Xo‘jalik faoliyati tahlili: moliyaviy tahlil (ichki va tashqi); boshqaruv tahlili



Yüklə 47,71 Kb.
səhifə1/3
tarix02.12.2023
ölçüsü47,71 Kb.
#137202
  1   2   3
Iqtisodiy tahlil



Variant-4

  • Xo‘jalik faoliyati tahlili: moliyaviy tahlil (ichki va tashqi); boshqaruv tahlili.

  • Iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan iqtisodiy-matematik usullar.

3. Korxona bo’yicha quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:

Ko’rsatkichlar

O’tgan yil

Haqiqatda

Farqi (+;-)

Ishchilar soni, kishi (X)

235

240

?

Bir ishchining o’rta ishlagan ish kunlari soni, kun hisobida

275

278

?

Bir ishchi tomonidan o’rtacha kunlik ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, ming so’m (Um)

35000

33000

?

Jami mahsulot hajmi, ming so’m (F)

?

?

?



Talab etiladi. Jadvalni to’ldiring, korxonaning jami mahsulot hajmi o’zgarishiga omillar ta’sirini integral usuli yordamida aniqlang, jadvalni to’ldiring va tegishlicha xulosa yozing.


Javoblar:
1.Xo‘jalik faoliyatining tahlili: ichki moliyaviy tahlil, tashqi moliyaviy tahlil:

  • Ichki moliyaviy tahlilning o‘ziga xos jihatlari:

-tahlil subyektlarining tor guruhi;
-tahlil natijalari faqat ichki talablarga, korxona boshqaruvi yuzasidan yo‘naltirilganligi;
-teran moliyaviy tahlilni o‘tkazishda axborotlarning keng doirasidan foydalanish imkoniyatini yuqoriligi;
-tahlilni o‘tkazish bo‘yicha normativ metodikalar bilan birgalikda aniq reglamentlari (tartiblarning) belgilanmagan usullaridan foydalanish imkoniyatlari;
-aniq boshqaruv qarorlarini tayyorlash yuzasidan chuqur moliyaviy tahlilni o‘tkazishning imkoniyatligi;
-boshqaruv apparati talablaridan kelib chiqqan holda analitik ishni tashkil etilishi
b)Tashqi moliyaviy tahlilning ahamiyatli jihatlari quyidagilar bilan xarakterlanadi:
-tahlil subyektlari va axborot foydalanuvchilarining ko‘pligi;
-tahlilchilarning maqsadi va qiziqishlarining turli-tumanligi;
-hisobga olish va hisobotlashning normativ qoidalari, tahlil etishning rasmiy jihatlarini belgilanganligi;
-tahlilning faqat chop etiladigan moliyaviy hisobot shakllaridagi axborotlar bazasiga tayangan holda o‘tkazilishi;
-qo‘yiladigan analitik masalalarning cheklanganligi;
-axborot foydalanuvchilar uchun korxona faoliyati yuzasidan tahlil natijalaridan foydalanishning maksimal ochiqligi.


Yüklə 47,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin