Xx asrning 45-80-yillarida O'zbekiston sanoati rivojlanishining bir tomonlama xarakteri



Yüklə 215,69 Kb.
səhifə1/4
tarix27.04.2023
ölçüsü215,69 Kb.
#125955
  1   2   3   4
10-mavzu

XX asrning 45-80-yillarida O'zbekiston sanoati rivojlanishining bir tomonlama xarakteri.

XX asrning 45-80-yillarida O'zbekiston sanoati rivojlanishining bir tomonlama xarakteri.


O‘zbekiston SSR tashkil topgach, Markazning respublikani SSSRning asosiy paxta mintaqasiga aylantirishga bo‘lgan harakati ko‘lamli xususiyat kasb eta boshladi. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining tashkiliy byuro plenumida (1925 yil fevral) respublika siyosiy rahbariyati tomonidan «dehkonlarni paxtachilikka qaytarish uchun qulay bo‘lgan umumiy sharoitlarning yaratilganligi, dehqonlarda paxta ekishning afzalligi borasida qatiy ishonch hosil qiladigan va paxtachilikdagi yutuqlarning hamda O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekiston paxta sanoatining qayta tiklanishi uchun mustahkam bazaga asos bo‘ladigan qulay muhit vujudga kelayotganligi» haqida qayd etilib o‘tildi. Mazkur plenumda respublikada paxtachilikni rivojlantirish bo‘yicha qator qarorlar qabul qilinib, respublika siyosiy rahbariyati tomonidan bu «kishloq xo‘jaligini va mehnatkash dehqonlarning turmush-sharoitlarini ko‘tarishda asosiy omil hisoblanib, ayni vaqtda Ittifoq to‘qimachilik sanoatini kengaytirish uchun asosiy xomashyoni etkazib beradi» deb ta’kidlandi. Paxtachilikning rivojlantirilishi respublika paxta sanoatini yaratish masalasi bilan kompleks ravishda ko‘rib chiqildi.
1928- yilda O‘zbekistondagi butun ekin maydonlari 1 748 000 gektarni tashkil etib, shulardan 1 353 000 gektari sug‘oriladigan, 395 000 gektari esa lalmikor erlar edi. Sug‘oriladigan erlardan 530 000 gektari yoki 39,2 foizi g‘o‘za bilan band etilgan bo‘lsa, qolgan 612 000 gektari g‘alla, 221 000 gektari poliz ekinlariga ajratilgan edi.

XX asrning 45-80-yillarida O'zbekiston sanoati rivojlanishining bir tomonlama xarakteri.


1929 yilning iyulida VKP(b) MK «Glavxlopkom faoliyati to‘g‘risida» qaror qabul qildi (ushbu tashkilot va asosiy paxta ekuvchi rayonlar o‘rtasidagi aloqalarini kuchaytirish maqsadida uning vakolati 1929 yilda Moskvadan olib Toshkentga berildi, 1930 yilda esa u respublika paxta birlashmasiga aylantirildi). Mazkur qarorda birinchi besh yillik oxiriga kelib Ittifoq to‘qimachilik sanoatini nafaqat xorijdan keltiriladigan paxtadan ozod qilish, balki to‘qimachilik sanoatini kengaytirishda zaruriy zaxiraga ega bo‘lish uchun paxta ekin maydonlarini kengaytirish va paxta hosildorligini oshirishda biz barcha imkoniyatlarimizni ishga solib mazkur besh yillikda jadal sur’atlar bilan Ittifoq paxtachiligini rivojlantirishimiz kerak», deb ko‘rsatilgan edi. Paxtachilikning jadal sur’atlar bilan rivojlantirilishi va g‘o‘za ekin maydonlarining keskin oshirilishiga qaramay, baribir, Sovet Ittifoqining paxta mustaqilligini qo‘lga kiritishi va to‘qimachilik sanoatining xomashyoga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi uchun oldinda yangi vazifalarni hal qilish muammosi turardi.
SHu boisdan, totalitar Markaz O‘zbekistonda paxtachilikni rivojlantirish bo‘yicha rejalar tuzishda iqtisodiy, tabiiy va ijtimoiy omillarni, shuningdek, bu maqsadni amalga oshirishga ko‘mak beradigan mehnat resurslarini ham hisobga olgan edi.

Yüklə 215,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin