ozbek tilida modal sozlar va ularning uslubiy xususiyatlari
rostdan kabi ( keyingi modal ko‗pincha rostdan ham shaklida
yuklama bilan ishlatiladi );
d ) ― leksema + birlik sonlovchisi + III shaxs nisbatlovchisi + o‗rin
yoki chiqish kelishigi affiksi‖ tarkibiga ega bo‗lgan: asl + I + i + da = aslida; aft + I + i + dan = aftidan kabi.
2. otdan boshqa turkum leksemashakllaridan o‗sib chiqqan:
1) sifat leksemashakldan o‗sib chiqqan: tabiiy kabi;
2) ravish leksemashakldan o‗sib chiqqan: albatta kabi.
Demak, O‗zbek tilida fikrning voqelikka munosabatini ifodalash
uchun xizmat qiluvchi alohida so‗zlar turkumi modal so‗zlar ekan.
Modal so‗zlar ( lotincha modus – ―usul‖, ―o‗lchov‖ ) so‗zlovchining
gapda anglatilgan fikriga, voqea – hodisalarga munosabatini ifodalaydi.
Modal so‗zlar gapda anglatilgan fikrning so‗zlovchi uchun qanchalik
aniqligini, bu xabarni so‗zlovchi qanday baholashini bildiradi. Modal
so‗zlar, odatda, umuman gapga tegishli bo‗lib, gap bo‗laklari bilan
grammatik aloqaga kirishmaydi. Shuning uchun ular gap bo‗lagi ham
bo‗lib kelmaydi. Masalan,
Mehnat hamda turmush tajribasi, hunari bo„lmagan odam ishdagi kishining o„yini, tuyg„usini anglamaydi. ( O‗. Hoshimovdan ).
54
gapiga albatta, shubhasiz, ehtimol kabi so‗zlar kiritilsa, bu
gapning mazmuni o‗zgarib qolmaydi; bu so‗zlar fikr so‗zlovchi
tomonidan qanday baholanishini bildiradi.
Modal so‗zlar bir butun leksik birlik sifatida qaraladi, ularning
tarkibi morfologik elementlarga ajratilmaydi. Masalan, shubhasiz, so„zsiz so‗zlari kelib chiqish jihatidan sifat. Bu modal so‗zlar aniqlik,
qat‘iylik, reallik kabi ma‘nolarni ifodalaydi. Ammo ularni ayrim
morfologik qismlarga ajratib bo‗lmaydi ( ularda sifat yasovchi -siz affiksi ajratilmaydi ).
Ba‘zan esa ayrim mustaqil so‗zlar gapda modal so‗z o‗rnida
qo‗llanilib, modallik ma‘nosini bildirishga xizmat qiladi. Bunday so‗zlar
hozirgi tilimizda butunlay modal so‗zlar kategoriyasiga o‗tmagan bo‗lib,
ma‘lum o‗rinlarda tasdiq, ta‘kid, ayirish kabi ottenkalarni ifodalashga
xizmat qiladi:
To„g„ri, endi har qanday bo„lganda ham sabr – qanoat, jiddiyat, sabot kerak edi ( G‗afur G‗ulom ).
Boshqa so‗z guruhlari kabi, modal so‗zlar ham o‗zlarining
morfologik, sintaktik va semantik belgilariga ega. Modal so‗zlarning
o‗zgarmasligi uning morfologik belgisiga kiradi. Gapning biror
bo‗lagiga yoki butun gapga taalluqli bo‗lib, kirish so‗z vazifasida
kelishi esa uning sintaktik belgisidir. Modal so‗zlarning aniqlik yoki
taxmin kabi modal ma‘nolarni anglatishi, mustaqil so‗zlarga nisbatan
kamroq nominativlikka, yordamchi so‗zlarga qaraganda ko‗proq
mustaqillikka ega bo‗lishi uning semantik belgisidir.
Demak, fikrning voqelikka munosabatini aniqlab, uni tasdiq
va taxmin yo‗li bilan ifodalab, gapda kirish so‗z vazifasida
keluvchi so‗zlar modal so‗zlar deyiladi. Modal so‗zlarning doirasi
qat‘iy va to‗liq aniqlangan emas. Nutqimizda fikrning shakllari
55
rang – barang bo‗lganligi sababli modal so‗zlar guruhi ham
kengayib bormoqda. Modal so‗zlar o‗z ma‘nolari jihatdan xilma –xil
bo‗lib, quyidagi to‗dalarga bo‗linadi:
1. Gapda ifodalangan fikrning aniqligi, realligini tasdiqlovchi
modal so‗zlar: albatta, shubhasiz, so„zsiz, shaksiz, haqiqatan, darhaqiqat kabilar:
Cho„lni obod qilish savob, albatta, qani, quda, bolalarga fotiha beraylik. ( Abdulla Qahhor ). Haqiqatan ham, yuragining gursillab urayotgani va oyoq – qo„llarining titragani sezilib turardi. ( Oydin ).
So„zsiz, shubhasiz, shaksiz kabi modal so‗zlar boshqalarning
e‘tiroz, faraziga o‗rin qoldirmaydigan qat‘iy shakldagi tasdiqni,
zaruratni bildiradi: Zokir ota, shubhasiz, juda tajribali paxtakor, qo„li gul odam. ( Abdulla Qahhor ).
2. Gapda ifodalangan fikr taxminiy, gumon, noaniq ekanini
bildiruvchi modal so‗zlar: ehtimol, chamasi, shekilli, aftidan, haytovur, chog„i kabilar. Bu sayohat juda ma‟qul keldi, shekilli, Umarali bortga yonboshlab, allaqanday bir kuyni xirgoyi qila boshladi. ( Abdulla Qahhor ). Xotin yaktakni olib yoniga qo„ydi, aftidan, hozir tikmoqchi emas edi. ( Abdulla Qahhor). Haytovur, ishimiz chakki emasga o„xshaydi. ( Oybek ).
3. Biror voqea – hodisadan afsuslanish, ajablanish kabilarni
bildiruvchi modal so‗zlar: afsuski, attang, ajabo kabi. Masalan,
Attang…shunday dolzarb vaqtda eng yaxshi brigadirimiz yotib qoldi-da. ( Abdulla Qahhor ). Ajabo, shu o„zimizning Saodatmi?! ( G‗afur G‗ulom ).
56
4. Fikrning o‗zaro munosabatini va tartibini bildiruvchi modal
so‗zlar: demak, xususan, aksincha, masalan, jumladan, chunonchi, binobarin, xullas, avvalo kabi.
Demak, xullas, masalan, jumladan, umuman, chunonchi kabi
modal so‗zlar fikrni umumlashtirish, uning xulosasini bildirish, yana
dalillar keltirish singari ma‘nolarni bildiradi: Xullas, uning uyida allaqanday yangi gaplar ko„paymoqda edi. ( Abdulla Qahhor ). Maqtashga loyiq kishilar ham oz emas bizda, masalan, Tansiq Ahmedov, … Sobir Ermatov zvenolarini ko„rsang, yuraging quvonchga to„ladi. ( Oybek ).
Binobarin, xususan, aksincha modal so‗zlari fikr oqimini, biror
fikrni ta‘kidlash, ajratib ko‗rsatish, birini rad etib, ikkinchisini
tasdiqlash kabilarni bildiradi: Qish ichi Farhod qurilishiga borib, ish ko„rsatsam, deyman. Binobarin, ko„klamgacha javob berishingizni so„rayman. ( G‗afur G‗ulom ). Nafisaxonning nazarida qizi yengiltak emas, aksincha, ba‟mani bo„lgan, gaplari ham o„rinli va qisqa. ( Mirmuhsin ).
Avvalo, dastlab kabilar modal so‗z o‗rnida kelib, fikrning
tartibini bildiradi: ― Qiziq ekansiz, oyi, - deydi Avaz. – Avvalo, Toshkentda kim ko„p, soch qo„ygan ko„p, so„ngra, ularning hammasini chiqaraversa, televizorga odam sig„adimi? “ ( Pirimqul
Qodirov ).
Yuqorida ko‗rsatilganlardan tashqari, lozim, mumkin, shart, zarur, kerak so‗zlari ham modallikni ifodalashga xizmat qiladi. Garchi bu
so‗zlarda modal so‗zlik xususiyati kam bo‗lsa-da, bular xilma-xil
modal munosabatlarni ( zaruriyat, imkoniyat, mumkinlik, qat‘iylik
kabi ) bildiradi: Chol – aqlli odam, unga o„rgatish ham mumkin, undan ko„p narsani o„rganish ham mumkin. ( Oybek ). Juda ham bu
57
ishga berilmaslik kerak, - o„z – o„ziga xitob qildi Umid, - men ishlashim, ish qilishim zarur”. ( Mirmuhsin ).