Xususiyatlari



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/20
tarix18.06.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#117047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
ozbek tilida modal sozlar va ularning uslubiy xususiyatlari

1. Aftidan, Safarov ikkovi og„ilga tomon kelmoqda edi. 
2. U qop- qora, qotma, vujudi pay bir yigit bo„lib, aftidan yoshini
chamalash qiyin edi. 
Ikkala gapda ham bir xil shakldagi so‗z qo‗llangan. Ikkalasi
ham tarixan bir turkumga oid. Biroq bugungi kunda bu so‗zlar
ikki xil so‗z turkumining tarkibida o‗rganilganligi bois shakldosh
so‗zlar sifatida qaraladi. Yuqoridagi gaplarning birinchisida aftidan


12 
so‗zi modal so‗zlik xususiyatini namoyon qilgan bo‗lsa, ikkinchi
gapda, bil‘aks ot so‗z turkumidagi xususiyatlarini namoyon qilgan.
Shu bois bu so‗zlar endilikda omonim so‗zlar sifatida o‗rganilmoqda.
Sintaktik belgilariga ko‗ra modal so‗zlar o‗ziga xos xususiyatga
egadir. Ularning hech qaysisi gap bo‗laklari bilan grammatik aloqaga
kirishmaydi. Modal so‗zlar gapda alohida o‗rin egallab, to‗lig‗icha gapga,
gapning bir bo‗lagiga tegishli bo‗ladi. Modal so‗zlarning bunday
xususiyatlari ularning gapda erkin bo‗lishiga imkoniyat beradi, ya‘ni
gapning boshida, o‗rtasida kelishi mumkin. Masalan: 
1.Chamasi, Tillaboy fe‟li aynib, xiyonat ko„chasiga kirganga o„xshaydi. 
2. Tillaboy, chamasi, fe‟li aynib xiyonat ko„chasiga kirganga o„xshaydi. 
3. Tillaboy fe‟li aynib, xiyonat ko„chasiga, chamasi , kirganga o„xshaydi. 
Keltirilgan misollarimizdagi chamasi  modal so‗zi gapning turli o‗rnida
kelyapti va to‗lig‗icha gapning mazmuniga tegishlidir. Qo‗shma gaplar
tarkibida kelgan modal so‗zlar esa qaysi gap qismida kelsa, o‗sha
qismgagina tegishli bo‗ladi. Masalan: 
Shu gapim qulog„ingizda bo„lsinki, men ishning ikki kuninigina o„z
ehtiyojim uchun sarflayman, xolos. 
Modal so‗zlarning ishlatilish o‗rniga ko‗ra ham tasniflanishi mumkin. 
1.Faqat gapning boshida ishlatiladigan modal so‗zlar: to‗g‗ri, afsuski,
xullas, umuman kabi. 
2.Faqat gapning oxirida ishlatiladigan modal so‗zlar: shekilli. 
3. Gapning har bir o‗rnida: boshida, o‗rtasida, oxirida ishlatiladigan
modal so‗zlar: qolgan modal so‗zlarning barchasi. 
Modal so‗zlar sintaktik funksiyasiga ko‗ra ham ikki guruhga bo‗linadi. 
1.kirish so‗z vazifasida keluvchi modal so‗zlar. 
2. Gap bo‗lagi yoki so‗z – gap vazifasida kelishi mumkin bo‗lgan modal
so‗zlar. 


13 
Hozirgi kunga kelib o‗zbek tilidagi modal so‗zlar borasida ham turli
xil qarashlar mavjud. Masalan, R. Komiljonova modal so‗zlarni ma‘nosiga
ko‗ra 14 guruhga, S. Saidov 4 ta guruhga, ― O‗zbek tili grammatikasi‖da
esa 6 ta guruhga
3
ajratadi. Shunga o‗xshash boshqa xil qarashlr ham
mavjud. 
Biz ham modal so‗zlarning lug‗aviy ma‘nosiga ko‗ra quyidagi
guruhlarga ajratdik:
1. Fikrning tasdig‗ini va isbotini ifodalovchi modal so‗zlar; 
2. Fikrning taxminini, gumonini, shubhasini ifodalovchi modal so‗zlar; 
3. Fikrni ajratib ko‗rsatuvchi modal so‗zlar; 
4. Fikrni kimga qarashli ekanligini ko‗rsatuvchi modal so‗zlar; 
5. Fikr tartibini ko ‗rsatuvchi modal so‗zlar; 
6. Fikrning yakunini ko‗rsatuvchi modal so‗zlar; 
7. Fikrni eslashni ifodalovchi modal so‗zlar; 
8. Shodlik, afsus, nadomatni ifodalovchi modal so‗zlar; 
9. Zaruriylik, shartlilik, talabni ifodalovchi modal so‗zlar. 
1.Fikrning tasdig‗ini va isbotini ifodalovchi modal so‗zlarga
albatta, chindan, haqiqatdan, o„z- o„zidan, darhaqiqat, shaksiz, tabiiy,
so„zsiz, tabiiyki, beshak, shak –shubhasiz, durust, rost, to„g„ri, tuzuk,
aniqrog„i, xo„p, yaxshi  kabilar misol bo‗la oladi. Bu guruhga kiruvchi
modal so‗zlar so‗zlovchi tomonidan boshqa aytilgan fikrni tasdiqlash,
yoki ma‘lum bir fikrni isbotlash uchun ishlatiladi. Masalan:
Kelinni kuyovning onasi, albatta, ko„rishi kerak ( Mirmuhsin ). 
3
Ko‘rsatilgan asar. 


14 
2.Fikrning taxminini, gumonini, shubhasini ifodalovchi modal so‗zlar.
( aftidan, mazmunan, shekilli, chamasi, chamamda, balki, ehtimol,

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin