Xx asming 20-yillarida Ikkinchi jahon urushi tugagan davrgacha jismoniy tarbiya va sport. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrlarda jismoniy tarbiya va sport. Reja
XX asming 20-yillarida Ikkinchi jahon urushi tugagan davrgacha jismoniy tarbiya va sport. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrlarda jismoniy tarbiya va sport.
XXasming 20-yillarida Ikkinchi jahon urushi tugagan davrgacha jismoniy tarbiya va sport. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrlarda jismoniy tarbiya va sport. Reja: 1. Germaniya, Italiya, Yaponiya mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sport.
2. AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya, Skandinaviya mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sport.
3. Xalqaro miqyosda ishchilar sportining rivojlanishi.
4. Jismoniy tarbiyaning yangi yo‘nalishlari.
5. Taraqqiyot yo‘lidagi davlatlar
6. XX asr oxirida jahon mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sport.
1. Germaniya, Italiya, Yaponiya mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sport. 1933-yilda fashizm o'rnatilib, sport harakati ochiqchasiga millatchilik yo'lida o'tkazildi. Barcha ishchi va hatto buijua- demokratik sport tashkilotlari tarqatib yuborildi. Fashistlarga qarshi bo'lgan sportchilar yashirin holatda yashashga o‘tdilar yoki chet mamlakatlarga ketib qoldilar. Yoshlaiga millatchilik kayfiyatini singdirish va sportni ham shu maqsadlaiga xizmat qildirishda hujumchilar guruhi Gestapo, «Po‘lat dubulg‘a» tashkiloti, Gitlerchi yoshlar ittifoqi, burjua sport-gimnastika klublari katta ish olib bordilar. «Gelendeshpert» (joylardagi sport) ochiq harbiylashishni keng yoydi. Bu maktablar bolalar o'qitishga mo‘ljallanib, haftada 5—8 soat jismoniy tarbiya o‘tkazilgan. Maktablarda musobaqalar o‘tkazish uchun maxsus kunlar belgilangan va barcha o'qituvchilaming ishtirok etishlari talab qilib qo‘yil- gan. Sport-gimnastika tashkilotlari o‘z a’zolari o'rtasida fa- shistlik harbiy g‘oyalari va jismoniy tarbiya ishlarini agressi- yaga mos ravishda olib borish shakllari hamda usullaridan foydalandi. Nemis sportchilarining xalqaro sport va Olimpiya may- donlariga chiqish yo'li oson kechmadi. Xalqaro Olimpiya qo'mitasining (XOQ) qaroriga binoan Birinchi jahon urushi- ning asosiy sababchisi sifatida Germaniya 1920 y. (Antiver- pen) va 1924-yilgi (Parij) Olimpiya o‘yinlariga qo'yilmadi.
Lekin Germaniya hukumati va jamoatchi sport tashkilotlari mamlakatda sportni rivojlantirish uchun barcha imkoniyat- lardan foydalandilar. 1926-yilga kelib, nemis sportchilari og‘ir atletika, ot sporti, yengil atletika, yunon-rum kurashi, suv polosi kabi turlari bo'yicha jahonda oldingi o'rinlarni egalladi. 1928-yilda Amsterdamdagi o'yinlarda nemis sportchilari paydo bo'lib, birdaniga yuqori natijalarga erishdi. Ular olgan medallari soniga ko'ra ikkinchi o'rinni egalladi. AQSH sportchilari birinchi o'rinda edi.