Xorazm viloyat pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə7/11
tarix23.10.2017
ölçüsü0,85 Mb.
#11842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

kafedrasi katta o`qituvchisi


Sinf 8-sinf

Fan Fizika

Mavzu: Elektr tokining quvvati.

Darsning texnologik xaritasi



Darsning maqsad

va vazifasi



Darsni o`tish bilan o`quvchilarda elektr tokining quvvati haqida

tushuncha , uning ifodasi, belgilanishi birliklari haqida, elektr

iste’molchilardagi tokning quvvati haqida bilim , ko`nikmalar hosil qilish, mavzu metodlari orqali o`quvchilarda mustaqil

fikrlash, xulosa chiqarish, o`zaro hurmat hislarini tarbiyalash

, o`quvchilarning elektr quvvati haqidagi fikrlarinishakllantirsi.



Darsning o`tish jarayo

ni texnologiyasi



Uslub: Interfaol

Tur: Yangi bilimni egallash

Usul:Jamoa bilan, juftliklar bilan ishlash

Vosita: AKT, Plakat, darslik

Baholash: yozma , og’zaki


Darsdan kutilgan natijalar

O`qituvchi:

O`quvchi:




O`quvchilarga mavzu bo`yi-

cha sifatli bilim berish, musta-

qil ishlash, to`g’ri xulosa

chiqarish ko`nikmasini shakllan-

tirish, elektr energiyasini

tejash ko`nikmalarini

shakllantirish.


Darsda berilgan bilimni

puxta egallash, mavzu bo`yi-

cha masala yecha olish, kun-

dalik hayotda ishlatiladigan

elektr asboblarini sarflaydi-

gan energiyasini topa olish.



Kelgusi rejalar

O`qituvchi o`quvchilarning

Bilimlarini mustahkamlaydi,

keyingi mavzu bilan bog’liqlik-

ni ta`minlaydi, o`quvchilarni

mavzu bo`yicha tajriba o`tkaza

olishlariga zamin yaratadi.



O`quvchilar masala yechish,

tadbiq eta olish ko`nikma-

larini shakllantiradilar,tajribada

sinab ko`radilar, keyingi mavzu-

larni o`zlashtirishga tayyor bo`ladilar.



Darsning maqsadi:

Ta`limiy maqsad:

Darsni o`tish bilan o`quvchilarda elektr tokining quvvati haqida tushuncha, uning ifodasi, belgilanishi birliklari haqida,elektr iste`molchilardagi tokning quvvati haqida bilim, ko`-

nikmalar hosil qilish.

Tarbiyaviy maqsad:

Mavzu metodlari orqali o`quvchilarda mustaqil fikrlash, xulosa chiqarish, o`zaro hurmat hislarini tarbiyalash, energiyani tejash ko`nikmalarini shakllantirish.



Rivojlantiruvchi maqsad:

O`quvchilarning elektr quvvati haqidagi fikrlarini, ilmiy dunyoqarashlarini rivojlantirish



Dart turi: Yangi bilimlarni egallash darsi

Dars uslubi: Interfaol

Metodlari: ”Mustaqil ishlash, “Muammoli vaziyatni hal etish”, “Blits savollari”,”Masala yechish”

Dars jihozi: Darslik, AKT, turli quvvatli lampochkalar, plakat, bo`r.

Dars etaplari:

Tashkillash 3 minut

O`tilgan darsni mustahkamlash. 12 minut

Asosiy qism. 10 minut

Mustahkamlash.15

Yakunlash. 5

Dars nomi: Daryo bo`yida bo`lsang ham suvni teja

Tashkillashdan oldin darsga kerakli bo`lgan jihozlarni tayyorlab qo`yiladi, doskaga mavzu yoziladi.

Salomlashib, davomat olinadi.

Mustaqil ish berishda sinfni 3 zvenolar bo`yicha jamoalarga bo`linadi.

Jamoalarga har biriga alohida masala beriladi.
1-masala

220 v kuchlanishli tarmoqqa ulangan elektr dvigatel zanjiridagi tok kuchi 2 A bo`lsa Uning yarim soatda bajargan ishini toping.

Berilgan: Formula: Yechish:

U=220V A=IUt A=220V*2A*1800s=

I=2A =792000J

t=1800s


A-?
2-masala

Elektr simdan 0,5 A tok o`tmoqda. Undagi kuchlanish 30V bo`lsa, 2 soatda sarflangan energiyani toping

Berilgan: Formula: Yechish:

U=30V A=IUt A=30V*0,5A*7200s=

I=0,5A =98000J

t=7200s


A-?
3-masala

Lampa 200V kuchlanish va 2A tok kuchi bilan yonib 7,2kW energiya sarfladi. Uni qancha vaqt yonib turganini topilsin.

Berilgan: Formula: Yechish:

U=200V A=IUt t=7200W/2A*200V=

I=2A t=E/IU =18s

E=7200s


t-?

Asosiy qism.

Tokning quvvati haqida tushuncha.

Elektr asboblari har xil quvvatga ega bo`ladi. Masalan, lampochkalarga yozib qo`yilgan 60W, 100w,150W degan yozuvlarga hammani ko`zi tushgan.

litebulb

Biz quvvat tushunchasiga oldin ham duch kelganmiz. Unda quvvatni topish uchun bajarilgan ishni shu ishni bajarish uchun ketgan vaqtga bo`lar edik:



P=A/t

Elektr tokining quvvatini topish uchun ham tokning bajargan ishini sarflangan vaqtga bo`lish kerak:



P=A/t

A=IUt lardan
P=IU ifoda kelib chiqadi.
Elektr quvvat birligi sifatida bug` mashinasini kashf etgan olim Jeyms Uatt sharafiga vatt (W) qabul qilingan.

Watt deb elektr zanjirining kuchlanishi 1 V bo`lgan qismida kuchi 1A gat eng bo`lgan tokning quvvatiga aytiladi.
Quvvatning yana quyidagi birliklari ham ishlatiladi:

1gW=100W


1kW=1000W

1MW=1000000W


Elektr iste’molchilardagi tokning quvvati

Turli iste’molchilarning quvvati turlicha bo`ladi. Masalan, lampochkaning elektr quvvati qancha yuqori bo`lsa u shuncha yorug` yonadi va ko`p energiya iste’mol qiladi.

AKT dan foydalanib Jadvalni ekranda ko`rsatiladi.

Jadval orqali turli iste’molchilarning quvvatini ko`rsatib tahlil qilinadi.



Mustahkamlash “Blits savollari”

1. Quvvat ifodasi qanday bo`ladi?

2.Elektr tokining quvvati nima?

3.Elektr quvvati ifodasi qanday bo`lishi mumkin

4.Elektr iste’molchilarda quvvat qanday bo`lishi mumkin?

5. Elektr quvvatning qarshilik bilan bog`liq ifodasini keltirib chiqaring.

6. Quvvat ifodasidan tok kuchini topish ifodasini qanday keltirib chiqarish mumkin?

7. Elektr iste’molchining quvvatiga qarab uni energiya sarfi haqida nima deyish mumkin?

8. Quvvat birliklarini ayting.

Masala yechish.

O`qituvchi na`munaviy masalani yechib ko`rsataib beradi.

Jamoalarga quyidagi masalalarni yechish topshiriladi:

13-mashq.

1 . 220 V kuchlanish va 10A tok kuchida ishlayotgan dvigatel quvvatini toping.

Berilgan: Formula: yechish:

U=220 V P=IU P=220V*10A=

I=10A 2200W=2,2kW

P-?
2. 220V kuchlanishda 5ª tok olib ishlayotgan dazmolning quvvatini toping

Berilgan: Formula: yechish:

U=220 V P=IU P=220V*5A=

I=5A 1100W=1,1kW

P-?
3.Xonadonda 220V kuchlanishli tarmoqqa ulangan 60 W li 2 ta, 100Wli 3 ta lampa, 75 Wli muzlatkich, 200Wli televizor, 1kWli dazmol va 2 kW li elektr plita bir vaqtda ishlamoqda.

Xonadondagi elektr hisoblagichdan o`tayotgan tok kuchi qancha ?

Berilgan: Formula: yechish:

U=220 V P=IU 1) P=(60+60+

P1,P2 =60W I=P/U 100+100+100+

P3,4,5=1000 P=P1+…+P8 75+200+1000+

P6=75W 2000)W=3695W

P7=100W 2)

P8=2000W

I=3695W/220V=17A

I--?



Yakunlash.

Mavzuning qisqacha mazmuni ma’ruza qilinadi.

O`quvchilarning faolligini izohlab, baholanadi.

Uyga vazufa:

23- mavzuni o`qib, o`rganish,

13- mashqni 4-masalasini yechish,

uyda ishlab turgan lampochkaning quvvatini ko`rib, undan o`tayotgan tok kuchini hisoblab

topish.

Jumaniyozova To`tijon

Tabiiy va aniq fanlar ta`limi


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin