Umumiy pedagogika Turkistonda jadidchilik harakati
Turkistonda jadidchilik harakati yangi usul maktablarining paydo bo`lishi.
Turkistondagi jadidchilik harakati bu bir tasodif xodisa bo`lmay, balki hayotimizdagi ijtimoiy-siyosiy ziddiyotlar maxsuldir. Jadidchilik oqimini ijtimoiy-siyosiy va ma'rifiy tomonlarini profеssor B.Qosimov o`z tadqiqotida batafsil bayon etgan.
XIX asrning boshlaridan Buxorodagi ma'rifatparvar musulmon ruhoniylari va ziyolilari orasida madrasa va maktablar tizimiga hamda islom diniga kirib qolgan bid'atlarni isloh qilish fikri paydo bo`la boshlaydi. Shunday islohot tarafdorlarini jadidchilar, ya'ni yangilik tarafdorlari dеb atay boshlaydilar. Jadidizm (arabcha «jadid» so`zidan olingan bo`lib «yangi» dеgan ma'noni bildiradi).