Shaxrisabz tumanXTB ga qarshli 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi “Xorijiy tillarmetodbirlashmasining 2021-2022-o’quv yilida amalga oshirilgan yillik ishlari yuzasidan Hisobot
Xorijiy tillar uslubiy birlashmasi2021-2022-o’quv yilini yangi reja va maqsadlar bilan boshladi . Birlashma rejasida o’z ifodasinim topgan barcha ishlarni amalga oshirish uchun fan o’qituvchilari izlanishlar va mehnat qilishdi. Barcha o’quv xonalari yangi o’quv yiliga tayyor bo’lgan holda ,oqituvchilarning ham yillik taqvimiy ish rejalari, o’quv metodik materiallari ,ko’rgazmali vositalari imkon darajada hozirlandi .bunda birlashmaning barcha a’zolari belgilab olingan reja asosida o’quv jarayonini tashkil etdilar. Yangi o’quv yilida yil davomids qilinadigan ishlar bilan tanishib chiqishdi. O’tkaziladigan ochiq darslar ,tadbirlar, ma’ruzalar,uslubiy yangiliklar asosida ish olib borilmoqda. Ingliz tili va nemis tili fani doirasidagi “Young translator”,”Happy English “, “Unsere Leber” kabi to’garaklarga o’quvchilar qamrab olindi. Bizning maktabimizda maktablar aro ingliz tili va nemis tili fanlaridan saralash fan olimpiyadalari o’tkazildi .Ingliz tili fanidan 9-b sinf o’quvchilari Sobirov Sarvar va Jumanov Sardor yaxshi ball to’plab tuman fan olimpiyadasiga qatnashdi Nemis tili fanidan 11-v sinf o’quvchisi Tojiyeva Zarina tuman saralashdan 37ball to’plab tuman fan olimpiyadasida qatnashib faxrli2-o’rinni egalladi. II-chorak da xorijiy tillar uslubiy birlashma a’zolari noyabr oyi ya’ni fan oyligi munosabati bilan zimmasidagi bir talay vazifalarni amalga oshirishdi . fan oyligimiz uchun yangi bir oylik ish reja tuzib olindi hamda fanimizga oid bo’lgan burchaklar tashkil qilindi .Metod birlashma rahbari tomonidan bir oylik ochiq dars jadvali ishlab chiqildi. “Xorijiy tillar” fan oyligining ochilish marosimi o’quvchilar hamda ingliz tili va rus tili fani o’qituvchilari tomonidan a’lo kayfiyatda ochib berildi.O’quvchilar bilimini aniqlash maqsadida yangi testlar banki yaratildi va monitoring testlar olindi. Boshlang’ich 2-4-sinflar o’rtasida “We love English “ nomli chiroyli yozuv asosida diktantlar tanlovi o’tkazildi .Ingliz shoirlarining hayoti va ijodi hamda asarlari asosida 8-sinf o’quvchilari o’rtasida “Badiiy vektorina “sheriyat kechasi musobaqasi o’tkazildi . Fan oyligimizning yakuniy haftasida fan oyligi davomida tayyorlangan ma’ruzalar ,dars ishlanmalar va uslubiy yangiliklar taqdim etildi.. Fan oyligi davomida barcha o’qituvchilar tomonidan ochiq darslar tashkil qilindi.Ruziyeva K 3-sinfga “My favourite season is…” mavzusida, Yadgarova M 7-b sinfga “Olympic symbols” mavzusida , Xudoynazarova Shoxsanam 5-sinfga “When does the school start”mavzusi bo’yicha ochuiq darslar o’tildi.”Oltinm kuz ‘nomli badiiy musiqiy tadbirlar tashkil etildi va fan oyligi davomida o’tkazilgan tanjlovlar hamda ochiq darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantirildi
2021-2022-o’quv yilining III-choragi 12-yanvardan boshlanishi kerak edi. Ammo karantin tufayli o’qish 24-yanvardan boshlandi . Shu karantin davomida barcha xorijiy tillar metod birlashma a’zolari 7-8-9-10-sinf o’quvchilarini online olimpiyadalarda ishtirok etishlarida mas’ul bo’lishdi va ushbu olimpiyadada ishtirok etgan barcha o’quvchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar11-sinf o’quvchisi Pardayeva Noila 2-yanvarda 7,5ball bilan IELTS sertifikatini qo’lga kiritdi. Shaxrisabz tuimani xalq ta’limi bo’limiga qarshli Yoshlar o’quv markazida chet tillari {ingliz tili va nemis tili} fani o’qituvchilarining metodik kunida ya’ni 28-yanvar kuni ularning tajribasini oshirish va tajrib almasish maqsadida maxorat darslari tashkil qilindi bunda 10-maktab ingliz va nemis tili fani o’qituvchilari qiziqarli va yangi pedagogik tenologiyalardan foydalangan holda dars o’tib berishdi.O’quv yilining IV-choragi ham yaxshi boshlandi Barcha metodbirlashma a’zolari yil davomida yaxshi ishtirok etdi
Metodbirlashma rahbari: Yadgarova M