II-BOB QISQA MUDDATLI XOTIRANI O’RGANUVCHI METODIKALAR
2.1 Qisqa muddatli xotirani o’rganuvchi metodlar
Kuzatish metodi haqida: Bo’lib o’tayotgan narsa va hodisalarni rejali, uzluksiz, batartib, mukammal idrok qilish; voqelikni hissiy bilish uslubi. Kuzatish Aristotel zamonidan hozirgi davrgacha kuzatuvchilarning asosiy tadqiqot vositalaridan biri sanaladi. U hissiy bilishning omillari, xususiyatlari, qonuniyatlari toʻgʻrisida dastlabki tasavvurlar hosil qilishga qaratilgan inson faoliyati shaklidir. Kuzatish ning qay darajada boʻlishi qoʻyilgan maqsadning aniqligiga, kuzatilayotgan narsa va voqealar haqida oldindan bilimga ega boʻlishga, kuchli, barqaror diqqat bilan faol fikrlashga va boshqa narsalarga bogʻliq. Kuzatishda idrok va tafakkur uzviy bogʻlanadi. Kuzatishda tegishli xulosalar chiqariladi, fakt, voqealar nazariy tahlil etiladi, farazlar olgʻa suriladi. Kuazatishning obyektiv (tashqi Kuzatish.) va subyektiv (ichki, oʻzini-oʻzi Kuzatish) turlari mavjud. Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuygʻulari, imoishoralari, sezgirligi, xulq-atvori, nutqi, faoliyati, muomala maromi va boshqalar oʻrganiladi. Oʻzini-oʻzi kuzatish (introspeksiya) dan foydalangan psixolog oʻzining xulqi, muomalasi toʻgʻrisida ilmiy, haqqoniy xulosa chiqara biladi. Kuzatish metodining yana bir yaxshi taraflaridan biri ortiqcha ovoragarchilik shuningdek ko`p narsalar talab qilinmaydi. Kuzatish uchun video kamera va shunga o`xshash narsalardan foydalanish mumkun. Shuningdek kuzatishni qayd etib borish uchun ruchka va yon daftarcha kerak bo`ladi. Kuzatish qancha vaqt davom etishi oldindan belgilanib olishi kerak. Kuzatiladigan obyekt uni kuzatilayotganini sezmasliki kerak, agar sinaluvchi bundan habardor bo`lib qolsa, natijada ma`lumotlarning ishonchliligi yo`qolishi mumkun. Kuzatish metodi klassik metodlardan biri hisoblanadi. Kuzatish metodi orqali o`quvchilarning xatti-harakatlariga qarab baho bersak bo`ladi. Biroq o`quvchilarning xotirani aniqlashda biz boshqa ilmiy metodikalarga yuzlanamiz.
Barcha yoshdagi bolalarda xotira juda kuchli rivojlanadi. Kichik bolalar ham vaqt va fazoni yaxshi farqlay oladilar, so‘z boyligi ortib boradi. Bularning barchasi bolaning kattalar bilan, tengdoshlari bilan muloqotga kirishishi natijasida sodir bo'1adi. Xotiraning rivojlanishi bola bilan ishlashda ta'1imning qaysi metodlari ustunligiga, uni o‘rab turgan muhit idrok obrazlari bilan qanchalik boyligiga bog'1iq. Materialning sezgi organlariga ta'sir etishi, idrok xususiyatlarini hisobga olgan holda ko'rish, eshitish, ushlab ko‘rib bilish, hid bilish, ta'm bilish xotiralari ajratiladi. Materialni esda saqlab qolish va uni qayta esga tushirishga bog‘liq ravishda harakat, mexanik, obraz (assotsiativ), mantiqiy, hissiy xotiralarga ajratiladi. Ma’1umotni saqlashning uzoqligiga bog‘liq ravishda qisqa muddatli (operativ) va uzoq muddatli xotiralar ajratiladi. Ma'lumotni esda olib qolish, inson tomonidan bimi maqsad qo‘yi1masdan ixtiyorsiz, o‘rganilayotgan materialni esda saqlab qolish uchun maqsad qo‘yilganda ixtiyoriy esda olib qolinadi.Umumiy xotira olingan materialni esda saqlab qolish, esda saqlash va qayta esga tushirishdan iborat jarayon bo‘lib, bu tarkibiy qismlarni doimo rivojlantirishni talab etadi. Psixologiyada xotirani o'rganish uchun maxsus metodikalar mavjud. Bular quyidagilar: