XORAZ M VILOYATI GURLAN TUMANIDAGI 31- UMUMIY O`RTA TA’LIM MAKTABI
|
|
Xorazm district gurlen region 31 st secondary PUBLIC education school
|
Xorazm viloyati Gurlan tuman Namuna qishlog‘i Birlashgan mahallasi
Gurlan tumani 31-umumiy o‘rta talim maktabida o`tkazilgan “Eng ravon nutq egasi” nomli tanlov haqida
MA`LUMOTNOMA.
2021-yil 27 oktabr Gurlan tuman.
Gurlani tumani 31-umumiy o`rta ta`lim maktabida o`quvchi yoshlarning ma`naviyatini yuksaltirish, keng omma oldida o`z fikrini bayon qilish, nutq so`zlash salohiyatini rivojlantirish, ularning dunyoqarashini ya`nada kengaytirish maqsadida, maktabning yuqori sinf o`quvchilari o`rtasida “Eng ravon nutq egasi”shiori ostida tanlov tashkil qilindi . Tanlov o`tgazish tartibi va shartlari maktabning ijodiy-madaniy masalalari bo‘yicha targ‘ibotchisi hamda maktab o‘quvchilari bilan birgalikda tuzib chiqildi. Unga ko`ra tanlovda ishtirok qilish istagini bildirganlarga erkin mavzuda insho yozish va shu yozilgan inshoni tanlovda nutq so`zlab berish takidlab o`tildi. O`quvchi yoshlarning yozgan insholari hamda nutq so`zlay olish salohiyatini baholashda maktabning ona tili fan o`qtuvchilari yordamida, insholarning mazmun mohiyati va nutq so`zlash salohiyatidan kelib chiqan holda tanlov g`oliblari aniqlandi.
Tanlov g`oliblariga maktab ma`muriyatining faxriy yorliqlari hamda esdalik uchun sovg`alari topshirildi.
Ona tili va adabiyot fani fani o‘qituvchisi: D.Baxramova
I.M.M.B.Targ‘ibotchi: L.Rahmatullayeva
Dostları ilə paylaş: |