Xotira va Diqqat


Diqqat ko’chuvchanligini tadqiq etish (Shulte jadvali)



Yüklə 108,75 Kb.
səhifə7/9
tarix26.11.2023
ölçüsü108,75 Kb.
#135462
1   2   3   4   5   6   7   8   9
9-курс иши

2.3. Diqqat ko’chuvchanligini tadqiq etish (Shulte jadvali)
Tadqiqotning maqsadi. Diqqatning koʻchuvchanligini Shulte jadvali asosida oʻrganish. Ushbu metodikani psixik tempni, koʻruv oriyentir-qidiruv tezligini, koʻruv qoʻzgʻatuvchilari uchun diqqat koʻlamini aniqlash uchun qoʻllash mumkin.
Zaruriy anjomlar: sekundomer va Shultening modifikatsiyalangan jadvallari
Agar diqqat koʻchuvchanligi “0”ga teng yoki undan kichik boʻlsa, tadqiqotni qayta amalga oshirish lozim. Sababi sinaluvchi birinchi va ikkinchi seriyalarda yoʻriqnomani tinglamagan. Xullas, miqdoriy natijalar tahlili asosida uchta tadqiqot seriyalari vaqti, yoʻl qoʻyilgan xatolar, sinaluvchining ogʻzaki xisoboti, tadqiqotchi va protokolist kuzatuvlari, diqqatning koʻchishi va diqqat konsentratsiyasi xarakteri, diqqatni rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar tayyorlash zarur. Oʻspirinlik davrida talabalar diqqatning koʻchuvchanligini turli fanlardan mustaqil taʼlim jarayonida faoliyat shakllarini oʻzgartirish orqali amalga oshirish imkoniyati mavjud. Mazkur topshiriqqa adekvat mashq sifatida bitta kuzatuv obʼektidan boshqasiga koʻchishini misol qilsa boʻladi. Bir-biridan farq qiluvchi topshiriqlarni bajarish.
Natijalarni tahlilida sinaluvchilar raqamlarni topish spetsifikasini, raqamlarni topa olmaganlarida qiyinchiliklarni bartaraf etish usullarini kuzatib borish darkor. Ayrim sinaluvchilarda qidirilayotgan raqam yaqinda topilgan raqamning oldida boʻlsa, boshqalarida esa topilgan raqamdan uzoqroqda joylashgan boʻlsa qiynaladilar.
Sinaluvchilarda topshiriqlarni bajarish xususiyatini aniqlash zarur:
- topshiriqni bajarish xarakteri /ishtiyoq, formalizm, pedantlik/;
- emotsional soha /apatiya, sovuqqonlik, noadekvatlik, oʻzidan qoniqish, jizzakilik, yigʻloqilik, distansiyani yoʻqotish hissi/;
- nutq /nutqning kuchayishi yoki susayishi, pichirlash, sukunat, oxlash, ingillash/.


Tadqiqot natijalar tahlili


1-jadval
Tadqiqotning o’tkazilish joyi haqida ma’lumot






Soni

Foizi

414-DMTT

28

46,7

417-DMTT

32

53,3

Tadqiqotimizda 60 nafar sinaluvchi DMTT tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi. DMTTlar negizida 414-DMTTdan 28 nafar, 417-DMTTdan 32 nafar sinaluvchilar ishtirok etdi.




Yüklə 108,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin