«yalpiznamolar qabilasi»



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə8/14
tarix05.12.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#120455
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
«yalpiznamolar qabilasi»

Turkiston ayugasi - Ajuga turkestanica (Regel) Briq. Ko‘p yillik, poyasining balandligi 25 sm. Bargi teskari uzunroq lansetsimon, yirik tishchali, osti tuksiz, ust tomoni siyrak tuklangan. Gullari halqasimon to‘pgullar hosil qiladi. Kosachasi qo`ng‘iroqsimon, ko‘k rangda 7 mm uzunlikda. Tojbarglari havorang 15



  1. uzunlikda tashqi tomoni tuklangan. May oyida gullab urug‘laydi. Toshkent

viloyati dalalarida tarqalgan.


Xalq tabobatida yer ustki qismining damlamasi, qaynatmasi bezgak, rak kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi.




Komarov tog‘bo‘znochi (ajdarbosh)-Dracocephalum Komarovii Lipsky.

Ko‘p yillik, poyalari ko‘p sonli, asos qismi yo‘g‘onlashgan, balandligi 10-20 sm. Barglari uchburchaksimon, asosan yuraksimon, chetlari tekkis, kalta bandli. Gullari yuqori qismidan kichraygan, barglar qo‘ltig‘idan bittadan hosil bo‘ladi, kalta tutqichli. Kosachasi 10-11mm uzunlikda binafsha rangda, ikki labli, mayda burmali, uch tishchali. Tojibarglari ko‘rinishi, tashqi tomondan momiq tuklar bilan qoplangan, 20-22 mm uzunlikda. Yong‘oqchasi nashtarsimon uzunchoq uch qirrali, tekkis, 3 mm uzunlikda. Iyul-avgust oylarida gullab, avgust-sentyabrda urug‘lari yetiladi. Tog‘larning yuqori qismidagi toshli joylarda o‘sadi. Toshkent, viloyati (Oxangaron daryosi yuqori qismida) tarqalgan.


Mahalliy aholi tomonidan qadrlanib uni tuyub, qaynoq suvga bir choy qoshiqda qo‘shib choy o‘rnida ham istemol qilinadi. Qaynoq choyi oshqozon spazmasida, qorindagi boshqa og‘riqlarda ham ichiladi.




Harxiltishli devortagi o‘ti -Marrubium alternidens Rech. Ko‘p yillik, ko‘p sonli poyali, kam shoxlanandigan dag‘al tuklangan, balandligi 30-80 sm. Barglari yumaloq uzun bandli, tishchali-egatchali. Gullari ko‘p sonli bo‘lib halqasimon
40
joylashgan kosachasi 9-11 mm uzunlikda, yulduzsimon tuklari bilan qoplangan. Toj barglari oq, tashqi tomoni yulduzsimon tuklar egalangan, uzunligi 9-11 mm, bargi ikki bo‘lakli qirqilgan. Yong‘oqchasi uch qirrali tuxumsimon, 1,5 mm uzunlikda. May-sentyabr oylarida gullab urug‘laydi.

Begona o‘t sifatida bog‘larda, ekinzorlar chetida va tashlandiq yerlarda o‘sadi. Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan.


Xalq tabobatida yer ustki qismi ishlatiladi. Yer ustki qismining qaynatmasi xalq orasida tomoq og‘rig‘i, nafas yo‘llarining surunkali shamollashi va tish og‘rishi kabi kasalliklarda og‘iz va tomoq chayishda ishlatiladi. Surmasi (nastoykasi) esa tinchlantiruvchi va qon bosimini pasaytiruvchi ta’sirga ega ekanligi tajribada aniqlangan.





Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin