8
- ijobiy sema anglatuvchi modallar, ularning tuzilishi va tarkibiga
alohida to‗xtalish;
- salbiy sema anglatuvchi modallarning uslubiy ma‘no qirralarini
tadqiq etish va misollar keltirish kabi.
Tadqiqotning metodologik asosi. Tadqiqotda statistik tahlil va qiyosiy
metodlardan foydalanildi.
Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor kabi yozuvchilarning, Shavkat Rahmon,
Muhammad Yusuf, Usmon Azim, Guljamol Asqarova va boshqa
shoirlarning she‘rlari asosiy material vazifasini o‗tadi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
- Modal so‗zlar uslubiyati bo‗yicha birinchi daf‘a qilingan ishlardan
biri sanaladi;
- Modal so‗zlarning faqat kontekstdagina ayonlashadigan konnotativ
ma‘no qirralari misollar asosida to‗la izohlanishga harakat qilindi;
- BMI da nafaqat modal so‗zlar uslubiyati, balki badiiy matnning
lingvopoetik xususiyatlari ham tahlilga tortildi.
Tadqiqotning tarkibi. Ushbu bitiruv malakaviy ishining umumiy tarkibi
kirish, asosiy qism uch bob, olti fasl, boblar bo‗yicha xulosa, umumiy
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxatidan tarkib topdi.
Dostları ilə paylaş: