7
o‗ylayman. Ayni shu jihat modal so‗zlar
va ularning uslubiyati
mavzusiga juda daxldor hisoblanadi. Modal so‗zlar har xil aspektlarda
turlicha tomondan turfa xil olimlar tomonidan o‗rganilgan. Biroq
uslubshunoslikda modal so‗zlar tadqiqiga
oid biron bir tadqiqot hali
ko‗zga yarq etib tashlangani yo‗q, deyarli. Ayni shu jihat modal so‗zlar
va ularnng uslubiy xususiyatlariga bag‗ishlangan ushbu bitiruv malakaviy
ishining qay darajada dolzarbligini ko‗rsatib turibdi.
Tadqiqotning obyekti va predmeti. Mavzu doirasidan kelib chiqqan
holda tadqiqotning obyekti deb modal so‗zlar, ularning qo‗llanish o‗rni
va
chegaralari, uslubiy namoyon bo‗lish xossalarini ko‗rsatsak, predmeti
sifatida turli xil badiiy matnlar, nasriy va nazmiy
ijod namunalarini misol
keltirishimiz mumkin. Bu nafaqat, modal so‗zlar uslubiyati masalasiga,
balki badiiy matnning lingvopoetik xususiyatiga
ham bevosita aloqador
ish hisoblanadi. Shu boisdan ishning qimmati yana bir bor ancha
yuqori ekanligini ta‘kidlab o‗tishning hojati yo‗q, deb o‗ylayman.
Dostları ilə paylaş: