Xususiyatlari



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/20
tarix18.06.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#117047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
ozbek tilida modal sozlar va ularning uslubiy xususiyatlari

Mavzuning dolzarbligi. O‗zbek tilshunosligida juda ko‗p bahs- 
munozaralarga sabab bo‗lgan, shuningdek, turli xil nomlanishlarga ega
modal so‗zlar mavzusi hali ham bahstalab jihatlari bilan ahamiyatli.
Prezidentimiz Islom Karimov ta‘kidlaganlaridek, ― Bizning maqsadimiz bir
necha avlod mehnati bilan yaratilgan narsalarni yo‗qotmaslik, ularning
eng yaxshilarini saqlab qolish, demokratik me‘yorlarga, milliy
manfaatlarimizga, mustaqilligimizga mos kelmaydiganlarini qayta tashkil
etishdan, mazkur tuzilmalarni yangi mazmun bilan boyitishdan iboratdir‖,
1
biz ham tilshunoslikda yangi marralarga erishmog‗imiz, buning uchun esa
har jabhada yangilanishlarga yo‗l ochmog‗imiz darkor bo‗ladi. Ayniqsa,
so‗zlarni turkumlash masalasidagi xilma-xilliklarga befarq bo‗lmasligimiz,
har bir yangi fikrga, jillaqursa munosabat bildira olishimiz darkor deb
1
Karimov I. O‗zbekiston XX asr bo‗sag‗asida; xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari.—T.: O‗zbekiston. 1997, 87- bet. 



o‗ylayman. Ayni shu jihat modal so‗zlar va ularning uslubiyati
mavzusiga juda daxldor hisoblanadi. Modal so‗zlar har xil aspektlarda
turlicha tomondan turfa xil olimlar tomonidan o‗rganilgan. Biroq
uslubshunoslikda modal so‗zlar tadqiqiga oid biron bir tadqiqot hali
ko‗zga yarq etib tashlangani yo‗q, deyarli. Ayni shu jihat modal so‗zlar
va ularnng uslubiy xususiyatlariga bag‗ishlangan ushbu bitiruv malakaviy
ishining qay darajada dolzarbligini ko‗rsatib turibdi. 
Tadqiqotning obyekti va predmeti. Mavzu doirasidan kelib chiqqan
holda tadqiqotning obyekti deb modal so‗zlar, ularning qo‗llanish o‗rni
va chegaralari, uslubiy namoyon bo‗lish xossalarini ko‗rsatsak, predmeti
sifatida turli xil badiiy matnlar, nasriy va nazmiy ijod namunalarini misol
keltirishimiz mumkin. Bu nafaqat, modal so‗zlar uslubiyati masalasiga,
balki badiiy matnning lingvopoetik xususiyatiga ham bevosita aloqador
ish hisoblanadi. Shu boisdan ishning qimmati yana bir bor ancha
yuqori ekanligini ta‘kidlab o‗tishning hojati yo‗q, deb o‗ylayman. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin