Yangi abonentlar (jismoniy shaxslar) uchun “eSim+2GB” aksiyasini o‘tkazish
va unda ishtirok etish shartlari.
1.
Ushbu shartlar “eSim+2GB” aktsiyasi (keyingi oʻrinlarda - Aksiya)ni
o‘tkazish va unda ishtirok etish tartibini belgilaydi.
2.
Aksiyani o‘tkazish davri – 2022-yil 17-avgustdan 2022-yil 18 sentabrga
qadar.
3.
Aksiya doirasida eSim ulanganida hamda Sim-kartani eѕіmga alishtirgan
abonentga 10 kun muddatga va qiymati 0 so‘m bo‘lgan “eSim+2GB” bonusli
Internet-paket taqdim etiladi (“Units” tarif rejalari uchun – 2000 Units).
4.
Aksiya doirasida quyidagi paketlar taqdim etiladi:
5.
“eSim+2GB” Internet-paketi eSim faollashtirilganda
bir marotaba taqdim
etiladi. Internet-paketning faollashtirilishi eSim ulanganligi uchun to‘lov
hisoblanganda avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
6.
Resurslar sarflanishining ustuvorligi.
Internet uchun:
1) Kunlik Internet-paketlar (non-stop, kunlik).
2) Bonusli Interet-paketlar:
- “Tugʻilgan kun tabrigi”;
- “Bonus 1 GB”;
- “MyUZTELECOM” mobil ilovasi bonuslari;
- “Apelsin” mobil ilovasi bonuslari;
- “eSim+2GB”;
- Tarif rejasi doirasidagi Internet-trafik;
- Qolgan xarid qilingan Internet-paketlar - ularni faollashtirish tartibida.
“UNITS” TR uchun:
1)
“Tugʻilgan kun tabrigi” aksiyasi doirasidagi paket;
2)
“eSim+2GB” aksiyasi doirasidagi paket;
3)
Tarif rejasi doirasidagi UNITS.
7.
“eSim+2GB” paketlari quyidagi tarif rejalariga ulangan abonentlar uchun
amal qiladi.
Paket
nomi
Trafik
Ogohlantirish
chegarasi
Narxi
Paketning amal qilish muddati
eSim+2GB
2 GB (2 048 МB)
5%
0 so‘m
10 kun
eSim +
2000 Units
2 000 UNITS
5%
0 so‘m
10 kun
Jismoniy shaxslar uchun:
-
“Aloqachi”, “Yoshlar”, “Oddiy 10”, “TA’LIM”, “Maktab”, “Street”,
“OnLime”, “Flash”, “Ishbilarmon”, “Street Upgrade”, “Flash Upgrade”, “C1”,
“C2”, “C3”, “C4”, “E’ZOZ”, “Salom”, “Salom Plus”, “Step”, “Traffic”,
“Uzmobile 1200”, “Uzmobile 4000”, “Constructor”, “Uzmobile VIP”, “Komfort”,
“Milliy 10/15/40/50/70”.
Yuridik shaxslar uchun:
“Xizmat 1/2/3”, “Business Voice/25/35/50/70”, “Budget basic”, “Oddiy 10”,
“Budget 400”, “TA’LIM”, “Budget 1500”, “Ishbilarmon”, “C1”, “C2”, “C3”,
“C4”, “Salom”, “Salom Plus”, “Step”, “Traffic”, “Uzmobile 1200”, “Uzmobile
4000”, “Business 500”, “Business 2500”, “Constructor”, “Uzmobile VIP”, “Milliy
Biznes 25/30/40/55/75”.
“eSim+2000 Units” paketlari quyidagi tarif rejalarida taqdim etiladi “UNITS
700/1500/4000/5000/8000/11000/14000/18000/22000”.
8.
Raqam yoki tarif rejasi oʻzgartirilganda bonusni
taqdim etish shartlari
oʻzgarmaydi. “UNITS” tarif rejalari bundan mustasno,
ushbu tarif rejalarida
Internet-resurslar tarif shartlariga muvofiq bekor qilinadi.
9.
Holatni tekshirish:
-
9999 qisqa raqamiga “1002” matnini SMS orqali yuborish.
-
*100*2# raqamiga USSD-soʻrovni yuborish.
10.
Aksiyani oʻtkazish muddati va Aksiyada ishtirok etish shartlari toʻgʻrisidagi
maʻlumotlar “Oʻzbektelekom” AKning www.uztelecom.uz rasmiy veb-saytida
joylashtiriladi hamda boshqa aloqa vositalari orqali eʻlon qilinadi.
11.
“Oʻzbektelekom” AK Aksiya shartlariga oʻzgartirish
kiritish huquqiga ega
va ushbu haqda tegishli maʻlumotlar kompaniyaning www.uztelecom.uz rasmiy
veb-saytida joylashtiriladi hamda boshqa aloqa vositalari orqali maʻlum qilinadi.
Ishtirokchilar
Aksiya
shartlariga
tegishli
oʻzgartirishlar kiritilganligini
Kompaniyaning mazkur rasmiy veb-sayti orqali
mustaqil ravishda tekshirib
turishlari mumkin.