Xabarning to`rt tomoni
Mutaxassislarning fikricha , har bir suhbat (xabar)ning to`rt tomoni mavjud.
Mazmuni: faktlar darajasida qanaqa axborot beriladi?
Buyruq: so`zlovchi hamsuhbatini nimaga taklif qilyapti?
Munosabat: suhbatdoshlar orasidagi munosabat qanaqa?
O`zini baholash: so`zlovchi suhbatdoshiga o`zi haqida nima demoqchi?
Psixolog Diter Freyning ta’biricha:
Aytildi degani- bu eshitildi degani emas,
Eshitildi degani – bu tushunarli degani emas,
Tushunarli degani- bu roziman degani emas,
Roziman degani – bu qabul qilindi degani emas,
Qabul qilindi degani – bu o`zlashtirildi degani emas.
Keling, psixologning yuqorida keltirilgan ta’kidini tekshirib ko`rish uchun bir tajriba o`tkazamiz.Oila a’zolaringiz bilan ovqatlanib o`tirganda (agar 12 yoshdan katta farzandlaringiz yoki uka – singillaringiz , yoki , ayniqsa kelinlaringiz bo`lsa) choynakni qo`lingizga oling va “Voy, choy yo`q ekan” deb joyiga qo`ying.Siz choynakda choy yo`qligini oshkor qildingiz , xolos.Lekin sizning bu xabaringiz atrofdagilarga turlicha ta’sir qilishi shubhasiz. Kimdir choynakni ko`tarib , choy damlagani ketadi. Yana kimdir “Buncha ko`p choy ichmasa, choy ichgisi kelsa , indamasdan ichavermaydimi ” deb o`ylaydi va “Hozirgina bor edi- ku , qolmabdimi” deb o`zini oqlashga urinadi. Boshqa toifadagi kishilar esa “Yana menga pisanda qilyapti, choyni men ichib qo`yganimni bilib, kesatyapti” deb xayolidan o`tkazadi va sizning xabaringizni unga nisbatan salbiy munosabat belgisi sifatida qabul qiladi.
Bunday holatlarga yo`l qo`ymaslik uchun nima qilish kerak?
Muloqot (kommunikatsiya)ning asosiy muammosi – tushunmaslikdir.
Kommunikatsiyaga oid kichik maslahatlar:
-
Fikringizni aniq ifoda eting
-
Xabarni oluvchi xabaringizni to`g`ri tushunishi uchun uni to`g`ri tuzing
-
Xabarni to`g`ri o`zlashtirganligingizni va tushunganingizni qayta tekshiring
-
Xabar oluvchining xabarni to`g`ri tushunganligini aniqlashtiring, qayta so`rang
-
Suhbatdoshingizga moslashing va fikrlashini hamda xulqini biling
-
Boshqa mavzuga sekinlik bilan o`ting, o`ylab murojaaat qiling va dilkashlik orqali yaxshi muomala muhitini yarating
-
O`z nuqtai nazaringizni ishonarli bayon qiling, tushunarli ravishda va vaziyatga qarab ehtiyotkorlik bilan muloqot qiling
-
Faol tinglang, suhbatdoshingiz o`z fikrini bayon qilishiga imkon bering va savollarni aniq bir maqsadga qarating
Samarali muloqot qoidalari
Qoidalar
|
Sharh
|
O`quvchilar bilan suhbatlashganda, ular
ning intim zonasi (uzatilgan qo`l yetadigan
masofa)ga kirmang.
|
O`quvchining intim zonasiga kirish uning bezovtaligi-
I ni tug`diradi.Quyidagi hollarda qoidadan istisno bo`-
lishi mumkin:
1)o`qituvchi va o`quvchi o`rtasida ishonch va ma’na-
viy yaqinlik mavjud bo`lsa;
2)kamdan kam hollarda qo`llanadigan pedagogik
ta’ sir vositasi sifatida.
|
O`quvchi uchun o`qituvchining uni shaxsiy
zona ( 0, 5 – 1,5 metr masofa)da tinglashi ma’qul.
|
O`quvchi bunday masofada o`quvchi javobining mu-
himligini ta’kidlaydi va o`ziga nisbatan hurmat hissi-
ni qondiradi.
|
Sinf bo`ylab yurish orqali o`qituvchining
o`quvchilarning shaxsiy zonasida bo`lishi.
|
Sinf bo`ylab yurish o`qituvchiga har bir o`quvchi
ni uning shaxsiy zonasida turib tinglash imkonini be-
nradi:orqa qatorda o`tirgan o`quvchilarga oldida o`tir-
gan o`quvchilar bilan birdek e’tibor beriladi, sinf diq-
qat markazini o`zgartirib turish imkoniyati yaratiladi.
|
Ko`z kontakti.
|
Ko`z orqali kontakt muloqot o`rnatishda samara-
li vositalardan biridir.
|
Muloqot ishtirokchilarning joylashuvi:
-
o`quvchilarning P- simon
va trapetsiyasimon joylashuvi
(turli variantlari)optimal hisoblanadi.
|
|
Noverbal holat va harakatlar:
a)to`siq harakatlar: qo`l yoki oyoqlarni qovushtirish; moddiy to`siq (stul, portfel, shkaf, stol va sh. k) orqali suhbatdoshdan ajralish (uzoqlashish);
b)tajovuzkor ustunlikni ko`rsatuvchi harakatlar; suhbat davomida ensa qismini silash, qichish; qo`llarini musht qilish; pastdan yuqoriga harakatlanuvchi qo`l harakatlari,
bosh va ko`rsatkich barmoq harakatlari;
v) suhbatga chorlovchi, samimiylikni namoyon etuvchi harakatlar: ochiq kaftlarni namoyish etish;
g)aylanasimon simmetrik harakatlar; gorizontal qo`l harakatlari; xona bo`ylab sekin, qo`llarini orqaga qilib yurish.
|
Ushbu harakatlar kommunikatsiya (muloqot) samara-
li va foydali bo`lishi amri maholligini ko`rsatadi.
Ushbu harakatlar, odatda, samarali muloqot o`rnatish-
ga xalaqit beradi.
Ushbu harakatlar bizning takliflarimiz samimiyligini , hamkorlik qilish istagimizni oshkor qiladi.
|
O`qituvchining o`tirgan holda axborot berishi samarali qabul qilinmaydi.
Buyruq maylidagi fe’llardan kamroq foydalanishga harakat qilish lozim: kel, o`tir, uzat, tur va b.
O`quvchining yangi topshiriqni bajarishdan hadiksirashini yo`qotish uchun “qo`rqma”, “sen buni bajara olasan” deb uni ishontirish o`rniga, topshiriqni shunday berish kerakki, o`quvchi uni bajara olishiga ikkilanmasin.
Masalan, “Topshiriqni har bir bosqichini bajarib bo`lganingdan so`ng biroz dam ol”.
|
O`quvchining javoblarini uning orqasida turib sharh-
rlashga yo`l qo`yilmaydi. Bu holat uni xavotirlanish-
ga majbur qiladi.
Shaxsiy suhbat olib borish uchun dioganal bo`yicha
o`tirish tavsiya qilinadi.Bunday holat fikrlarni umu-
miylikka keltiradi.
Birinchi holatda o`quvchilar bosimni his qilishsa, ik-
kinchi holatda erkinlik kuzatiladi.
O`quvchilarning diqqati “bajarish davomida”, “shundan keyin” kabi ikkinchi darajali holatlarga qa-
ratilishi orqali vaziyat yumshatiladi, qo`rquv yo`qo-
ladi.
|
So`z degan narsa o`qituvchilarga o`z fikrlarining bayoni uchun emas, balki boshqalar tafakkurini uyg`otish uchun berilgan.
(V.O.Klyuchevckiy)
Siz samarali muloqot qilishda o`quvchilarning yoshi, ma’lumoti, ma’naviy olami va madaniyati, shuningdek, suhbat vaqti va vaziyat muhim ahamiyatga egaligini bilasiz. Quyida samarali muloqot qilishda qo`l keladigan ayrim qoidalar va tavsiyalar berilgan.Bu foydali ma’lumot ish faoliyatingizga yordam beradi deb umid qilamiz.
Marhamat, ular bilan tanishing.
Dars davomida o`quvchilar signal (xabar)lar yuboradilar.
Agar insonlarning kayfiyatlari yaxshi bo`lsa:
-
Ko`z orqali kontakt (aloqa) qidirishadi
-
Oldinga egilishadi
-
Qo`lini uzatishadi
-
Tabiiy jilmayishadi
-
Erkin turishadi va o`tirishadi
Agar insonlarning kayfiyatlari yomon bo`lsa:
-
Ko`z kontaktidan qochishadi
-
Orqaga tislanishadi
-
Oyoqlarini stol tagiga yashiradilar (stol tagida chalishtiradilar)
-
Qo`llarini ko`ksilarida qovushtiradilar
-
Jiddiy holatda turadilar
O`quvchilar guruh bo`lib yuboradigan signallar
-
Notinch harakat
O`quvchilar u joydan bu joyga suriladilar, bir – birlari bilan gaplashadiular, bir – birlariga varaqlar uzatadilar, keraksiz ishlarni qiladilar. Demak, Siz o`z o`quvchilaringizni yo`qotayapsiz. Darsingiz juda zerikarli yoki ular axborot qabul qila olmaydigan darajada charchadilar.
2.Motamsaro sukunat
Material haddan tashqari oddiy va sinfda na savollar va na izohlar paydo bo`lmayapti.Shunday muhit vujudga kelganki, o`quvchilar o`z fikrlarini aytishdan qo`rqadilar, o`z mulohazalaridan uyaladilar.
3.Siz gapirayotganingizda ular sizga qarashadimi?
Agar qarashsa, demak, o`quvchilar o`zlarini har jihatdam qulay his qilishadi va Sizning gapingiz ularni jalb qiladi. Agarda ular ko`zlarini olib qochishsa, demak, nimadir joyida emas.
4.O`quvchilar suhbat chog`ida bir – birlarining ko`zlariga qarashadimi?
Agarda qarashsa, demak, o`quvchilar o`zlarini yaxshi his qilyaptilar, ochiq suhbat va muloqotga tayyordirlar, agar ikki yoki undan ortiq o`quvchi suhbat chog`ida bir – birlariga qarashmasa, demak, sinfda muammolar yuzaga kelgan.
5.Holatlar
O`quvchilar, odatda, nimadir aytmoqchi bo`lganlarida oldinga egilib, holatlarini o`zgartiradilar.Bu holat o`quvchilarning taranglashuvi yoki bo`shashganliklarini bildiradi. Holatning charchash va hushyorlik signali bo`lishi mumkinligi tabiiydir.
Savollar berib o`z farazlaringizni tekshirib olsangiz, muammolarni yechish oson bo`ladi.
O`z farazlaringizni tekshiring. O`quvchilar bilan aloqangizni yaxshilang. O`zingizni tutishingiz va uslubingiz mashg`ulotning yo`nalishini belgilaydi - ruxsat beradi yoki ta’qiqlaydi.
O`qituvchi ham sinf o`quvchilariga noverbal signallar yuboradi.
Kongruentlik (ustma- ust tushadigan) – inson tomonidan talaffuz qilingan nutq va noverbal signallarning muvofiqligi. So`zlaganda gapingiz va qo`l yoki tana harakatlaringiz, yuz ifodangiz bir xil ma’noni ifoda etishiga alohida e’tibor bering.
Hurmatli hamkasb! Bola ta’limi va tarbiyasi bilan shug`ullanadigan kishilarning asosiy vazifasi nimadan iborat, bilasizmi? Ha, to`g`ri, savol berish ehtiyojini tug`dirish, savollarga vaqtida va qoniqarli javob berishga harakat qilish. Oqituvchilar egallashi lozim bo`lgan muhim ko`nikmalardan biri- savol berish va savollarga javob berish layoqatidir.Quyida e’tiboringizga “savollar” mavzusiga oid ma’lumotlarni keltiramiz.Eng avvalo, savol turlaridan boshlaymiz.
Ochiq savollar
Umumiy ochiq savollar – suhbatni rivojlantirish, davom ettirishga yordam beradi, ularga qisqa javob berib bo`lmaydi:
-Muammoning bunday yechimi ishga qanday yordam beradi?
-Qaror qabul qilinmasa, nima sodir bo`ladi?
Maxsus ochiq savollar:
1.Aniqlashtiruvchi savollar-vaziyatni yoki suhbatdoshning tuyg`ularini yaxshiroq tushunishga yordam beradi:
-O`z vazifalaringiz haqida batafsilroq gapirib bera olasizmi?
2.Ob’yekti o`zgartirilgan savollar- muloqotga sizning suhbatdoshingizni yoki boshqalarni jalb qilishga imkon beradi:
- Sizning fikringiz qanday?
- Lobar bu xususida nima deb o`ylaydi?
3.Tanlash huquqini beruvchi savollar – suhbatdoshga javobning turli xil (chegaralanmagan) variantlarini aytish imkonini beradi:
- Qachon uchrasha olamiz? Men seshanba kechqurun yoki yakshanba ertalab bo`shman. Yoki…
- Balki jamoaning fikrini so`rash maqsadga muvofiqdir?Yoki…
Yopiq savollar
Umumiy yopiq savollar- bunday savollarga “ha“ yoki “yo`q” deb yoki qisqa to`g`ri javob berish mumkin:
-Siz bunday xulosalarga qo`shilasizmi?
- Soat necha bo`ldi?
Maxsus yopiq savollar:
1.Aniqlashtiruvchi savollar- yaxshiroq tushunishga yordam beradi, olingan axborotni boshqa jumlalarda qaytarishni nazarda tutadi:
- Men to`g`ri tushungan bo`lsam, … mi?
2.Tenglash huquqini beruvchi savollar- suhbatdoshga javobning turli xil (2-3 variant bilan chegaralangan) variantlarini aytish imkonini beradi:
- Siz stolni oynaning tagiga qo`ymoqchmisiz yoki devor yonigami?
- Biz bugun kechqurun uchrashamizmi yoki ertaga ertalabmi?
3.Baholovchi savollar – natija, inson, buyumlarga nisbatan bahoni qamrab oladi:
-Nahotki siz shu oddiy narslarni bilmasangiz?
- Hammaga tushunarli, shundaymi?
4.Ko`rsatmaviy savollar – harakatga chorlaydi:
- Ushbu hujjatlarning nusxasini menga faks orqali jo`nata olasizmi?
- Biroz sukut saqlay olasizmi?
5.Qayd etuvchi savollar- muammo, dalil (asos), kelishuvlar, natijani qayd etadi:
-Demak, biz …ga kelishdik-a?
SAVOLLAR
-To`g`ri qo`yilgan savol , sinfni, o`qituvchining umumlashtirgan fikrlarini qabul qilmasdan, balki o`z xulosalarini chiqarishga undaydi. “Ushbu mashq davomida o`zingizni qanday his qildingiz? ”- bu kabi savollar hisobsiz javob turini berishga imkon beradi. Vaholanki, “Bu topshiriqni bajarayotib o`zingizni yaxshi sezdingizmi?”kabi savollar javob imkoniyatlarini “ha“ va “yo`q” doirasida chegaralab qo`yadi. Birinchi turdagi savollar muhokamaga yo`l ochsa, ikkinchisi, aksincha, to`siq bo`ladi.
- Savolni ijobiy yo`nalishda bering. “Nima sababdan bu reja kutilgan natija bermadi?” deb so`rash o`rniga “Agar biz bu rejani qabul qilsak, qanday muammolarni yechishimiz kerak bo`ladi?” kabi savol bilan murojaat qilgan ma’qul.
- Savollarni oldindan hozirlash va ulardan qachon foydalanishni rejalshtirish samarali bo`ladi. Savollar ko`pincha kelgusi kichik ma’ruzalarga o`tishda ko`prik vazifasini bajaradi.
To`g`ri qo`yilgan savol ish bilan ma’lum darajada tanishlikdan dalolat beradi. F.Bekon
Savol berayotib:
1.O`z savollaringizni oldindan rejalashtiring. Dars davomida qachon va nima haqida so`rashishngiz bo`yicha aniq tasavvurga ega bo`lishingiz lozim.
2.Berilayotgan har bir savolning maqsadini bilishingiz kerak.
3.Umumiy savollardan xususiy savollarga o`tishingiz foydali bo`ladi.
4. Berilayotgan har bir savol umumiy mavzuga tegishli bo`lishi zarur.
5.Savolni qisqa, aniq, lo`nda va tushunarli qilib bering.
6.Savollarni bir- biriga mantiqan bog`lang.
7. Savolni avval butun sinfga, keyin alohida bir o`quvchiga bering.
8. “Ha“ yoki “yo`q” deb javob beriladigan savollardan saqlaning.
9.Savol berganingizdan keyin javob beruvchining so`zini bo`lmang.
Javob berayotib :
1.Savolning maqsadi va mazmunini to`g`ri anglaganingizga ishonch hosil qiling.
2.Savolni boshqa jumlalar orqali ifodalab, uni to`g`ri tushunganligingizga ishonch hosil qilish maqsadida savol egasiga qayta murojaat eting.
3.Savolga to`liq va aniq javob berishga harakat qiling.
4.Berilishi mumkin bo`lgan savollarni oldindan o`ylab, ularga o`z javoblaringizni tayyorlab qo`ying.
5.Savolni inkor etmang va shu zahoti javob bera olmasangiz, unga keyinroq albatta qaytishingizni ayting.
6.Agar savolning javobini bilmasangiz, buni yashirmang va auditoriyaga yordam so`rab murojaat qiling.
Quyidagilardan saqlaning:
-
Savollarni eshitmaganlikka olib, ularga javob bermaslik;
-
Savolni befarosat va o`rinsiz deb hisoblashingizni ko`rsatish;
-
Savolni noto`g`ri talqin qilish;
-
Mavzudan chetlashish;
-
Bir nechta savolga birdaniga javob qaytarish;
-
O`quvchilarni o`zini himoyalsh holatiga qo`yadigan savollarni berish;
-
“Ha” yoki “yo`q” degan javobni talab qiluvchi savollarni tez- tez qo`llash.
Javoblarni qay holatda qabul qilish lozim:
1.Javob sizni qoniqtirdi – minnatdorchilik bildiring, rag`batlantiring;
2. Javob qisman to`g`ri, to`liqsiz berildi- to`g`ri qismini alohida ta’kidlab ko`rsating, ko`proq aniqlashtiruvchi savollar bering yoki savolni boshqa kishiga yo`naltiring;
3.Javob sizni qoniqtirmadi- suhbatdoshingizning harakatlarini ma’qullang, uni noqulay vaziyatga qo`ymang, savolni boshqa jumlalar orqali qayta ifodalang, boshqa o`quvchiga murojaat qiling yoki o`zingiz javob bering.
Savol / sharhlarga munosabatni qanday bildirish kerak:
-
Xafa bo`lmang;
-
Baho bermang;
-
O`zingizni himoya qilishga harakat qilmang;
-
Suhbatdoshingizni hurmat qiling;
-
Xotirjamlik saqlang;
O`quvchilarni noqulay vaziyatga qo`ymaslik uchun savollarni qanday berish zarur:
1.Savolni avval butun sinfga bering;
2.O`quvchilarga savolni o`ylab olish uchun fursat bering;
3.Agar kimdir javob berish istagini bildirsa, uni rag`batlantiring, davom ettirish yoki qo`shimcha qilishni so`rang;
4.Agar yetarlicha vaqt o`tsada, sinf jim o`tirsa, o`quvchilarning sizga uzatayotgan noverbal belgilari (nigoh yo`nalishi, tananing oldinga engashishi)ga e’tibor bering va biror kishiga shaxsan murojaat qiling;
5.Agar hech qanday belgilar sezilmasa, savolni sharhlashingizga ehtiyoj bor – yo`qligini sinfdan so`rang;
6.Yaxshi savol berilgani uchun maqtashni oshirib yubormang.
Kommunikatsiya samarali bo`lishi, turli to`siqlar mazmunga zarar yetkazmasligi uchun qayta bog`lanishdan foydalanishni unutmang.
Qayta bog`lanish nima?
Inson hayoti davomida doim o`zgalar bilan muloqotga kirishib, atrofdagilarning o`ziga nisbatan munosabatiga tayanib yashaydi.
O`z navbatida, o`zi ham atrofdagilar haqida fikr yuritadi, ularning hatti- harakatlarini baholaydi. Ko`pchilik o`zgalarning fikrini o`ta muhim hisoblaydi, bu fikrlarni inobatga olish zarur deb biladi.
Munosabat ifodalashning o`z tartib- qoidalari mavjud bo`lib, bu jarayon qayta bog`lanish deb yuritiladi.Qayta bog`lanish – bizning xulqimiz va harakatlarimizning boshqa kishilarga o`zimiz sezmagan holda ta’sir ko`rsatishi haqida ma’lumotdir. Bir kishi yoki butun bir guruh o`zining boshqa kishilarning harakatlariga nisbatan reaksiyasini ularga kamchiliklarini tuzatishda yordam berish maqsadida ifoda etish qayta bog`lanishga olib keladi.
Qayta bog`lanish hamda harakatni talqin qilishni o`zaro farqlash lozim.Xususiy talqinda, masalan, quyidagicha fikr bildiriladi: “Sen, menimcha, …. ni qilyapsan”; qayta bog`lanishda esa ‘’Sen …ni qilganingda, men …ni his qilyapman”. Talqin harakatni talqin qiluvchining qabul qilish xususiyatlariga bog`liq bo`lishi mumkin. Qayta bog`lanish esa bir kishining boshqa bir kishi harakatlariga nisbatan reaksiyasini ifoda etadi.
Darsni baholash maqsadida qo`llanadigan qayta bog`lanish usullari
Ko`pincha dars oxirida o`qituvchi xulosa chiqarish, uyga vazifa berish bilan kifoyalanadi. Ayrim hollarda “Dars sizga yoqdimi?” deb so`rashi mumkin.Quyida qayta bo`glanishning ba’zi bir usullarini namuna sifatida keltiramiz.
Debrifing- ingliz askarlarining asirlardan barcha axborotni siqib so`rab olguncha bo`lgan jarayon, savol- javob orqali kerakli axborotni olish usuli. Aynan debrifing jarayonida bajarilgan ishlarning mohiyati aniqlashtiriladi, maqsadga erishganlik darajasi tahlil qilinadi, xulosa qilinadi, o`quvchilar bilib olganlari va yana o`rganishlari lozim bo`lgan material orasidagi munosabat o`rnatiladi, keyingi harakatlar rejasi belgilanadi.
Debrifing bosqichlari:
1.bosqich:faktlarni aniqlash(Nima sodir bo`ldi?)
2.bosqich :sabablar tahlili (Nega shunday bo`ldi?)
3.bosqich: harakatlarni rejalashtirish (Endi nima qilamiz?)
Birinchi bosqichda sodir bo`lgan voqealar qayd etiladi, hosil bo`lgan his – tuyg`ular oshkor etiladi, nima sodir bo`lishi mumkinligi to`g`risida emas, haqiqatdan amalga oshgan voqea haqida fikr yuritiladi.
Ikkinchi bosqichda voqeani keltirib chiqargan sabablar tahlil qilinadi, muqobil nazariyalar muhokama etiladi, misollar keltiriladi.
Uchinchi bosqichda keyingi qadamlar aniqlashtiriladi.
Gamburger
Qayta bog`lanishning samarali usullaridan biri. Dars yakunida o`quvchi uchun foydali ma’lumot olishga yordam beradi. Eslatib o`tamiz: gamburger (inglizcha so`z, o`zbek tilida muqobili yo`q, hozir turkcha kabobga o`xshaydi)- ichiga cho`g`da pishgan, qovurilgan go`sht qo`yilgan non.Mazali bo`lishi uchun salat bargi, sabzi salati, mayonez, ketchup solinadi. “Gamburger” usulini qo`llaganda o`qituvchi so`zini quyidagicha boshlashi mumkin:
-Hurmatli o`quvchilar , ko`pchiligimiz gamburger nima ekanligini bilamiz, uni sevib iste’mol qilamiz.Ayting-chi, uning kaloriya jihatidan qimmatli qismini nima tashkil etadi?( go`sht).Siz uchun dars davomida nima qimmatli bo`ldi?
Barcha o`quvchilar o`z fikrlarini bildiradilar.Keyin o`qituvchi davom etadi:
-Gamburgerning mazasini nima buzdi?
-Gamburgeringizga nimalar yetishmayapti?
Fikrlar umumlashtiriladi, oqituvchi ham hamma qatori o`z fikrini bildiradi.
Qiyofalar
Har bir ishtirokchi uchta (xursand, neytral, xafa) qiyofa chizilgan kartochka oladi va unda o`zining, guruhning ishtirokini hamda dars mazmunini baholaydi. Doskaga konvert ilib qo`yiladi. Ishtirokchilar baholash varaqalarini shu konvert ichiga soladilar.
Oltita shlyapa
Amalda undan har qanday ijodiy jarayonni tartibga solish, mantiqni emotsiyadan ajratib, yangi betakror g`oyalar yaratish uchun foydalanish mumkin.
Bunda o`qituvchi 6 xil rangdagi kichik qog`ozlardan ishtirokchilar soniga mos ravishda shlyapalar yasaydi.Bu shlyapalar dars boshlanishida kichik guruhlarga bo`lish uchun qo`llanishi mumkin.Mashg`ulot yakunida har bir guruhga o`z rangidagi boshga kiyish mumkin bo`lgan qog`oz shlyapalar taqdim etiladi va muhokama olib boriladi.
Oq shlyapa: raqam va faktlar. Axborot. Savollar. Sodir bo`lgan voqea – hodisalar, guruh ishini xolis qayd (bayon ) etish.Qanday axborotga egamiz? Yana qanday axborot zarur?
Qizil shlyapa: emotsiyalar ,kuchi intuitsiya, his- tuyg`ular. Hislarni asoslash talab etilmaydi.Ta’lim jarayonida o`quvchilarda qanday hislar tug`ildi?
Qora shlyapa: ehtiyotkorlik. Jarayondagi salbiy holatlat. Kamchiliklar nimalardan iborat? Qanday xatolarga yo`l qo`yildi?
Sariq shlyapa: afzalliklar. Jarayonda qanday yutuqlarga erishildi. Ijobiy xuloslar chiqarish.Nima uchun bunday qilish ma’qul? Afzalliklari qanday? Nima uchun bu amalga oshadi?
Zangori shlyapa: ijodkorlik.Turli g`oyalar. Yangi g`oyalar. Takliflar. Yechimning turli variantlari.Qanday muqobillari mavjud?Jarayonni takomillashtirish yo`llari.
Ko`k shlyapa: tahlil, mulohaza. Mulohaza haqida mulohaza. Qaror qabul qilish.Nimaga erishdik? Keyin nima qilish kerak?
Ta`lim – tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish kelgusi taraqqiyotimizning asosi ekanligi ma`lum. Bu haqda Prezidentimizning quyidagi so`zlari ibratlidir:
«Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo`lishi farzandlarimizning bugun qanday ta`lim va tarbiya olishiga bog`liq.
Buning uchun har qaysi ota – ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo, shaxsni ko`rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan keib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo`lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta`lim – tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo`lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta`lim va tarbiya ishini uyg`un holda olib borishni talab etadi» (I.A.Karimov. Yuksak ma`naviyat-engilmas kuch. T. «Ma`naviyat», 2008. 61-bet.).
Interfaol metodlarning ta`lim va tarbiya jarayonidagi o`rni va imkoniyatlari:
Interfaol metod-ta`lim jarayonida o`quvchilar hamda o`qituvchi o`rtasidagi faollikni oshirish orqali o`quvchilar bilimini o`zlashtirishni faollashtirishi, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishi ko`zda tutilgan.
Dostları ilə paylaş: |