Xx asming 20-yillarida Ikkinchi jahon urushi tugagan davrgacha jismoniy tarbiya va sport. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrlarda jismoniy tarbiya va sport. Reja


AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya, Skandinaviya mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sport



Yüklə 23,03 Kb.
səhifə3/6
tarix01.03.2023
ölçüsü23,03 Kb.
#123710
1   2   3   4   5   6
XX asming 20-yillarida Ikkinchi jahon urushi tugagan davrgacha jismoniy tarbiya va sport. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrlarda jismoniy tarbiya va sport.

2. AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya, Skandinaviya mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sport.
Demokratiya vakillari deb yuritilgan AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya, Skandinaviya mamlakatlarida sport-gimnastika harakati birmuncha o'zgacha rivojlana boshladi. Ular haqida quyidagi ma’lumotlar guvohlik qilishi mumkin. AQSH. Urushlar oralig'i davrida AQSHda moliyaviy iqtisodiy holatga katta e’tibor berildi, bu jahonda taraqqiy etgan kapitalistik dunyoni vujudga keltirdi. AQSH jahonda hokim bo‘lish siyosatini olg‘a surdi. Boshqa davlatlarga amerikacha yashash tarzini targ‘ib qila boshladi. Bu yo‘lda sportchilarning xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi maq- sadga qaratilgan tadbirlardan biri bo‘lib xizmat qildi. Yoshlarni tarbiyalashning muhim vazifasi sifatida sportga alohida ahamiyat berildi va sport tashkilotlari faoliyatini qat- tiq nazorat ostiga oldi. Ko‘pgina shtatlardagi maktablarda jismoniy tayyorgarlik haqida qonunlar qabul qilishdi. Shu qonunlar asosida moliyaviy yordam berish, jismoniy tarbiya o'qituvchilarini tayyorlash, jismoniy taibiya darslariga ajratil- gan vaqtlarni belgilash ko'zda tutildi. Shu tariqa umumiy tarbiyaning bir bo‘lagi sifatida jismoniy tarbiya qonunlashtirildi. 17 yoshgacha bo‘Igan bolalar va o‘smirlar maktablar sport skaut tashkilotlarida jismoniy taibiyani olishadi. Bunda gimnastikaga nisbatan sport o‘yinlariga ko'proq e’tibor ku- chaytirildi. Boylaming bolalari kollejlar, universitetlarda ta’lim olib, jismoniy taibiya bilan sport klublarida mashg'ul bo‘lishdi. Amerikada kollejlar va universitetlar asosan sport ishlarining markazi hisoblanar edi. Amerikaning kollej va universitetlarida ko‘proq yengil atletika, suzish, basketbol, eshkak eshish sporti, tennis, beys- bol, amerikacha futbol bilan shug‘ullanish tashkil qilindi. Oliy o‘quv yurtlariaro universitet sportining milliy assot- siatsiya (NKAA) yetkachi tashkilot hisoblanar edi. Bu tash- kilot 1906-yilda tuzilgan edi. Amerikada havaskorlik sporti harakatida 1888-yilda tashkil etilgan atletika uyushmasi (soyuz) asosiy rol o‘ynadi. Bu tashkilot Amerikada mavjud bo'lgan barcha sport tashkilotlari ustidan rahbarlik qildi, faqat universitet sporti mustaqil edi. Atletik uyushma boshida yirik moliyaviy va ishlab chiqarish kapitali turar edi. Amerikada 1894-yilda Milliy Olimpiya qo'mitasi (MOQ) tashkil etilib, u mamlakat Olimpiya hara- katini boshqardi. Ikki urush oralig'ida Amerika sport bo'yicha jahondagi eng yirik va kuchli davlatga aylandi. Amerika sportchilari yozgi va qishki Olimpiya o'yinlari hamda jahon miqyosida o'tkazilgan sport musobaqalarining doimiy qat- nashchisi bo'lib qoldi.

Yüklə 23,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin