38
3.2. Lamiaceae oilasi shifobaxsh va dorivor o`simliklari konspekti va tahlili
Yalpizdoshlar - Lamiaceae oilasi dorivor o`simliklari konspekti dala tadqiqotlari, adabiyot ma’lumotlari va gerbariy namunalarini o‘rganish asosida tuzildi. To‘plangan ma’lumotlarni umumlashtirish O`zbekiston florasida 39 turkumga mansub bo‘lgan 238 turdagi Lamiaceae oilasining turlari mavjudligini ko‘rsatdi. Konspektda har bir tur uchun birlamchi ma’lumot manbaiga ko‘rsatma, “Flora Uzbekistana”, “Flora Kirgizii”, “Flora Tadjikistana”, “Opredelitel rasteniy Sredney Azii” asosiy manbalar sifatida keltirilgan. Bundan tashqari, keltirilgan turlarning taksonomik statusini aniqlashtirishda Farg‘ona vodiysidagi Lamiaceae oilasi turlarini qamrab olgan ilmiy manbalardan hamda xalqaro elektron resurslardan (www.theplantlist.org, www.ipni.org) foydalanildi. Farg‘ona vodiysining Qirg‘iziston Respublikasi hududida tarqalgan Lamiaceae oilasining istiqbolli dorivor o`simliklari tur tarkibini aniqlashtirish va tarqalishini keltirishda G.A.Lazkov va B.A.Sultanovalarning asaridan foydalanildi. Konspektda oilalar gulli o‘simliklarni zamonaviy taksonomik tizimi APG IV (2016) asosida joylashtirilgan. Oila ichida turkumlar va turlar esa alfavit tartibida joylashtirilgan.
Lamiaceae oilasining 26 turkumga mansub 69 turi dorivor shifobaxsh xususiyatga ega bolib, turkumlar orasida Lagochilus Bunge ex Benth. 11 ta, Ziziphora L. 8 ta, Salvia L. 7 ta, Dracocephalum L. 7 ta turga ega bo`libyetakchilik qiladi. Perovskia Kar., Stachys L. 4 tadan, Mentha L., Nepeta L. 3 tadan, Lycopus L., Lamium L., Scutellaria L. 2 tadan, qolgan 14 turkumning faqat 1 tadan dorivor vakillari borligi ma`lum bo`ldi.