Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati


Ish chizmallarining shakli va elementlari, materiallar va ularning chizmada belgilanishi



Yüklə 290,02 Kb.
səhifə3/8
tarix16.02.2022
ölçüsü290,02 Kb.
#114530
1   2   3   4   5   6   7   8
Sattorova Mavluda

1.1. Ish chizmallarining shakli va elementlari, materiallar va ularning chizmada belgilanishi

Detalning chizmasi bu detalni tayyorlash va nazorat qilish uchun zarur bo`lgan ma`lumotlarni o`z ichiga olgan asosiy konstruktorlik hujjati hisoblanadi.

Agar detalning chizmasi chizma asboblarisiz ko`zda chamalab chizilsa, bunday chizmani eskiz deb ataladi. Eskizlarni har qanday standart formatli qog`ozda bajarish mumkin. O`quv sharoitlarida katak qog`ozidan foydalaniladi.

Detalning chizmasini bajarishdan oldin chizmaning mazmuniga tegishli hamma ma`lumotlarni, chunonchi, detalning eng ko`p uchraydigan elementlari, yuzalar g`adir-budurligi, o`lchami, texnikaviy talablar, materiallarning belgilanishlari va boshqa ma`lumotlarni o`rganish zarur. Mashina detallarini loyixalash ko`pgina texnikaviy masalalar bilan birga yechiladigan murakkab ijodiy jarayondir. Bunday masalalarga, detalning mustaxkamligini va chidamliligini, texnologikligini soddagina tayyorlash, yig`ish va ajratishning qulayligini, eng yengil massali va boshqa ko`pgina qulayliklarni ta`minlash kiradi.

Detal qanchalik murakkab shaklga ega bo`lmasin, konstruktor bu detalni oddiy geometrik jismlarning yoki ular qismlarining mujassamlashgan yig`indisi

sifatida loyixalaydi.

Detalning eskizini yoki ish chizmasini tuzishdan oldin detalning shaklini fikran alohida-alohida geometrik jismlarga ajratgan holda sinchiklab o`rganib chikish lozim. Faqat shu shartlar bajarilgandagina mukammal eskiz va ish chizmasini olish mumkin.

Proushina (1-shakl, a) quyidagi jismlardan iborat rezbali teshigi bo`lgan kesik konus 1 dan, to`g`ri doiraviy silindr 2 dan, to`g`ri burchakli parallelepiped 3 dan, silindrik o`yiqlari bor ikkita to`g`ri burchaklik parallelepiped 4 dan va ichi ikkita yarim silindrlardan tuzilgan.


1-shakl


2-shaklda eng ko`p uchraydigan mashina detallari elementlarining tasviri va nomlari keltirilgan

2-shakl


Yüklə 290,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin