Xususiyatlari


Tadqiqotning maqsad va vazifalari



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/20
tarix18.06.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#117047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
ozbek tilida modal sozlar va ularning uslubiy xususiyatlari

Tadqiqotning maqsad va vazifalari. So‗zlovchi nutqining
ta‘sirchanligini oshirishda, yoki lisoniy barkamolligini ta‘minlashda modal
so‗zlarning konnotativ ma‘nolari katta rol o‗ynaydi. Ayni shu jihatni
inobatga olgan holda, tilshunoslikda modal so‗zlar va ularning uslubiy
ma‘nolarini badiiy matn tadqiqi orqali chuqurroq o‗rganishni maqsad qilgan
ekanmiz, bu yo‗lda quyidagi vazifalarni amalga oshirish tadqiqot uchun
dolzarb sanaladi: 
- tilshunoslikda modal so‗zlar va ularning qo‗llanish chegarasi,
o‗rganilish doirasi, amaldagi vazifasi kabi jihatlarni umumiy
obzorda ko‗rib chiqish va ma‘lumot berish;
- modal so‗zlarning formal tilshunoslikdagi tadqiqini yoritish, ularning
funksional- semantik shakllangan so‗z-gaplarning bir turi sifatidagi
vazifalariga ahamiyat berish;



- ijobiy sema anglatuvchi modallar, ularning tuzilishi va tarkibiga
alohida to‗xtalish; 
- salbiy sema anglatuvchi modallarning uslubiy ma‘no qirralarini
tadqiq etish va misollar keltirish kabi. 
Tadqiqotning metodologik asosi. Tadqiqotda statistik tahlil va qiyosiy
metodlardan foydalanildi. 
Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor kabi yozuvchilarning, Shavkat Rahmon,
Muhammad Yusuf, Usmon Azim, Guljamol Asqarova va boshqa
shoirlarning she‘rlari asosiy material vazifasini o‗tadi. 
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. 
- Modal so‗zlar uslubiyati bo‗yicha birinchi daf‘a qilingan ishlardan
biri sanaladi; 
- Modal so‗zlarning faqat kontekstdagina ayonlashadigan konnotativ
ma‘no qirralari misollar asosida to‗la izohlanishga harakat qilindi
- BMI da nafaqat modal so‗zlar uslubiyati, balki badiiy matnning
lingvopoetik xususiyatlari ham tahlilga tortildi. 
Tadqiqotning tarkibi.  Ushbu bitiruv malakaviy ishining umumiy tarkibi
kirish, asosiy qism uch bob, olti fasl, boblar bo‗yicha xulosa, umumiy
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxatidan tarkib topdi. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin