23
qo‗llanilmaydi. So‗z – gaplashgan unsur esa o‗zi tarixan kelib chiqqan
so‗z bilan omonimik munosabat hosil qiladi va o‗z
aloqasini
boshqa turkumdan to‗la uzmagan bo‗ladi. So‗z – gaplashayotgan
unsurga o‗zi boshqa so‗z turkumi ( ravish, sifat, olmosh, son, fe‘l) ga
tegishli, lekin so‗z – gapga xos ma‘no va vazifada qo‗llanila
oladigan birliklar kiradi va bularning so‗z – gapsimondan farqi
shundaki, ushbu qatlamga oid so‗z tarixiy
taraqqiyot natijasida
batamom so‗z – gapga o‗tib ketishi mumkin. So‗z – gapsimon esa o‗z
turkumi doirasida qoladi.
So‗z – gapning sintaktik xususiyati kesimlik qo‗shimchasini qabul
qilmasligi, bog‗lama bilan birika olmasligida. So‗z – gap ham undalma,
sodda gap kabi kengaygan yoyiq holatda bo‗lishi mumkin:
1. Cho„lni o„zlashtirgan mardlarga ofarin. ( Abdulla Qahhor).
2. Falakning dastidan dod! ( Hamza ).
3. Barakalla, sizga!
Misollardan ko‗rinib
turganidek, so‗z – gap faqat bitta so‗zdan
iborat bo‗lmay, nutqda kengayish qobiliyatiga ham ega. So‗z – gapning
yana bir sintaktik xususiyati shundaki, [ WPm] qurilishli gapda
kesimlik kategoriyasi va ma‘nosi ( W ) ga ( Pm )
orqali kiritiladi, (m)
ning esa o‗zbek tilida juda ko‗p ko‗rsatkichi mavjud. Shakl
o‗zgarishi bilan kesimlik kategoriyasining ma‘no turi ham o‗zgaradi.
Masalan, Bo‗ladi. Bo‗lmaydi. Bo‗lsa. Bo‗ldi. Va hokazo. Ammo so‗z –
gapda bunday emas. Har bir so‗z – gap shu gapga xos bo‗lgan
ma‘noni ifodalashga xoslangan bo‗ladi. Chunonchi [ ha ] so‗zi tasdiqni
ifodalaydi. Uning bo‗lishsizligi
ha emas bilan emas, balki alohida yo‗q
so‗zi bilan ifodalanadi. [ albatta] yoki [ shubhasiz ] modal so‗zi qat‗iy
ishonch va tasdiqni ifodalaydi, inkor ma‘nosi [ mutlaqo ], [ aslo]
so‗z–gapi bilan beriladi.
24
So‗z – gapda zamon va shaxs ma‘nosi matnda muayyanlashadi.
O‗zbek tilida gap ( kesimlik ) zamon va shaxs ma‘nosidan xoli bo‗la
olmaydi. Zero, so‗z – gapda zamon va shaxs – son ma‘nosining
kontekstual aniqlanish xususiyati bu so‗zning asosiy sintaktik
xususiyati –kesimlik qo‗shimchasini qabul qilmay gap bo‗lib
kela olishi
bilan sharhlanadi. So‗z – gapning yana bir sintaktik xususiyati – uning
gap tarkibida alohida pozitsiyada turishi, ya‘ni boshqa gap bo‗laklari
bilan bog‗lanmasligi va o‗zi gap sidatida ― yashay olishi‖, hamisha
lisoniy alohidalikni saqlab qolishi bilan belgilanadi.
Chunonchi,
1
. – Ertaga kelasizmi? - Albatta. ( O‗. Usm. ).
2. – Yengil tortdingmi, qizim? - Shukur. ( Abdulla Qahhor).
Ko‗rinadiki, modal so‗zning funksional – semantik shakllangan so‗z –
gaplarning bir turi sifatidagi umumiy sintaktik xususiyati ular kesimlik
qo‗shimchasini qabul qilmagan holda
gap va uning markazini tuza
olishida. Modal so‗zda kesimlik kategoriyasini tashkil etuvchi mayl –
munosabat ma‘nosi yaqqol bo‗rtib turadi, bu esa faqat so‗z - gaplarning
ayni shu turiga xos xususiyat hisoblanadi.