaati, huzur-halovatidan kechib, el-ulus manfaati, yurtimizni taraqqiy toptirish maqsadida amalga oshirgan ezgu ishlari avlodlar xotirasidan aslo o’chmaydi”2.

Savol va topshiriqlar



  1. XIX asrning 2-yarmida Turkistonda joriy etilgan maktablar tizimining mazmunini yoriting.

  2. Chor Rossiyasining ta’lim siyosati mohiyati nimadan iborat?

  3. Turkistonda ochilgan rus maktablari haqida nimalarni bilasiz?

  4. Yerlik aholi uchun ochilgan rus-tuzem maktablaridagi ta’lim-tarbiya tizimini tavsiflang.

  5. Jadidchilik harakati qachon, qayerda vujudga kelgan?

  6. Jadidchilik harakati namoyondalarining asosiy g‘oyalari nimadan iborat edi?

  7. Turkistonda yangi usul maktablarining ochilishi qay tarzda amalga oshdi?

  8. Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Abduqodir Shakuriylarning yangi usul maktablari mazmunini ochib bering.




1 https://en.wikipedia.org/wiki/Jadid

2 И.А.Каримов. Юксак маънавият – енгилмас куч. Тошкент Маънавият 2008.31б


Yüklə 44,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin